QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.2K subscribers
22K photos
3.85K videos
287 files
9.09K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar

🔠 Surxondaryo viloyatida 438 ta mahallaning infratuzilmasi yaxshilanadi

✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-408-sonli qaroriga asosan Respublika hududlari obod qilinib, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalar tizimli hal etilmoqda. Joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta'minoti, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obyektlari yaxshilanmoqda, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratilmoqda.

📍 Jumladan, Surxondaryo viloyatining 438 ta mahallasida 2022-2023 yillar davomida 532 ta shu kabi tadbirlar amalga oshiriladi va bunga 423, 2 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Joriy yilda esa mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash uchun 162,2 mlrd so‘m yo‘naltiradi va bu boradagi ishlar yaqin kunlar ichida boshlanadi.

🟡 Viloyatning hududlar kesimida infratuzilmasi yaxshilanadigan mahallalar soni quyidagicha:

▪️Termiz shahar – 23 ta mahalla;
▪️ Angor tumani – 17 ta mahalla;
▪️ Bandixon tumani – 13 ta mahalla;
▪️ Boysun tumani – 23 ta mahalla;
▪️ Denov tumani – 55 ta mahalla;
▪️Jarqo‘rg‘on tumani – 50 ta mahalla;
▪️Qiziriq tumani – 15 ta mahalla;
▪️Qumqo‘ron tumani – 44 ta mahalla;
▪️Muzrabot tumani – 23 ta mahalla;
▪️Oltinsoy tumani – 25 ta mahalla;
▪️Sariosiyo tumani – 40 ta mahalla;
▪️Termiz tumani – 12 ta mahalla;
▪️Uzun tumani – 38 ta mahalla;
▪️Sherobod tumani – 26 ta mahalla;
▪️Sho‘rchi tumani – 34 ta mahalla.

💎Ushbu mahallalarda 2022-2023 yillar davomida:

▫️ ichki yo‘llar ta'miri uchun 207 ta;
▫️ichimlik suvi ta'minoti uchun 194 ta;
▫️oqova suv ta'minotini yaxshilash uchun 2 ta;
▫️elektr energiyasi ta'minoti 58 ta;
▫️gaz ta'minotini yaxshilash uchun 8 ta;
▫️umumta'lim maktablari uchun 8 ta;
▫️maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun 6 ta;
▫️sport yo‘nalishidagi 2 ta;
▫️boshqa yo‘nalishlardagi 47 ta obyektlarda jami 423,2 mlrd so‘mlik ishlar amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

#SURXONDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

Qurilish obyektida kamchiliklar aniqlandi

#JIZZAX

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏗 Ўзбекистонда 9 ойда 94,1 трлн. сўмлик қурилиш ишлари бажарилган

🏢 Давлат статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2022 йилнинг январь-сентябрь ойларида Ўзбекистонда 94,1 трлн. сўмлик қурилиш ишлари бажарилган.

Бажарилган қурилиш ишлари ҳажми ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 6,3 % га ошган.

👇 Каналларимизга аъзо бўлинг
|
Instagram| Facebook | Twitter | Telegram
#BUNYODKORLIK_SARI

Kuni kecha "O‘zshaharsozlikLITI" DUKda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

⚠️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PQ-3502-son qarori bilan tasdiqlangan dasturga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022-yil “Manzilli roʻyxat”ga kiritilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan “OʻzshaharsozlikLITI” DUK tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi:

🗣 Andijon viloyati, Buloqboshi tumani, Andijon shaharchasi;
🗣 Buxoro viloyati, Kogon tumani, Sarayonobod shaharchasi;
🗣 Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani, Sayyod shaharchasi;
🗣Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Mugʻlon shaharchasi;
🗣 Fargʻona viloyati, Fargʻona tumani, Chimyon shaharchasi;
🗣Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani, Shoʻrsuv shaharchasi
🗣 Fargʻona viloyati, Quvasoy shahar, Doʻstlik shaharchalarining bosh rejasi va markaziy qismining batafsil rejalashtirish loyihalari muhokamaga qoʻyildi.

🎙 Muhokamaga qoʻyilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha kengash aʼzolari, hokimlik va tegishli tashkilot hamda idoralar vakillarining fikr va mulohazalari tinglandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
92 lite.pdf
1.2 MB
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2022 йил 11 ноябрь кунги 92-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан https://t.iss.one/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/uzbunyodkor
#JARAYON

💳 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 4-avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda bitiruvchi kurs talabalarini davlat xizmatiga jalb qilish samaradorligini oshirish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda “Xalqchil davlat fuqarolik xizmatiga ochiq yo‘l” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazilmoqda.

📌 Qurilish vazirligida 2022-yil  11-noyabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetidan vazirlikda tajriba oshirish maqsadida ariza asosida murojaat qilgan bitiruvchi kurs talabalari uchun youtube platformasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri test sinovi tashkil etildi.

‼️Shu tariqa vazirlik tizimida eng munosib kadrlarni tanlash va istiqbolli kadrlarni tayyorlashni tizimli yoʻlga qoʻyilib, OTM
bitiruvchilarini vazirlikka jalb qilish samaradorligi oshiriladi.

🛡 Jumladan, oliy taʼlim muassasalari hamda davlat xizmati oʻrtasida integratsiyani yoʻlga qoʻyish, eng salohiyatli va bilimli bitiruvchilarni jalb qilish, ariza topshirib, sinovlardan o‘tgan bitiruvchilarni vazirlikka stajirovka oʻtash uchun yoʻnaltirish hamda “Ustoz-shogird anʼanasi” asosida tajribali mutaxassislarga biriktirish, amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarni tanlov (suhbat) asosida davlat xizmatiga ishga qabul qilinishi kabi natijalarga erishiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM