QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
22.1K photos
3.87K videos
287 files
9.14K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида Биринчи Президент Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.
Қуръон оятлари тиловат қилинди. Ислом Каримовнинг халқимиз манфаати йўлида қилган ишлари, мардлик, одиллик, камтаринлик ҳислатлари ёдга олинди.
Маросимда Олий Мажлис палаталари, Президент Администрацияси ва ҳукумат вакиллари, илм-фан ва маданият намояндалари, зиёлилар, шаҳар жамоатчилиги иштирок этди.

Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию памятника Первому Президенту Исламу Каримову в городе Ташкенте.
Прочитаны суры из священного Корана. Говорилось о делах Ислама Каримова во благо и в интересах нашего народа, его высоких человеческих качествах - мужестве, справедливости и скромности.
В церемонии приняли участие представители палат Олий Мажлиса, Администрации Президента и правительства, деятели науки и культуры, представители интеллигенции и общественности.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар, спорт, соғлиқни сақлаш, электр энергияси соҳаларидаги лойиҳалар тақдимоти билан танишди.
Ёшларнинг бўш вақтини мазмунли ташкил этиш, маҳалла марказларини барпо этиш, мактаб таълими қамровини ошириш, онкология марказини қуриш доирасида режалаштирилган ва амалга оширилаётган ишлар тўғрисида маълумот берилди.
Электр таъминоти барқарорлиги ва хавфсизлигини мустаҳкамлашга қаратилган қарор лойиҳасини тайёрлашга кўрсатма берилди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией проектов в сферах молодежи, спорта, здравоохранения и электроэнергетики.
Доложено о проводимой и запланированной работе по содержательной организации досуга молодежи, строительству махаллинских центров, расширению охвата школами, возведению онкологического центра.
Дано указание подготовить проект поставления, нацеленный на повышение стабильности и безопасности системы электроснабжения.

#Mirziyoyev #taqdimot #mahalla #iqtisodiyot #ijtimoiysoha

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
⚡️Hududlardan xabarlar

Chortoqsoy – tuman markazining koʻrkiga aylanadi

Dunyo xaritasida bironta shahar yoʻqki, uni daryolar kesib oʻtmagan boʻlsa. Masalan, Parijda Sena, Budapeshtda Dunay, Varshavada Visla, Peterburgda Neva, Toshkentda Anhor alohida koʻrk bagʻishlaydi ularga. Bizning Chortoqda ham ana shunday suv yoʻli bor. U Chortoqsoydir.
Biroq keyingi paytlarda, uning holati havas qiladigan darajada emas edi. Mana endi bu yerda katta hajmdagi bunyodkorlik ishlari boshlandi. Quruvchilar mehnati bilan soy tuman markazining koʻrkiga aylanadi. Maʼlum qilishlaricha, soyning oʻzani tozalanadi, qirgʻoqlari mustahkamlanadi va obodonlashtiriladi, koʻpriklar taʼmirlanadi. Qisqasi, uning sohillari sayr qiladigan soʻlim maskan qiyofasiga kiradi.
Shu oʻrinda yana bir mulohaza. Namangan viloyatida yuksak sayyohlik salohiyatiga ega xushmanzara maskanlar va hududlar oz emas. Ularning imkoniyatlaridan oqilona foydalanilsa, iqtisodiyotga ham, aholiga ham katta foyda keladi. Faqat investitsiya yoʻnaltirish, pishiq-puxta va zamonaviy loyihalar asosida ish yuritish lozim. Bu fikrlar purviqor togʻlar etagida joylashgan Nanay qishlogʻiga ham taalluqli.
Hozir Nanayda 130 ga yaqin uy mehmonxonalari, dam olish zonalari, koʻplab milliy taomlar oshxonalari va kempinglar bor.
– Loyihalarning aksariyatini istiqbolli, deb oʻylayman, - fikr bildirdi Yangiqoʻrgʻon tuman qurilish boʻlimi boshligʻi Elyor Ergashev. - Jumladan, tadbirkorlar Aʼzamjon Rahimov, Dilmurod Abdusattorov, Toʻramirza Mirzafarov, Mirgʻolib Abilovning uy mehmonxonalarini qurish, Alisher Usuvaliyevning “Ohu” dam olish maskani negizida basseyn, fitnes-klub, plyaj futboli maydoni va oʻtovlar, kempinglarni barpo etish boʻyicha loyihalari taqdim etildi.

#Namangan

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏗 2021 йилда бажарилган қурилиш ишлари кўрсаткичлари

🏢 Давлат статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2021 йилда Ўзбекистонда жами 107,4 трлн. сўмлик қурилиш ишлари бажарилган.

2020 йилга нисбатан ўсиш суръати 106,8 % ни ташкил этди.
⚡️Joriy yilning 28-29-yanvar kunlari Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi A.Qoʻldashev vazirlik tarkibidagi Navoiy va Samarqand viloyatlarida joylashgan professional taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
Unda Navoiy arxitektura va qurilish texnikumi, Samarqand arxitektura-qurilish texnikumi hamda Samarqand qurilish kolleji ustaxonalaridan foydalanish unumdorligini oshirish, ustaxonalarda yangi ish oʻrinlarini yaratish, oʻquvchilar amaliyotlarini oʻtash jarayonida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, byudjetdan tashqari mablagʻ topish ishlarini kengaytirish uchun qilish zarur boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

#Samarqand
#Navoiy

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|