QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
23.9K photos
4.23K videos
293 files
9.82K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент ногиронлиги бор болалар тенгдошлари қатори оддий мактабларда ўқиши нақадар муҳим экани ҳақида

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент ижтимоий ҳимоя соҳасига хусусий сектор кириб келаётганини олқишлаб, кўрсатилган хизматлар харажатининг 80 фоизи давлат томонидан қопланишини таъкидлади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Оилавий боғча ўринларининг 15 фоизига камбағал оила фарзандлари қабул қилинади ва боғча тўлови қисман қоплаб берилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Камбағал оилалар фарзандларининг таълим олиши ва касб ўрганиши учун имкониятлар янада кенгайтирилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Камбағал оилаларнинг ўзи ҳаракатлана олмайдиган аъзоларига уйида қараб туриш хизмати йўлга қўйилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Инсон қадри учун: дунёнинг энг руҳлантирувчи 100 аёли рўйхатига кирган сурхондарёлик Дилором Йўлдошеванинг матонати ва ишбилармонлик фазилатлари юксак эътироф этилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
📹#Onlayn

Onlayn uchrashuv qiziqarli muhokamalar bilan davom etmoqda.

Ta’kidlash lozimki, ushbu muloqot xorijdagi yoshlarimizning g‘oya va orzularini tinglash, ularni amalga oshirish yo‘llarini topish va har bir yoshga o‘z davlatidagi imkoniyatlarni yaxshiroq tushunishga yordam berishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Mazkur tashabbus muloqotda ishtirok etayotgan yoshlar tomonidan juda iliq kutib olindi.

Jumladan, Fransiyaning Parij shahrida o’qib, hozirda o’z faoliyatini olib borayotgan Humoyun Boboyev tashkilotchilarga o’z minnatdorligini bildirib o’tdi. Shuningdek, u mamlakatimizning ijtimoiy yo’nalishidagi ishlar, xususan, aholining kam daromadli qatlamini uy-joylar bilan ta’minlash mavzusiga qiziqish bildirib o’tdi.

Bunga javoban vazir mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasiga katta e’tibor berilib kelinayotgani, davlat rahbari tomonidan “xalq manfaati har narsadan ustun” degan ezgu g’oya ilgari surilayotgani va barcha islohotlar shu tashabbus negizida tashkil etilayotganini ta’kidlab o’tdi.

- Inson qadri mamlakatning har bir fuqarosi uchun tinch, xavfsiz va sifatli hayot, ya’ni munosib turmush sharoiti degani. Ijtimoiy davlat, deganda o‘z fuqarolariga muayyan farovonlikni kafolatlaydigan davlat tushuniladi. Yurtimiz bo‘ylab zamonaviy uy-joylar qad rostlayotgani, hayot kechirish uchun infratuzilmalar yaratilayotgani ana shu sa’y-harakatlar samarasidir.

2017-yildan bugunga qadar respublikamiz bo‘yicha jami 400 mingga yaqin xonadondan iborat salkam 8 mingta ko‘p qavatli uy barpo etildi. Mamlakatimizning demografik o‘sish surati yangi uylarga bo‘lgan talabni tobora orttirmoqda. Shu bois joriy yilda 2,5 ming gektar hududda 53 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunyod etilmoqda. 2030-yilga qadar massivlar sonini 100 taga yetkazish reja qilingan. Kelgusi besh yilda aynan shunday massivlarda yana 250 mingdan ziyod oilani uy bilan ta’minlashni maqsad qilganmiz,- dedi vazir.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
Muloqot davomida Sherzod Hidoyatov yoshlarga zarur tavsiyalar ham berib o'tdi.

"O'z sohasining professionali sifatida shaxsiy rivojlanish murakkab jarayon. U har birimizdan qat'iy intizom, sabr talab etadi. O'z tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, inson qay sohada muvaffaqiyatga erishishni istasa, dastlab ushbu yo'nalishni chuqur o'rganishi shart! Zero, katta-katta natijalarning negizi bilimdir'',- deya ta'kidladi vazir.


Tadbirda vazir tomonidan yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar, suvni tozalash texnoligiyalarini rivojlantirish, shaharsozlik keskin rivojlanayotgan O'zbekistonda elektr energiya hamda muhandislik tarmoqlarini takomillashtirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar, sohaga sun'iy intellektni qo'llash istiqbollari, qurilish materiallarini ishlab chiqishda mahalliy korxonalar faoliyatini qo'llab-quvvatlash kabi savollarga batafsil javob berildi.

- Prezidentimiz tashabbuslari bilan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimiga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Bugungi uchrashuv Sizlarni tinglash, maqsadlaringizni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qilishga yordam berishga qaratilgan. Shubhasiz, sizning fikringiz O‘zbekistonning kelajagi uchun zarur bo'lgan qarorlarni qabul qilishda muhim ahamiyatga ega, - dedi Sherzod Hidoyatov.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#renovatsiya

📍 Qo‘qondagi ma'nan eskirgan uylar o‘rnida zamonaviy ko‘p qavatli turar-joy kompleksi barpo etilmoqda.

😄 Bu haqida “Sevimli TV” “Zamon” informatsion dasturi orqali maxsus reportaj efirga uzatildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan respublika bo'ylab boshqaruv servis kompaniyalarining 24 soat faoliyat yuritadigan avariya-dispetchirlik xizmati faoliyatini o'rganish maqsadida reyd tadbirlari olib borilmoqda.

🗺 Xususan ishchi guruhi poytaxtimizning Yashnobod tumanida bo'lib, aholiga xizmat ko’rsatish bo’yicha tashkil etilgan texnik chora- tadbirlar, qish mavsumini betalofat o’tkazish yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar bilan tanishdi. Bu boradagi mavjud muammolar va ularni hal etishga oid ko’rsatmalar berildi.

#TOSHKENT_SHAHRI

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM