QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.3K subscribers
21.5K photos
3.69K videos
287 files
8.83K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#JARAYON

  🏘Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva qabulda kelib tushgan murojaat bo‘yicha poytaxtimizning Yangihayot tumani Mirzo Tursunzoda ko‘chasida bo‘ldi.
       Mazkur hududda boshqaruv tashkiloti va ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasidan tadbirkorlik maqsadida foydalanib kelayotganlar o‘rtasida tushunmovchilik paydo bo‘lgan. Mulkdorlar boshqaruv tashkiloti yaxshi faoliyat yuritmayotganligini ta’kidlasa, boshqaruv tashkiloti rahbari hududdagi 9 ta uyning debitor qarzdorligi 400 mln so‘mdan ortganini, bu esa bevosita sifatga ta’sir o‘tkazishini bildirdi. 
     Ozoda Jo‘rayeva mazkur 9 qavatli uylardagi yerto‘lalar holatini ko‘zdan kechirdi. Haqiqatan ham yerto‘lalarda suv to‘plangan. Vazir o‘rinbosari eng avvalo mazkur muammoga yechim topish lozimligini, bu bo‘yicha tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzib, masalaning asl mohiyatini bilish lozimligini ta’kidladi. Ertagayoq bu yo‘nalishda ishlar boshlab yuborilishi aytildi.
      Boshqaruv tashkiloti va mulkdorlar o‘rtasidagi munosabatlar esa o‘zaro kelishuv asosida hal qilinishi, aholi o‘z xohishi bilan boshqa kompaniyaga o‘tishi mumkinligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

    🏢  Bugun koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish sohasi aholining birlamchi ehtiyojlarini qondirish, ularni qulay shart-sharoitlar bilan ta’minlashga xizmat qilishi shart. Bu sohada olib borilayotgan islohotlarning asosiy talabidir.
       Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva mazkur ishlarning borishi bilan tanishish maqsadida poytaxtimizning Uchtepa tumanida boʻldi.
      Vazir oʻrinbosari dastlab 23-mavze “Tinchlikobod” mahallasida joylashgan “Yosh avlod” BSK faoliyati bilan tanishdi. Boshqaruv tashkilotining yangi qurilayotgan binosi koʻzdan kechirilib, unda ishchi xodimlarga qulay sharoit yaratish lozimligi ta’kidlandi. Jumladan, ularning ovqatlanishi, xordiq chiqarishi uchun zarur qulayliklar boʻlishi lozimligi ta’kidlandi.
     Ozoda Joʻrayeva koʻp qavatli uylarning yertoʻla qismlarida amalga oshirilayotgan ta’mirlash, ichki muhandislik tarmoqlarini yangilash ishlarini ham koʻzdan kechirdi. Mas’ullarga ish sifatiga e’tibor qaratish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish topshirigʻi berildi.
      Shuningdek, uylarning atrofi, kirish yoʻlaklarida tartibni saqlash, ozodaligiga e’tibor qaratish kerakligi aytildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

    ❗️ Ozoda Joʻrayeva Uchtepa tumani “Birlik” mahallasida faoliyat yurituvchi “Zolotoy znak” BSKda ham boʻldi. Mazkur boshqaruv tashkilotining ham yangi binosi qurilishi boshlangan boʻlib, vazir oʻrinbosari uning loyihasi, ishchi-xodimlarga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
     - Ishchi xodimlar yertoʻlalarda, hududlarni obodonlashtirish ishlarida faol qatnashadilar. Shu bois ularga yuvinishi uchun BSK binosida shatoit boʻlishi shart, - dedi Ozoda Joʻrayeva.
     
Vazir oʻrinbosari 26 ta uyga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkilotining koʻp qavatli uylarni saqlashda amalga oshirilayotgan ishlari bilan tanishdi. Kompaniyaning moddiy-texnik bazasi, obodonlashtirish unsurlari, davlat dasturi asosida oʻrnatilgan yangi liftlar koʻzdan kechirildi.
      Xizmat sifatini yaxshilash, xususan, qoʻshimcha servis xizmatlarni koʻpaytirish yizasidan zarur tavsiyalar berildi. Bunda ishchi-xodimlarni malakasini oshirishga ahamiyat berish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, BSK vakillarining murojaatlari, sohani takomillashtirish takliflari qabul qilindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

📌 Toza ichimlik suvi tarmog‘i tortilmoqda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

💬 Boshqaruv servis kompaniyalari tun-u kun aholi xizmatida!

#NAVOIY

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

📊 Shaharsozlik norma va qoidalarida panduslar masalasida qanday talablar qo'yilgan?

Batafsil videoda ⬆️

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_QIZIQ

📎 Gipsokartondagi teshik va tuynuklarni siz qanday berkitgan boʻlardingiz? Eʼtiboringizga uning tez va qulay usulini taqdim qilamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

😄 Ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari raqamlarda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM