QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
22.2K photos
3.87K videos
288 files
9.15K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#JARAYON

📌 Kommunal sohadagi keng islohotlar bugun mamlakatimizning har jabhasida o'zining ijobiy tomonlari bilan namoyon bo'lmoqda. Mazkur rivojlanish yo'lidagi ishlar samaradorligini oshirishda albatta ishchi-xodimlarning malakasini oshirish katta ahamiyatga ega.

Shu ma'noda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi, Bosh prokuratura, hokimlik mutasaddilaridan iborat guruh ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv organlarida faoliyat yuritayotgan elektriklar malakasini oshirish bo'yicha o’quv kursini tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tashkil etilgan o’quv-amaliy mashg’ulotlarida Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi yuzlab elektriklar malakali mutaxassislar ishtirokida o’qitilib, tegishli sertifikatlarga ega bo’lmoqdalar. Shuningdek, tinglovchilarga amaliy mashg’ulotlarda zarur bilimlar berilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, bunday mashg’ulotlar boshqa yo’nalishlarda ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🟢 Kommunal xizmatlarning qishki mavsumga shayligi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #ONLAYN

📍Inspeksiya rahbari Xorazm viloyatida tadbirkorlar hamda fuqarolar bilan uchrashdi.

Ayni paytda Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi binosida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i Sirojiddin Eshquvvatov hamda boshqa masʼullar viloyatdagi qurilish, kommunal hamda ichimlik suvi bilan bogʻliq murojaatlarni oʻrganishyapti.

Jarayonda fuqarolarning soha doirasidagi takliflari tinglanib, muammolar
ni bartaraf etishga kirishilmoqda.


Sayyor qabulda sohaga doir har bir masala hamda taklif atroflicha muhokama etilyapti
.

#XORAZM

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

😎 Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan “Orient Devise” MCHJ tomonidan qurilayotgan obyekt, Shayxontohur tumani “Ilg’or” MFY 21-uy manzilida joylashgan bo'lib, keltitrilgan vajlar Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.

Unga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan Shayxontohur tumani Qurilish bo’limi tomonidan 2022-yil 13-dekabrda “Orient Devise” MCHJga “O‘z foydalanishdagi hududda mehmonxona qurish” uchun ruxsatnoma berilgan.

Shunga asosan Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 19-dekabrdagi Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i (ART) tayyorlab berilgan.
To‘plangan hujjatlar asosida “Novate Architecture” MCHJ tomonidan tayyorlangan dastlabki eskiz loyiha-smeta hujjatlari mutasaddi tashkilotlar, ya’ni hududiy Sanitariya-epidemiologiya xizmati, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi, Shayxontohur tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hududiy Yong‘inga qarshi nazorat xizmati tomonidan berilgan ijobiy xulosalariga asoslangan holda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2023-yil 19-apreldagi hulosasiga asosan eskiz loyiha hujjatlari kelishib berilgan.

Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda mazkur obyektda qurilish jarayonlari davom etayotgan bo‘lib, ushbu 7 qavatli mehmonxona binosi qurilishi Hukumatning 200-sonli qarori 5-ilovasiga muvofiq 2024-yilning 5-yanvarida qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun hududiy Inspeksiyadan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan. Hozirda Inspeksiya tomonidan obyektda tizimli nazorat o‘rnatilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

❗️Ko‘p qavatli uylarning energosamaradorligi ta’minlanadi

Kommunal soha yillar davomida murakkab munosabatlar tizimi sifatida shakllangan, ammo aholining eng zarur sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan sohadir. Shu bois davlatimiz rahbari mazkur tarmoqni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar. So‘nggi yillarda sohada olib borilayotgan tub o‘zgarishlar bugun aholi hayotida ijobiy aks etib, ularni qiynab kelayotgan muammolarini ijobiy hal etilishiga zamin yaratmoqda.

Tizimda amalga oshirish lozim bo‘lgan galdagi muhim vazifa – kommunal xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida energosamaradorlikni ta’minlashdan iborat. Zero, energiya resurslari yildan-yilga cheklanib borayotgan bir sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyotning eng muhim yo‘nalishi hisoblangan kommunal sohada ham yangi yondashuvlar talab etilmoqda.

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan bu borada kompleks tadbir, rejalar ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva bugun poytaxtimizning Shayxontohur tumani “Katta Oqtepa” mahallasida bo‘ldi. Mazkur hududda “Demetra kapital development” BSK tomonidan Gulxaniy ko‘chasida joylashgan 11, 12, 37 va 37 uylarni energosamaradorligini oshirish borasida qator ishlarga qo‘l urilmoqda.

Xususan, mazkur uylarning tom qismi kapital ta’mirlanib, profnastil qoplamasi bilan qoplangan, shuningdek, uyning muhandislik tarmoqlari tegishli talablar asosida to‘liq izolyatsiya qilingan. Hozirda uyning fasad qismini bazalt qoplamasi bilan qoplash, deraza-romlar, framuga oynalarini plastik romlariga almashtirish hamda kirish yo‘laklarida ta’mirlash-tiklash ishlari ketmoqda.

-Hurmatli yurtboshimiz 2025-yilga “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”, deb nom berishni tavsiya qildilar. Mazkur ezgu tashabbus bizning oldimizga ham qator vazifalarni qo‘yadi. Shu asnoda kirib kelayotgan yilning eng muhim maqsadlarini belgilab olmoqdamiz. Ulardan biri sohada energiya iqtisodiga erishish, ortiqcha resurs yo‘qotishlarni oldini olishdir. Biz ushbu jarayonga kompleks yondoshishimiz, ya’ni ko‘p qavatli uyning tomidan tortib yerto‘lasigacha bo'lgan har bir jihatni inobatga olishimiz darkor. Chunki bu bir-biriga bog‘liq, murakkab jarayon hisoblanadi, - dedi Ozoda Jo‘rayeva.

Ta’kidlanganidek, mazkur ishlar natijasida bir uyning energosamaradorlik ko‘rsatkichi 50 foizga ortadi. Natijada aholi qulayligi ta’minlanishi bilan bir qatorda, ularning ortiqcha sarf-xarajatlari oldi olinadi.

Ozoda Jo‘rayeva kompaniya tomonidan olib borilgan ishlarni kuzatar ekan, ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda birlamchi e’tibor sifatga qaratilishi, bunda pudrat tashkilotlari mas’uliyatni oshirish lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, aholi orasida tejamkorlikni oshirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

🏠 Ko‘p xonadonli uylar hududidagi avtoturargohlarni loyihalashga qo'yilgan talablar haqida bilasizmi?!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM