Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoniga asosan 2017-yildan buyon avgust oyining ikkinchi yakshanbasi quruvchilar kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi.
Bugun ham Forumlar saroyi binosi har kungidanda fusunkor. Qurilish sohasi vakillarining kasb bayrami boshlanish arafasida.
Bugun mamlakatimiz aholisini shinam turar-joy, betakror dam olish maskanlari bilan ta’minlashga bel bogʻlaganlar kuni. Bir soʻz bilan aytganda, mas’uliyat va shijoat egalari, aziz quruvchilar kuni.
Aziz kuzatuvchilar, biz bilan bayram shukuhini birgalikda his qiling!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi quruvchilariga bayram tabrigi Prezident Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan oʻqib eshittirildi.
"So‘nggi yillarda yurtimiz ulkan qurilish va bunyodkorlik mamlakatiga aylandi. Xalqimizning ko‘z o‘ngida qad rostlayotgan zamonaviy turar-joylar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish majmualari, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l va transport tarmoqlari, ta'lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport muassasalari, bog‘ va xiyobonlar, obod shahar va qishloqlarimiz qiyofasida sizlarning beqiyos kuch-g‘ayratingiz, yuksak salohiyat va mahoratingiz mujassam ekanini e'tirof etgan holda, barchangizni yangi hayot bunyodkorlari deya e'zozlab, fidokorona mehnatingiz uchun chin dildan tashakkur bildiramiz.
Ma'lumki, hozirgi kunda qurilish sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida qurilish ishlari hajmi 2023-yilga nisbatan 10 foizdan ziyod ortib, salkam 80 trillion so‘mga yetgani, sohaning yalpi ichki mahsulotimizdagi ulushi 6 foizdan ko‘proqni tashkil etayotgani buning yaqqol tasdig‘idir.
Eng asosiysi, barcha sohalar qatori qurilish tarmog‘idagi ulkan ishlarimiz ham inson qadrini ulug‘lash, uning hayotiy manfaatlarini ta'minlashga qaratilmoqda. O‘tgan yili birgina investitsiya dasturi doirasida 2 ming 526 ta ijtimoiy va infratuzilma obyektlarida qurilish va rekonstruktsiya ishlari bajarilgani, “Tashabbusli budjet” tizimi asosida mahallalarimizdagi 4 mingdan ortiq ob'ektda 4,5 trillion so‘mlik qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgani ham shundan dalolat beradi", - deyiladi Prezident tabrigida.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
- Hozirda mamlakatimizda qurilish industriyasi jadal rivojlanayotgani barchamizga yaxshi ma’lum. Qurilish sohasi respublikamiz iqtisodiyotining muhim drayveriga aylangan. Natijada ko‘plab yurtdoshlarimiz ish bilan ta’minlanib, qurilish materiallari sanoati ham shunga mos ravishda kengayib bormoqda.
Hurmatli Prezidentimiz tashabbuslari bilan soha rivoji yo‘lida qator Farmon va qarorlar qabul qilinayotgani va jadal islohotlar amalga oshirilayotgani bunga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mazkur jarayonda bizdan talab etiladigani bu yaratilgan ko‘plab imkoniyat va sharoitlarga mos ravishda samarali va sidqidildan mehnat qilishdan iboratdir. Bu yo‘lda barchangizga kuch-g‘ayrat va omadlar tilayman. Qurayotgan osmono‘par binolarimiz xalqimiz g‘ururidek baland, shahar-u qishloqlarimiz qiyofasi yurtdoshlarimiz ko‘nglidek obod bo‘laversin,- dedi Sh.Hidoyatov.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM