QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.8K subscribers
22K photos
3.85K videos
287 files
9.1K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси иқтисодий ривожланиш вазири Максим Решетниковни қабул қилди.
Кўп қиррали Ўзбекистон-Россия ҳамкорлигини кенгайтириш бўйича олий даражада эришилган келишувларни амалга ошириш масалалари кўриб чиқилди.
Саноат кооперациясига доир аниқ лойиҳаларни илгари суриш ва ўзаро савдо кўрсаткичларининг ижобий ўсиш суръатларини таъминлашга алоҳида эътибор қаратилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял министра экономического развития Российской Федерации Максима Решетникова.
Рассмотрены вопросы практической реализации договоренностей на высшем уровне по расширению узбекско-российского многопланового сотрудничества.
Особое внимание уделено продвижению конкретных проектов промышленной кооперации и обеспечению положительной динамики роста показателей взаимной торговли.

#Mirziyoyev #qabul #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Менимча" телелойиҳасининг навбатдаги сонида таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Ш.М.Мирзиёев халқимизни Наврўз байрами билан табриклади;
- Президент биринчи Тошкент халқаро инвестиция форумининг ялпи мажлисида иштирок этди ва нутқ сўзлади
;
- Халқаро молиявий институт ва ташкилотлар раҳбарларининг Ўзбекистоннинг ривожланиш истиқболлари юзасидан фикр-мулоҳазалари.

Кўрсатувни бугун, 26 март куни соат 20:10 да "O'zbekiston 24" телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 27 март куни соат 12:20 ва 17:20 да ҳам такроран намойиш этилади.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Сўнгги йилларда барча соҳалар қатори маданият тизимида, жумладан, театрларимиз ҳаётида ҳам туб ўзгаришлар амалга оширилмоқда.

Президентимизнинг театр соҳасига доимий эътибори, шу борада қабул қилинган қатор фармон ва қарорлари миллий театримизни янада ривожлантириш, унинг моддий-техник базаси ва кадрлар салоҳиятини мустаҳкамлаш, халқимиз ўртасида театр санъатига бўлган қизиқиш ва эътиборни кучайтиришга хизмат қилмоқда.

Президент Матбуот хизмати томонидан 27 март – Халқаро театр кунига бағишлаб тайёрланган "Юрак талпинган даргоҳ" фильми - шу ҳақда. Фильм эртага, 27 март куни соат 20:30 да "O'zbekiston 24" телеканалида намойиш этилади.



Смотрите завтра, 27 марта, в 20:30 на телеканале "O'zbekiston 24" фильм «Юрак талпинган даргоҳ», приуроченный к 27 марта – Всемирному дню театра. В фильме рассказывается о происходящих в последние годы коренных преобразованиях в сфере, преемственности традиций и творческом подъеме в театральной среде нашей страны.
⚡️Hududlardan xabarlar

🟢OLIY O‘QUV YURTI BILAN HAMKORLIK

▶️Namangan muhandislik-qurilish instituti viloyatdagi yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri. Bu yerda iqtisodiyotning turli sohalari uchun ham ko‘plab mutaxassislar tayyorlanadi. Masalan, qurilish fakultetining o‘zida hozir ikki mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.
✔️Viloyat Qurilish bosh boshqarmasi rahbariyati shuni hisobga olib, institut bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirmoqda. Bu malakali mutaxassislar tayyorlash ishiga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi. Kuni kecha institut talabalaridan bir guruhi bosh boshqarmada bo‘lishdi. Ular uchun "Shahar va qishloq markazlarini rejalashtirish" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
❗️Talabalarga "Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga tadbiq etish", "Arxitektura-rejalashtirish hamda loyihalash" mavzularida ma’ruzalar qilindi. Tadbir o‘zaro savol-javoblar bilan yakunlandi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
Samarqand viloyati Matbuot uyida qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturining dastlabki chorakdagi ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Ma’lum bo'lishicha, viloyat bo‘yicha dasturga kiritilgan yangidan boshlanuvchi 120 ta obyektdan 104 tasining loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangan, 16 tasiga (7 ta qirg‘oqbo‘yini mustahkamlash, 4 ta o‘rmon xo‘jaligi, 1 ta issiqlik ta’minoti, 4 ta irrigatsiya ob’ektlari) loyiha ishlab chiqilmoqda. 82 ta obyektga ijobiy ekspertiza xulosalari berilgan bo‘lsa, 91 tasi tender savdolarini o‘tkazish uchun e’longa joylashtirilgan.
- Qurilishlarda shaharsozlik talablari va qurilish me’yorlarini bajarilishi hamda sifat darajasini ta’minlash bo‘yicha viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi inspektorlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida ishlash uchun lozim darajadagi planshetlar bilan ta’minlangan, - deydi viloyat bosh arxitektori vazifasini bajaruvchi Sayfiddin Narziqulov. - Qurilish obyektlarida inspeksiya tomonidan monitoring jarayonlari ushbu tizim doirasida onlayn rejimida amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida tekshirishlar jarayonlarining shaffofligini ta’minlashga hamda tizimda korrupsiya holatlarini oldini olishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan Prezidentimizning 2021-yil 10-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi hamda hududiy va tuman, shahar shtablari tashkil etildi. Sohaga aloqador bo‘lgan barcha tashkilot va muassasalardan mas’ullar biriktirilib, prokuratura organlarining nazoratida shtablarning doimiy faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shtab a’zolari tomonidan obyektlarda aniqlangan qonunbuzilish holatlari va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Har chorak yakuni bo‘yicha ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali tegishli soha mas’ullari tomonidan - Davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablag‘lar hajmi va natijadorligi, loyihalarning amalga oshirilishi holati yuzasidan aholi xabardor qilib borilmoqda.
Bundan tashqari ushbu dasturlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijasi Qurilish vazirligi tomonidan har hafta videoselektor tarzida o‘tkaziladigan yig‘ilishda doimiy ravishda muhokama qilinib borilmoqda.
Tadbirda sohada korrupsiya holatlarining oldini olish borasidagi ishlar bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Президент Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Туркия Президенти Режеп Таййип Эрдоған 29-30 март кунлари расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлади.
Олий мартабали меҳмон ташриф доирасида олий даражадаги Ўзбекистон-Туркия стратегик шериклик кенгашининг иккинчи йиғилишида иштирок этади.
Саммит якунида Қўшма баёнот ва қатор икки томонлама ҳужжатлар қабул қилиниши режалаштирилган.

По приглашению Президента Шавката Мирзиёева Президент Турции Реджеп Тайип Эрдоган 29-30 марта посетит нашу страну с официальным визитом.
Основным пунктом программы пребывания высокого гостя является участие в работе второго заседания Узбекско-Турецкого Совета стратегического сотрудничества высшего уровня.
По итогам саммита планируется принятие Совместного заявления и ряда двусторонних документов.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

⚡️MAHALLANING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Соғлиқни сақлаш соҳаси бўйича видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди. Унда 18 март куни тиббиёт ходимлари билан ўтказилган очиқ мулоқотда белгиланган вазифалар ижроси кўриб чиқилди.
Маҳаллабай тизимда ишлаб, сифатли тиббий хизматларни аҳолига яқинлаштириш, одамларни соғлом турмуш тарзига ўргатиш асосий вазифа қилиб қўйилди.
Шифохоналар қурилишини жадаллаштириш, тиббий асбоб-ускуналарга техник хизмат кўрсатиш тизимини йўлга қўйиш бўйича топшириқлар берилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам здравоохранения. На нем рассмотрен ход исполнения задач, поставленных в ходе открытого диалога с медицинскими работниками 18 марта.
Основными задачами определены работа в разрезе махаллей, приближение качественных медицинских услуг к населению, утверждение здорового образа жизни.
Даны поручения по ускорению строительства больниц, организации системы технического обслуживания медицинского оборудования.

#Mirziyoyev #videoselektor #tibbiyot #ochiqmuloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

⚡️Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari uchun maxsus seminar-trening o‘tkazildi, unda Qurilish vazirligidan mas'ullar ham ishtirok etishdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
22.pdf
12 MB
«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2022 йил 29 март кунги 22-сони pdf файли мутолаа учун ҳавола қилинади. 👉 Газетада берилаётган материаллар билан https://t.iss.one/uzbunyodkor телеграм канали орқали танишиб боришингиз мумкин.
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
⚡️Hududlardan xabarlar

Aholi farovonligi yoʻlidagi yangilanishlar

❗️Janub gavhari sanalgan qadim Termiz shahri bugun zamon bilan hamnafas oʻzgarib bormoqda. Bir-biridan baland binolar, muhtasham inshootlar shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshish bilan birga, aholi turmush farovonligining yuksalishiga xizmat qilmoqda.

🏗Termiz shahridagi “Farovon” massivida birgina oʻtgan 2021-yilning oʻzida 2 ta 7 qavatli, 126 xonadonli va 5 ta 9 qavatli, 564 xonadonli uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Natijada 690 oila yangi uy-joyga ega boʻldi. Tabiiyki, aholi sonining oshishi hududda yangi ish joylari tashkil etish va xizmat koʻrsatishni rivojlantirishni taqozo etadi. Shu bois yangi qurilgan koʻp qavatli uy-joylarning pastki qavatlari savdo va xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtirilmoqda. Xususan, 690 ta xonadon negizida 57 ta savdo va xizmat koʻrsatish nuqtasi tashkil etilib, ularning har birida oʻrtacha 5 tadan ish oʻrni yaratilmoqda.

▶️Bunyodkorlik ishlari joriy yilda ham davom etib, shaharning “Farovon” massivida 27 ta, “Tuproqqoʻrgʻon” va “Saxovat” massivlarida 38 ta koʻp qavatli turar joy binolari qurilmoqda.

#SURXONDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|