QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
21.6K photos
3.75K videos
287 files
8.91K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#MUNOSABAT

“GENERALISSIMUS” telegram kanali orqali mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan quruvchilar nomidan e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

🔗 Amaldagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi Qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reyting platformasida pudrat tashkilotining tashkil topgan yiliga 5 yil bo‘lganlarga maksimal ball belgilangan.

Elektron reyting platformasining havolasida Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingining yangi mezon talablari loyihasi (hali amalda qo‘llanmagan) joylashtirilgan. Bugungi kunda ushbu mezon talablari bo‘yicha pudrat tashkilotlarining munosabatlari qabul qilinib, asoslangan takliflar inobatga olinmoqda. Mazkur takliflar orasida 5 yil tajribaga ega pudrat tashkilotlari uchun maksimal ball berishni saqlab qolish ham qayd etilgan.

📌 Ma’lumot uchun: Qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari elektron reytingining mezon talablari pudrat hamda loyiha tashkilotlari bilan maslahatlashgan holda, ularning taklif va e’tirozlari o‘rganilgandan so‘ng amaliyotga joriy etiladi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va ularning faoliyatiga ko’maklashish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu ma’noda tadbirkorlar tomonidan yo’llangan murojaatda ko’rsatilgan taklif va mulohazalar qabul qilinishini bildiramiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#Kuz_qish

📍 Boshqaruv servis kompaniyalarida ish qizg’in

Ko‘p kvartirali turar-joy fondini 2024-2025-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan Navoiy viloyatida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Birgina "Humo-zilola barhayot" boshqaruv servis kompaniyasi misolida ko’rib chiqadigan bo’lsak, sohadagi tub o’zgarishlar haqiqatan xalq manfaati uchun xizmat qilayotgani oydinlashadi.

Boshqaruv kompaniyasi tomonidan
Navoiy shahridagi  81 uyning kirish yo‘laklari taʼmirlanib, zamonaviy damofon eshiklar o‘rnatildi;

12 ta uyning tom qismi joriy taʼmirlandi;

75 dona energo tejamkor harakat datchiklari o‘rnatildi;

21 ta ko‘p qavatli uylarga zamonaviy akfa romlari o‘rnatildi;

kirish yo‘laklariga 70 ta zamonaviy o‘rindiqlar qo‘yildi;

12 ta ko‘p qavatli uyning  yerto‘la qismi mukammal taʼmirlanib, temir quruvlar poletelin quvurlarga almashtirildi;

20 ta ko‘p qavatli uyning elevatorlari yangisiga almashtirildi.

Muhim tomoni, mazkur ishlar jadallik bilan davom ettirilib, ko’p qavatli uylarning holati tubdan yaxshilanmoqda. Mazkur ishlardan aholi ham minnatdor, zero, obod, fayzli va har tomonlama xavfsiz sharoitlarda umrguzaronlik qilishning o’zgacha sururi bor.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🏠 "Yangi Toshkent" qurilishi jadallik bilan davom etmoqda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 19 август, душанба куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинглар:

😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Маймунчечакка қарши олиб борилаётган чора тадбирлар
⚫️Вақти: 10:00
⚫️Иштирок этади: Рустамжон Икрамов, Санэпидқўмита бошқарма бошлиғи
😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: 2024–2025-ўқув йили учун олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синовлари бўйича танлов натижалари
⚫️Вақти: 12:00
⚫️Иштирок этади: Зоҳид Шакаров, Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги директори маслаҳатчиси
😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Аграр соҳани лизинг асосида қишлоқ хўжалиги техникалари билан таъминлаш борасида амалга оширилаётган ишлар
⚫️Вақти: 14:00
⚫️Иштирок этади: Шоҳжахон Ҳасанов, "Ўзагролизинг" АЖ Бош юрист консульти
😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Қурилишда стандартлаштириш соҳасидаги янги истиқболлар
⚫️Вақти: 15:00
⚫️Иштирок этади: Жамшид Мирсаидов, Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ҳузуридаги илмий тадқиқот институти директори ўринбосари
😉😉😉😉😉

Telegram
| Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM