QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.4K subscribers
21.5K photos
3.66K videos
287 files
8.78K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
📹#Onlayn

🔗 Ishchi guruh Yakkasaroy tumanida ham bo’lishdi. Avvalo, ko’zlangan rejalar muhokama qilinib, undan so’ng har bir BSKdagi tungi faoliyat tahlil qilindi.

O’rganishlar davomida belgilangan tartibda ishlayotgan BSK mutasaddilariga yanada mas’uliyat bilan ishlash, ayrim kamchiliklarga ega BSKlarga muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etib, aholiga munosib turmush sharoitini yaratishlari lozimligi tushuntirildi. Xususan, har bir boshqaruv kompaniyasida ular duch kelayotgan muammolar tinglandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn

📍Ayni damda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mas’ullari Yashnobod tumanida ham o’rganish ishlarini olib borishmoqda.

Xususan, “Engineering technology servis” MCHJ, “Natural Bio Plus” BSK, “FMM GREEN” va “JMM GREEN” MCHJlar faoliyati hamda ular xizmat ko’rsatayotgan uylarning holati ko’rib chiqildi.

Issiqlik ta’minoti, yerto’lalarning holati, murojaatlarning amaliy yechimi kabi masalalar mutasaddilar e’tiboridan chetda qolmadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri tungi o’rganish ishlarini Yunusobod tumani 10-mavzedagi “Iskra kommunal” BSKda davom ettirdi.

Mazkur boshqaruv kompaniyasi bugungi kunda 37 ta uyga xizmat ko’rsatib kelmoqda.

BSKdagi dispetcherlik xizmati, ko’p qavatli uylarga yetkazib berilayotgan issiqlik ta’minoti, aholi murojaatlarini qabul qilish tartibi kabi masalalar diqqat bilan ko’zdan kechirilyapti.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

📍Respublikaning bir qator viloyatlaridan kelgan sektor rahbarlari uchun “Olmazor holding grand” boshqaruv tashkiloti faoliyatiga bag’ishlangan amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Mazkur seminar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi, Prokuratura va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan ayni damda Davlat boshqaruvi akademiyasida malakasini oshirayotgan, respublikaning turli viloyatlaridan kelgan 300 nafarga yaqin sektor rahbarlari uchun tashkil etildi.

🏘 Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva so’zga chiqib, bugungi kunda kommunal sohani rivojlantirishga qaratilgan keng islohotlar, bunda davlat organlarining ishtirokiga alohida urg’u berdi. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari faoliyatini qo’llab-quvvatlash, ularga ko’mak berish yo’nalishida Prokuratura, Ichki ishlar va hokimlikning muhim ahamiyatini e’tirof etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar kompaniya binosi, moddiy-texnika bazasi, qo’shimcha servis xizmatlar, tadbirkorlik faoiyatlari bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo’ldilar.

Shuningdek, seminar qatnashchilariga Chilonzor tumanidagi ikkita mahalla iste’molchilarini elektr va issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlashga qaratilgan zamonaviy kogeneratsiya qurilmasi haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur ilg’or tajribalarni respublika miqyosida keng qo’llash bugungi xalqchil islohotlarning borishida xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM