QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
22.3K photos
3.91K videos
289 files
9.21K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar
#Kuz_qish

🌧❄️Boshqaruv servis kompaniyalari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, Andijon viloyatining chekka hududlarida aholiga sifatli kommunal xizmat ko'rsatish maqsadida ko‘p kvartirali uylarning  tutash hududlari obodonlashtirilib, fasad qismlari, kirish yo'laklari tam'irlanmoqda.

#ANDIJON

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🟢Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillari kuni kecha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) delegatsiyasi bilan uchrashishdi.

Unda Energetika vazirligi, institut hamda JICA o‘rtasida imzolangan shartnoma doirasida quyidagi vazifalar muhokama qilindi:

a) Yaponiya tajribasi asosida institut bilan hamkorlikda O‘zbekistonda nol energiyaga teng ( ZEB) binolarni rivojlantirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

b) ZEB ma’muriy binosini tanlash va uni renovatsiya qilish;

d) ZEBni rivojlantirish uchun Yaponiyaning integratsiyalashgan tizimini joriy etish;

e) loyiha doirasida treninglar tashkil qilishga hamda u bo’yicha Yaponiya va Tailandga xizmat safarini tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida loyihani samarali amalga oshirish bo’yicha ish reja, ishchi guruh tarkibi hamda kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar bo’yicha kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📌 Qurilish va kommunal sohalaridagi keng islohotlar bugun mamlakatimizning har jabhasida o'zining ijobiy tomonlari bilan namoyon bo'lmoqda. Mazkur rivojlanish yo'lidagi ishlar samaradorligini oshirishda albatta ishchi-xodimlarning malakasini oshirish katta ahamiyatga ega.

Shu ma'noda Davlatimiz rahbarining 151-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 460-son qaroriga asosan Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti tomonidan qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohalari vakillarini malakasini oshirish, yangi va zamonaviy ko'nikmalarni shakllantirish hamda malaka sertifikati bilan ta'minlash maqsadida o'quv kurslari tashkil etib kelinmoqda.

Bugun institut vakillari Xorazm viloyatida bo'lib, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi boshqarmasi xodimlari, hududiy nazorat qilish inspeksiyasi, "Yagona buyurtmachi xizmati" IK, pudrat va loyiha tashkilotlari vakillari, ko’p kvartirali uylarga xizmat kòrsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdilar.

Unda mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishning bugungi kundagi ahamiyati, sertifikatlashtirish tartibi va o’quv kurslari bo’yicha tashkiliy masalalar haqida so'z bordi. Shu bilan birga institutda tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida atroflicha ma'lumot berildi.

Ta’kidlash lozimki, mutaxassislik sertifikatiga ega bo'lish xohishini bildirganlar ko'pchilikni tashkil qildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM