QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
22.1K photos
3.86K videos
287 files
9.12K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🚨 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi III chorak yakuni bo'yicha qurilish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot beradi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_tadbiri

📍 Bugun Islom sivilizatsiyasi markazida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mas'ullari hamda Oʻzbekiston transport, yoʻl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda bayram tadbiri tashkil etildi. 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati o'tkazilgan tadbirda Markazda faoliyat olib borayotgan quruvchilar, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti mutasaddilari hamda tegishli Kasaba uyushma a'zolari ishtirok etdilar.

Soʻnggi yillarda respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlar natijasida mehnat va ijtimoiy sohalarda koʻplab oʻzgarishlarga erishildi. Inson huquqlarini taʼminlash, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilib, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilandi. Aholini munosib yashash sharoitlari bilan taʼminlash sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Bu borada fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, inson huquq va manfaatlarini taʼminlashda kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Tadbirda Kasaba uyushmasining respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Bahodir Sultonov so'zga chiqdi:

🔴 Yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek, jonajon vatanimiz oʻz taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga kirayotgan, inson qadri, huquq va manfaatlarini taʼminlash barcha sohalarda biz uchun bosh maqsadga aylanayotgan hozirgi paytda hayotning oʻzi butun xalqimiz kabi kasaba uyushmalari oldiga ham ulkan vazifalarni qoʻymoqda, – dedi B.Sultonov.

Kasaba uyushmasi tashkilotlarining oldida turgan strategik maqsad - ishlovchi inson va uning oilasiga iqtisodiy erkinlikni taʼminlovchi, inson qadrini kamsitmaydigan sharoitda mehnat qilib rivojlanish, dam olish, sivilizatsiya yutuqlaridan foydalanish imkonini beruvchi munosib ish haqi toʻlanishiga erishish, shuningdek, xodimlarning ish haqi va daromadlarini yuksaltirishga koʻmaklashishdir. Shu maqsadda Oʻzbekiston transport, yoʻl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan  tizimdagi xodimlarning mehnat manfaatlarini himoya qilish, xususan, ijtimoiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Tarmoq jamoa kelishuvi imzolangan. Hamkorlar tomonidan tarmoq jamoa kelishuvi orqali yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish – ishlab chiqarish unumdorligining oʻsishiga, xodimlar ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarining taʼminlanishiga hamda mehnat shartlarining takomillashuviga zamin yaratmoqda.

🫥 Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida korxonalarda xodimlar bilan ish beruvchilar oʻrtasidagi mehnatga oid munosabatlarni shartnomalar asosida tartibga solish, ijtimoiy sherikchilik tamoyilini rivojlantirish jamoa shartnomasi va kelishuvlari orqali amalga oshirib kelinmoqda, Tarmoq jamoa kelishuvi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasini kafolatlab, munosib mehnat sharoitlarini tashkillashtirishini, shuningdek, tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlar uchun dasturilamal hujjat boʻlib xizmat qilayotganini Ijtimoiy sheriklikning eng samarali koʻrinishi, desak arziydi. Bu borada vazirligimiz xodimlariga imkon qadar barcha kerakli sharoitni yaratib, doimo yordam berishga harakat qilib kelyapmiz, - dedi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bo'lim boshlig'i Vagif Mamedov.

💐 Shuningdek, tadbir davomida vazirlik va hamkor tashkilotlar kasaba uyushmalarining faol xodimlariga tashakkurnoma va sovgʻalar taqdim etildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tadbir

⚠️ Bugun mamlakatimizning har bir sohasida ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik, yangilanish jarayonlari jadallik bilan davom etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ezgu tashabbuslar zamirida faqat bir maqsad, u ham bo‘lsa, xalq farovonligi, tinchligi, obodligini ta’minlash mujassam. Zero, shu aziz Vatan, tinch, osoyishta maskanda barcha orzular ro‘yobini ko‘rib yashashadan ulug‘ ne’mat yo‘q.

Erta tongda ko‘z ochib yorug‘ dunyoni ko‘rish oliy ne’mat. Bu - tinchlik ne’mati. Lekin ming taassufki, bugun ana shu ulug‘ ne’matni qadriga yetmaydiganlar oramizda uchrab turibdi. Dunyoda kechayotgan notinchliklar, urush va turli nifoqlar sabab minglab odamlarning qoni to‘kilayotgani ham bor gap. Tashqi yot g‘oya va ta’sirlar girdobiga tushib qolayotgan yurtdoshlarimizning ayanchli qismati haqida ham bugun ko‘ryapmiz, eshityapmiz.

Shu ma’noda bugun Qurilish va  uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ullari ishtirok etdi.

Ta’kidlandiki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda inson va uning manfaatlari yo‘lida ezgu sa’y-harakatlar, tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Ammotinch osmonimiz, buyuk kelajagimiz uchun rahna solayotgan yot g‘oyalar ham borki, bunda ogohlik va mas’uliyat har birimizning birlamchi vazifamizga aylanishi lozim.

🔴 Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining maslahatchisi Ilhom Ma’rupov so‘zga chiqar ekan, muqaddas dinimizning asl mohiyati tinchlik, farovonlik va ma’rifat dini ekanligi chuqur tahlil qilib berildi. Bugungi  globallashuv zamonida farzandlarimizning ongi-tafakkurini  yot g‘oyalardan asrash,  zararli illatlardan himoya qilish har qachongidanda dolzarb ekanligiga alohida urg‘u berildi.

-  Yurtimizning tinchligi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimizning hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq. Istiqlolimizga rahna solishi mumkin bo‘lgan turli kuchlar  mavjudligi bugun hammamizga ayon. Bu esa har bir davlatda, hududda, oilada, mahallada, butun jamiyatda hushyorlikni oshirishni talab qilmoqda. Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizmdan yoshlarimizni asrash har bir ziyoli kishining muhim vazifasidan biri hisoblanadi, - dedi Ilhom Ma’rupov.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning ba’zi foydalanuvchilari tomonidan qadriyatlarimizni pisand qilmaslik, bunda ota-onalar mas’uliyatini oshirish kabi hayotiy masalalar ilgari surildi.

Shu bilan birga davlat xizmatchisining ijobiy imijiga ta’sir o‘tkazuvchi omillar, ularning odob-axloqi, korrupsion holatlarga nisbatan chidamsizlikni kuchaytirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir so‘nggida yig‘ilganlar mavzuning bugungi kun uchun dolzarb ahamiyati xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM