QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
21.8K photos
3.8K videos
287 files
9K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
📹#ONLAYN 

Ayni damda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Toshkent viloyati Toshkent tumanida ijtimoiy soha obyektlarini o‘rganmoqda.

Avvalo, tumanning 17-sonli mavjud binolarni kapital ta’mirdan chiqarish va 480 o’rinli qo’shimcha bino qurish obyektidagi ishlar bilan tanishildi.

Monitoringlar davomida bu yerda eshik o’rnatish va pardozlash ishlarida bir qator kamchiliklar mavjudligi ma'lum bo‘ldi. 

Xususan, Toshkent tumanining “Ibrat” MFYdagi 26-sonli maktabni rekonstruksiya qilish obyekti pasporti esa belgilangan talablarga javob bermasligi, ishlar toza bajarilmayotgani qattiq e’tirozga sabab bo’ldi.

Vazir oʻrinbosari tomonidan mas’ullarga har ikkala maktabda ko’rilgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish va ularni belgilangan muddatda sifatli tarzda topshirish talabi qo‘yildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

⚠️ Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Toshkent viloyatida bo‘lib, ijtimoiy soha obyektlarida sifat ko‘rsatkichlarini o‘rgandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🏘 Vazir oʻrinbosari T.Alimatov oʻrganish ishlarini Zangiota tumanidagi 390 oʻringa moʻljallab qurilayotgan 27-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi binosini koʻzdan kechirish bilan davom ettirdi.

Mazkur obyektda umumiy holat qoniqarli. Ayrim hollarda ishga befarqlik bilan yondoshilgan. Vazir oʻrinbosari barcha kamchiliklarni chuqur tahlil qilib, mutasaddilarga kechiktirib boʻlmaydigan vazifalarni topshirdi. Joriy yil yakunigacha ya’ni o’z muddatida obyektni topshirish lozimligi ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN

🔗 Bugun vazir o‘rinbosari Toir Alimatov Toshkent viloyatida bo'lib, ijtimoiy soha obyektlarini o‘rgandi. Xususan, ishchi guruhi Chinoz tumani “Yaxshi niyat” MFYdagi 9-sonli 180 o’ringa mo’ljallangan maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishini ko’zdan kechirdi.

Tahlillar davomida obyektda zinapoya panjaralari va eshik o’rnatishda xatoliklar yaqqol ko’zga tashlandi. Shuningdek, qurilish talab va me’yorlariga amal qilinmagani, shoshma-shosharlik bilan ishlar olib borilayotgani tanqid qilindi.

“Yo’l tushdi” MFYdagi 9-sonli maktab ham diqqat bilan o’rganildi. Ahvol juda yomonligi bois joyida mas’ullarga kechiktirib bo’lmaydigan vazifalar belgilandi. Ishni samarali tashkil etish orqali qurilish ishlarini tezlashtirish yuzasidan qat’iy topshiriqlar berildi.

Obyekt mas’ullariga qurilish madaniyati va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish hamda binolarni o’z vaqtida, sifatli topshirish zarurligi yana bir karra tushuntirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM