QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Xalqaro_hamkorlik 📍 Xabar berganimizdek, mamlakatimizning bir qator vakolatli davlat tashkilotlari vakillaridan iborat guruhlar Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib, aholining bandligini ta'minlash orqali kambag'allikni qisqartirish bo'yicha amalga oshirilgan…
#Xalqaro_hamkorlik
📍 Ayni kunlarda xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo’lib turgan vazirlik va kommunal sohaga taalluqli mas’ullar Shenchjen shahrida joylashgan va aholini kasbga tayyorlashga ixtisoslashgan texnika maktabi faoliyati bilan tanishdilar.
Ta’kidlanganidek, mazkur o’quv maskanida fuqarolar 14 yoshdan ta’lim olishlari mumkin. Jumladan, santexnik, elektrik, payvandchi, uy ustasi, liftga xizmat ko‘rsatish mutaxassisliklari bo’yicha yo’nalishlar tashkil etilgan bo’lib, nazariy va amaliy darslarda yoshlar eng zarur kasblarga o‘rgatiladi.
Ma’lumot uchun, hozirda maktabda jami 8 000 ming nafar o’quvchi o‘qitilmoqda.
Delegatsiya a’zolari mazkur jarayon bilan yaqindan tanishdilar. Jarayonda ta’lim sohasidagi hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON
📌 Tuproqqal’a tumanida ham o’rganish ishlari olib borildi
Ozoda Jo’rayeva Xorazmning eng qadimiy hududlaridan biri bo’lgan Tuproqqal’a tumanida ham bo’ldi. Mazkur tumanda 97 ta ko’p qavatli uy mavjud bo’lib, 2 ta boshqaruv organlari tomonidan xizmat ko’rsatiladi.
Vazir o’rinbosari tumandagi ko‘p kvartirali uy-joylarning texnik holatini ko’zdan kechirdi. Shuningdek, “Drujba foton” va “Obod city” boshqaruv servis kompaniyalarining faoliyati o’rganildi. Mas’ullarga sohani takomillashtirish, yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Ozoda Jo’rayeva jarayonda aholi bilan suhbatlashib, ularning sohaga doir muammolari bilan ham qiziqdi. Aniqlangan kamchiliklar va mulkdorlar murojaatini o’z vaqtida bartaraf etish bo’yicha topshiriqlar berildi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilda tumandagi 49 ta qizil toifadagi va 461 ta sariq toifadagi elektro-shitlar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ta’mirlash ishlari bajarilgan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
🏠 Uy-joy insoniyatning eng birlamchi ehtiyoji. Undagi qulay sharoitlar esa aholining bevosita ish samaradorligiga ham ijobiy ta’sir o’tkazadi. Shu ma’noda dunyo miqyosida aholi turar joylarini saqlash, ulardagi yashash sharoitlarini yaxshilash sohasiga alohida e’tibor qaratib kelinadi.
Hozirda Xitoy Xalq Respublikasida bo’lib turgan delegatsiya a’zolari bugun Foshan shahrida bo’ldilar. Xususan, vazirligimiz va boshqa bir qator tegishli davlat tashkilotlari mas’ullari Uy-joy va shahar qurilishi departamenti vakillari bilan uchrashdilar.
Unda aholini uy-joy sharoitlarini yaxshilash orqali kambag’allikdan chiqarish bo’yicha Foshan shahri tajribasi to’g’risida so’z bordi.
Jumladan, mazkur yo’nalishdagi loyihalar va ularni bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish mexanizmlari ko’rib chiqildi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Hozirda Xitoy Xalq Respublikasida bo’lib turgan delegatsiya a’zolari bugun Foshan shahrida bo’ldilar. Xususan, vazirligimiz va boshqa bir qator tegishli davlat tashkilotlari mas’ullari Uy-joy va shahar qurilishi departamenti vakillari bilan uchrashdilar.
Unda aholini uy-joy sharoitlarini yaxshilash orqali kambag’allikdan chiqarish bo’yicha Foshan shahri tajribasi to’g’risida so’z bordi.
Jumladan, mazkur yo’nalishdagi loyihalar va ularni bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish mexanizmlari ko’rib chiqildi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON
🏘 Ozoda Jo’rayeva Sirdaryoda
Ta’kidlab kelayotganimizdek, vazir o’rinbosari hududlarda ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan nazorat ishlarini amalga oshirmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyatida ham bir qator boshqaruv organlarining faoliyati o’rganildi. Viloyatning Guliston shahri “Boston” MFYda joylashgan 52 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatib kelayotgan “Istiqlol kommunal” boshqaruv tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, obodonlashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari ko’zdan kechirildi. Kompaniyaning ko’p qavatli uylarni ekspluatatsiya qilishdagi hamda aholi bilan ishlashdagi kamchiliklari tanqid qilindi.
Ozoda Jo’rayeva ish samaradorligini zamonaviy talablar asosida doimiy oshirib borish lozimligini, kompaniya binosida avvalo, ishchi-xodimlarga sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi.
- Ishchi-xodimlari resurslari eng qimmatli resursdir. Biz boshqaruv organlari faoliyatida ham mutaxassislarimizga yaxshi sharoit yaratib berishimiz kerak. Chunki bizning xodimlar eng mashaqqatli mehnatni amalga oshiradilar, - dedi Ozoda Jo’rayeva.
Shuningdek, mutasaddilar hududda yakunlangan RK-1 va RK-2 qozonxonalari faoliyati bilan tanishib, aniqlangan bir qator kamchiliklar bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berdilar.