QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
22.2K photos
3.88K videos
288 files
9.16K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#JARAYON

☁️ Maʼlumki, iqtisodiyotni izchil va barqaror rivojlantirish, aholi hayot darajasini yuksaltirishda tadbirkorlikning oʼrni beqiyos. Shu bois ham mamlakatimizda tadbirkorlikni tubdan rivojlantirish, soha vakillarini qoʼllab-quvvatlash, qulay investitsion muhitni yaratish, sarmoyadorni huquqiy, iqtisodiy jihatdan himoya qilish masalalari doim ustuvor.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturi ijrosi yuzasidan Respublika ishchi guruhi tashkil etilib, hududlar kesimida tadbirkorlar faoliyati, ularni qiynayotgan muammolar oʼrganilmoqda, munosib takliflar tinglanmoqda.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vaziri oʼrinbosari Davron Аdilov boshchiligidagi ishchi guruhi vakillari Аndijon tumanida boʼlib, tadbirkorlar bilan uchrashdilar. Oʼrganishlar davomida tekstil va toʼqimachilik, farmasevtika, qurilish sanoatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning kredit mablagʼlarini ajratish, litsenziyani yangilash, JMP ruxsatnomasini olish yuzasidan murojaatlari tinglandi, muammoli holatlarni bartaraf etish boʼyicha amaliy ishlarga kirishildi.

◀️ Loyihalar va sanoat korxonalarida qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi yoʼnalishidagi joriy va tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʼrish orqali hududlarni iqtisodiy, investitsion rivojlantirishga erishamiz. Ishbilarmon kishiga emin-erkin ishlashi uchun sharoit yaratib berilsa, qoʼllab-quvvatlansa uning faoliyati kengayib boraveradi. Quvonarlisi, soʼnggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlarga ana shunday sharoit bilan birga keng imkoniyatlar, soha rivoji uchun katta sharoitlar yaratilmoqda, qogʼozbozlik, kredit mablagʼlarini ajratishda kechikish singari holatlarga uzil-kesil chek qoʼyilmoqda, - deya taʼkidladi D.Аdilov.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

😄 Joriy yilning 10-15-iyul kunlari Buxoro shahridagi “Humo” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan “Quruq qurilish va suvoqchilik ishlari” bo‘yicha “WORLDSKILLS UZBEKISTAN-2023” ishchi kasblar milliy chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. G'oliblar endi xalqaro chempionatda ishtirok etishadi. Ularga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining mukofoti va sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

😄 "Millar" dasturida uy xarid qilayotganda nimalarga e'tibor qaratish kerakligi haqida fikr yuritildi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

  🏘 Sir emas, so'ngi paytlarda aholi bilan quruvchi tashkilotlar o'rtasida shartnoma shartlarining buzilishi yoki uy-joylarni belgilangan muddatlarda topshirmaslik kabi holatlarga duch kelinmoqda. Bu esa ko'plab aholining haqli e'tiroziga sabab bo'lyapti. Masalani konseptual jihatdan hal qilish, mavjud muammoga yechim topish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan yig'ilish oʼtkazildi.

Unda Moliya vazirligi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi mutasaddilari, shuningdek, nufuzli qurilish kompaniya (developerlar) vakillari ishtirok etdi.

Muhokamalarda turli fikrlar o'rtaga tashlandi. Xususan, odamlarning o'z vaqtida, sifatli va arzon uy-joy sotib olishdagi huquqlarini ta'minlash, bu borada amalga oshirilishi zarur bo'lgan vazifalar e'tirof etildi. Shuningdek, dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda aholi va quruvchi kompaniyalar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga oid takliflar bildirildi. Munozaralarda har bir jihat chuqur tahlil qilindi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
58.pdf
755.5 KB
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 18 июль кунги 58-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Шунингдек, газетада берилаётган материаллар билан https://t.iss.one/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали ҳам танишиб боришингиз мумкин.

*************
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/uzbunyodkor
#JARAYON

🚨 Toshkent shahar Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi va O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida olib borilayotgan qurilish ishlari va ishchi xizmatchilarning mehnat muhofazasi bo‘yicha navbatdagi o‘rganish ishlarini o‘tkazdi, manzil esa Yashnobod tumani "Parkent" ko’chasi hududida joylashgan buyurtmachi "Golden House Propert Group" MCHj tomonidan qurilayotgan turar-joy binolari va savdo hududlari qurilishi obyekti bo'ldi.

Uchrashuvda ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, ish haqlarini vaqtida berish, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi bo‘yicha ko‘rsatma berildi, shu bilan birga xodimlarning mehnatni muhofaza qilishga oid muammo va takliflari tinglandi hamda kelgusida bunday hamkorlikdagi o‘rganish ishlarini doimiy ravishda amalga oshirish bo’yicha kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

Telegram messenjerida tarqalgan Navoiy viloyati Karmana tumani “Talqoq” MFY hududida "Navoiy Tears Invest” MChJ tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan 5 qavatli turar-joy qurish obyektidagi holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

- pudrat tashkiloti "Navoiy Tears Invest” MChJ tomonidan energiya tejovchi parametrlarni hisobga olgan holda, turar-joy obyektining tashqi devorlariga harorat saqlovchi penopleks qoplamasi montaj qilingan. Qoplama ustki qismidan qurilish toʼri bilan asosga mahkamlanib, suvoqlash va pardozlash ishlari bajarilgan.

- ekspluatatsiya davrida tashqi taʼsirlar natijasida toʼr qoplamaning yetarli darajada asosga mahkamlanmagan bir qismi asosdan ajralib chiqqan. Mazkur qismning oʼz vaqtida bartaraf etilmaganligi sababli suvoq massasi ogʼirligi bilan bino boʼylab ajralib tushgan. Binoning yuk koʼtaruvchi va harorat saqlovchi izolyatsiya qatlamiga zarar yetmagan. Pudrat tashkilot tomonidan bugungi kunda bino fasad qismini qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM