QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#MATBUOT_ANJUMANI
Xususan:
Birinchidan, 2023-yilning ish rejasiga muvofiq 34 ta davlat standartlari xalqaro va ilgʻor xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida qayta koʻrib chiqildi, shuningdek,
17 ta beton va temir-beton mahsulotlarga oid;
3 ta keramik quvurlarga oid;
3 ta temir yoʻl, gidrotexnik inshootlar va gaz quvurlari tizimlarining ishchi chizmalariga oid;
2 ta bogʻlovchilarga oid;
1 ta yogʻoch-tolali plitalarga oid;
1 ta issiqlik izolyatsiyalovchi materiallarga oid;
1 ta barqaror va rivojlangan shaharlarni qulaylik muhitini aniqlashga oid;
2 ta quyosh panellariga oid;
2 ta yashil standartlarga oid;
1 ta qurilishda xaridlarni tartibga solishga oid;
1 ta qurilish materiallari va resurslarining BIM dasturidagi tasniflariga oid standartlar.
Jumladan, bugungi kunda qurilish materiallari va qurilish sohasiga doir 3 372 ta standartlar roʻyxati tahlil qilinib, maʼnan eskirgan hamda xalqaro analogga ega boʻlgan 600 ga yaqin standartlar aniqlanib, mazkur standartlarni bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish boʻyicha tizimli ishlar tashkil etilmoqda.
Qoʻshimcha ravishda, joriy yilning ish rejasiga muvofiq 40 ta milliy standartlar xalqaro va ilgʻor xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida ishlab chiqiladi.
Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#MATBUOT_ANJUMANI
Ikkinchidan, “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni talablariga muvofiq milliy standartlar Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar tomonidan ishlab chiqilishi belgilangan.
Shunga koʻra qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi ”Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita faoliyati qayta tashkil etildi.
Xususan, mazkur texnik qoʻmita faoliyati sohasi Standartlarning umumdavlat tasniflagichiga muvofiq qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi 47 ta kodni oʻz ichiga olgan. Uning tarkibiga manfaatdor vazirlik, idoralar hamda ishlab chiqaruvchi korxonalarning 49 nafar yuqori malakali mutaxassislari jalb qilindi.
Uchinchidan, Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot institutining komplek sinov laboratoriyasi Oʻz DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablari asosida 21 turdagi qurilish materiallari va buyumlari turlarining 200 dan ziyod koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan akkreditatsiya doirasi bilan xalqaro darajadagi sinov laboratoriyasi sifatida akkreditatsiyadan oʻtkazildi, bu esa sinov natijalarini xalqaro darajada tan olinishiga zamin yaratadi.
Xabaringiz bor, bino va inshootlarning zilzilabardoshligi bugungi kunda aktual masalalardan biri boʻlib qolmoqda. Shu sababli institut qoshidagi kompleks sinov laboratoriyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vaziriligi, Turin politexnika universiteti va Mexanika institutlari oʻrtasida bino va inshootlarni zilzilabardoshlikka sinash yuzasidan hamkorlik dasturlari amalga oshirilmoqda.
Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM