QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
22.3K photos
3.9K videos
289 files
9.2K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#JARAYON

📍Avval xabar berganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Navbatdagi manzil Termiz tumani “Yangi Oʻzbekiston” massivida barpo etilayotgan Termiz pedagogika universiteti boʻldi. Bu yerda qurilish me’yorlariga amal qilinmayotgani tanqid qilindi. Vazir oʻrinbosari eng avvalo, quruvchilarning hayoti va xavfsizligi muhim ekanini, ishchilarni maxsus ust-bosh bilan taʼminlash lozimligini taʼkidladi. Shu bois obyekt masʼullariga qurilish madaniyati va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, oliygoh oʻz nomiga monand boʻlishi qayd etildi.

“Bu yerdan kelajagamiz liderlari yetishib chiqadi. Universitet esa ularning taʼlim olishlari uchun qulay, xavfsiz hamda kamchiliklarsiz boʻlishi kerak”, - deya taʼkidladi Toir Alimatov.

Bundan tashqari energosamaradorlik qoidalariga amal qilish zarurligi qayd etildi. Jarayonda hududiy inspeksiya mutaxassislariga tegishli koʻrsatmalar berilib, aniqlangan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish lozimligi tushuntirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🏢 “Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish jarayonlari nazoratda


Termiz tumani "Yangiobod" mahallasida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivining qurilish ishlari izchil davom etmoqda. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov rahbarligidagi ishchi guruhi hududda olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

🔵Obyektda hozirda zamonaviy ko‘p qavatli uylar, Termiz pedagogika institutining yangi majmuasi, bolalar bog‘chasi va 200 o'ringa ega oilaviy poliklinika hamda mahalla markazi qurilmoqda. Ishchi guruhi qurilish ishlari sifatiga alohida e’tibor qaratib, yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi. Shuningdek, mas’ullardan qurilish madaniyatiga rioya qilish, xavfsizlik texnikasini ta’minlash hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda yuqori sifatda topshirish talab qilindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

2025-yilning 25-27-fevral kunlari "O‘zekspomarkaz" MKK hamda CAEx’da 26-xalqaro UzBuild ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

⚠️ Mazkur nufuzli tadbir oldidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Ma'lum qilinganidek, ushbu ko'rgazma qurilish va arxitektura sohasidagi eng muhim voqea bo‘lib, unda yetakchi mutaxassislar va kompaniyalar ishtirok etadi. Ko‘rgazmada qurilish sohasiga oid zamonaviy texnologiyalar, materiallar va innovatsion yechimlar namoyish etiladi.

Ishtirokchilar rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishlari, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishlari va yangi g‘oyalar bilan ilhom olishlari mumkin bo‘ladi.

Mavsumning asosiy tadbiriga qo‘shiling va kelajakdagi qurilishning bir qismiga aylaning!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🫥 Issiqlik ta’minoti yo’nalishida 2024-yil amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📌 O'ZGASHKLITI muhandis-geologlari jamoasi Qirg'iziston Respublikasining Jalolobod viloyatidagi Qambarota GES-1 qurilish maydonchasida murakkab tog'li sharoitda eng yangi burg'ulash texnikasi va uskunalaridan foydalanib, muhandislik-geologik tadqiqotlarni muvaffaqiyatli yakunladi. Norin daryosida ham batimetrik tadqiqotlar olib borildi.

Ishlar Qirg'iziston Respublikasi Energetika vazirligi va "Gidroproyekt" loyiha-tadqiqot instituti bilan faol hamkorlikda olib borildi.

📌 Команда инженеров-геологов O'ZGASHKLITI в кратчайшие сроки успешно завершила комплексные инженерно-геологические исследования на площадке строительства Камбаратинской ГЭС-1 в Жалал-Абадской области Кыргызской Республики, используя новейшую буровую технику и оборудование. Также проведены батиметрические исследования на реке Нарын.

Работы выполнялись в сложных высокогорных условиях при активном сотрудничестве с Министерством энергетики Кыргызской Республики и проектно-изыскательским институтом «Гидропроект».

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📍 Vazir oʻrinbosari Toshkent viloyatida qurilish obyektlari loyihasi bilan tanishdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Adilov poytaxt viloyatida boʻlib, “Orom” dam olish maskanining qurilish loyihasini koʻzda kechirdi. Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari Sh.Mahmudov, Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi J.Anvarov, Oqqoʻrgʻon tumani hokimi T.Bobolov hamda boshqa masʼullar ishtirokidagi oʻrganish ishlari davomida “2024-2025-yillarda Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumanini ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora- tadbirlari toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori ijrosiga oid vazifalarga eʼtibor qaratildi. Maʼlum boʻlishicha, tumanning “Birlik” mahalla fuqarolar yigʻini hududida “Orom” dam olish maskanini barpo etish reja qilingan.

🔴 Muhokamalar davomida asosiy maqsad xalqimiz uchun munosib sharoit yaratish ekanligi alohida taʼkidlandi. Loyihaga koʻra dam olish maskanida asosan yashillikka katta eʼtibor qaratiladi. Sport maydonchalari, ochiq favvoralar, yozgi choʻmilish havzasi, kanal, qayiqlar, atrofda esa servis va xizmat koʻrsatish obyektlari tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratadi. Shuningdek, turli xil attraksionlar, bolalar shaharchalari, tarixiy obyektlarning mini maketlari, piyodalar yoʻlaklarini tashkil qilish ham maqsad qilingan.

Muhokamalarda mazkur loyihani sifatli qilib amalga oshirish ustuvor masala ekanligi qayd etildi. Taʼkidlandiki, ushbu bunyodkorlik ishlarini umumiy bir jihat, yaʼni odamlar uchun maqbul ish oʻrinlarini tashkil etish va xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirish kabi maqsad birlashtiradi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🏘 Vazir oʻrinbosari Toir Alimatov ayni paytda Buxoroda

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Buxoro viloyatida boʻlib, Buxoro tumani “Bogʻidasht” MFY hududida qad rostlayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilish jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

Maʼlum boʻlishicha, bugungi kunda hududdagi 67 ta yer uchastkasi LOT larga boʻlingan holda 43 ta tashabbuskor tomonidan sotib olingan.

Yer uchastkalarining 62 tasiga Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi (ART) ishlab chiqilgan.

Tashabbuskorlar tomonidan “Qishloqqurilishloyiha” DM Buxoro filiali bilan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha shartnoma tuzilgan. Shuningdek, ayrim obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari Arxitektura-shaharsozlik kengashidan oʻtkazilgan. 35 ta obyektga shaharsozlik ekspertizasining ijobiy xulosalari olingan, 17 ta obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun hududiy nazorat qilish inspeksiyasi roʻyxatidan oʻtkazilgan.

🔵Qurilish obyektini oʻrganish jarayonida vazir oʻrinbosari T.Alimatov bu boradagi ishlarni jadallashtirish va barcha amaliy chora-tadbirlarni sifatli tashkil qilish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📍Piskent tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etilmoqda

Toshkent viloyati Piskent tumanida zamonaviy “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etilmoqda. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari D.Adilov, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Sh.Mahmudov, Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal boshqarmasi boshlig‘i J.Anvarov hamda tegishli rahbarlar qurilish jarayoni bilan tanishdi. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-oktabrdagi “Toshkent viloyati Piskent tumanida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.

10,17 gektar maydonda qurilishi rejalashtirilgan mazkur massivda 540 o‘rinli 9 qavatli turar joylar, Yoshlar bog‘i, Yoshlar markazi, kutubxona, hunarmandlar uchun ko‘rgazma zallari, zamonaviy sayilgoh hamda suv havzasi bunyod etilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ushbu hududda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu Navoiyning bunyodkorlik va ma’rifatparvarlik g‘oyalariga hurmat ifodasi sifatida xizmat qiladi.

Bundan tashqari “Birlik” ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tuvchi anhor atrofida sayilgoh tashkil etilishi ham mo‘ljallangan. Hozirda loyihalashtirish ishlari davom etmoqda. Mutasaddilar loyihalar bilan tanishib, aholiga munosib sharoit yaratish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Loyihani sifatli hamda o‘z vaqtida topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM