QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.3K subscribers
21.5K photos
3.7K videos
287 files
8.83K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar

🔎 Fargʻonada “Oʻzbekiston yoshlari forumi -2024” doirasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning “Kasblar tanlovi” va “Yosh quruvchi” yoʻnalishi boʻyicha viloyat bosqichi oʻtkazildi.

Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada ishtirokchilar oʻz mahoratlarini namoyish etib, qurilish sohasida egallagan bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazdilar.

“Yosh quruvchi” yoʻnalishi – nafaqat kasbiy mahorat, balki kelajakni barpo etish imkoniyatidir, - dedi bosh boshqarma boshligʻi Lazizxon Pozilov.


Ishtirokchilar hayʼat aʼzolari tomonidan baholanib, esdalik sovgʻalari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Eng yaxshi natijani qayd etgan bir nafar ishtirokchi respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn
#Tungi_reyd

Ayni damda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva boshchiligida poytaxtimizning Uchtepa tumanida faoliyat yurituvchi boshqaruv servis kompaniyalarining tungi faoliyati o’rganilmoda.

Mazkur jarayonni facebookdagi rasmiy sahifamiz orqali onlayn tomosha qilishingiz mumkin

👉
https://www.facebook.com/share/v/15ZRmVBoFr/?mibextid=CTbP7E
#Brifing

⚫️Mavzu: Qurilish sohasidagi jarayonlarni samarali va shaffof boshqarish maqsadida yangi qurilishlarda davlat nazorati tizimi takomillashtirilishi
🕒 Vaqti: bugun 10:00 da
💬 Ishtirok etadi: Saidnosir Usmonov, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati rahbari

🗺 Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Brifing ⚫️Mavzu: Qurilish sohasidagi jarayonlarni samarali va shaffof boshqarish maqsadida yangi qurilishlarda davlat nazorati tizimi takomillashtirilishi 🕒 Vaqti: bugun 10:00 da 💬 Ishtirok etadi: Saidnosir Usmonov, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi…
#Brifing

📌 Qurilish sohasidagi jarayonlarni samarali va shaffof boshqarish maqsadida yangi qurilishlarda davlat nazorati tizimi takomillashtirilishi

AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirokida brifing boshlandi.

Quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://www.facebook.com/share/v/1Ds5817DW3/?mibextid=WC7FNe

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Brifing 📌 Qurilish sohasidagi jarayonlarni samarali va shaffof boshqarish maqsadida yangi qurilishlarda davlat nazorati tizimi takomillashtirilishi AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirokida…
#Brifing

🔴2024-yilning 23-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida boʻlib oʻtgan “Qurilish industriyasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish”ga oid videoselektor yigʻilishida qurilish-montaj ishlari sifati masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada bajarilishi shart boʻlgan aniq vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash, xususan, mamlakatimiz qurilish sohasidagi jarayonlarni samarali va shaffof boshqarish maqsadida yangi qurilishlarda davlat nazorati tizimi joriy etilmoqda. Mazkur tizim zamonaviy raqamli yechimlar asosida ishlab chiqilgan boʻlib, qurilish jarayonlarini boshqarish, hujjatlashtirish va nazorat qilishda qulay imkoniyatlar yaratadi. Tizimning asosiy maqsadi qurilish jarayonlarini izchil boshqarish, ortiqcha qogʻozbozlikka yoʻl qoʻymaslik va inson omili taʼsirini kamaytirish orqali sifat va xavfsizlikni taʼminlashdan iborat.

Xoʻsh, tizimning oʻziga xos yangiligi va imkoniyatlari qanday omillarda koʻrinadi?

Dastlab cheklist tizimiga toʻxtalamiz. Ushbu tizim bilan qurilish jarayonlari bosqichma-bosqich tekshiriladi va har bir ish turi uchun toʻldiriladigan cheklistlar orqali sifat nazorati amalga oshirilib, hujjatlashtirish jarayoni soddalashtiriladi. Tizim qurilish korxonalarining holatini avtomatik baholaydi va reytingi past boʻlgan yoki talabga javob bermaydigan korxonalarga ruxsatnoma bermaydi.

Muhim yangiliklardan yana biri har bir obyekt uchun “QR” kodli pasport joriy etilgan boʻlib, ushbu kod orqali obyekt haqidagi barcha maʼlumotlarni real vaqt rejimida olish mumkin. Bu respublikadagi barcha fuqarolar va jamoat nazorati vakillariga qurilish obyektlar holatini qulay tarzda kuzatish imkonini beradi.

Obyektni foydalanishga qabul qilish jarayoni ham ancha soddalashtirildi. Eski tizimdagi 27 ta cheklist bandi oʻrniga, yangi tizimda faqat 7 ta band qoldirilib, jarayonni tezlashtirish va ortiqcha kechikishlarni oldini olishga yordam beradigan tizim ishga tushdi.
Qurilish ishtirokchilari uchun interaktiv va qulay kabinetlar ishlab chiqildi. Har bir kabinet foydalanuvchiga moslashtirilgan boʻlib, bu orqali ichki nazorat, texnik nazorat, mualliflik nazorati va inspektorlar uchun alohida imkoniyatlar taqdim etilmoqda.
Qurilish jarayonlari tizim orqali raqamlashtirilib, qoʻshimcha ravishda obyektlar real vaqt rejimida kuzatib boriladi. Yaʼni, inspektor obyektni joyiga chiqib monitoring qilish bilan birgalikda elektron hujjat va fotosuratlar orqali obyektni holati boʻyicha qoʻshimcha oʻrganishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻldi. Barcha xulosa, yozma koʻrsatma va tasdiqlar elektron hujjat aylanishi orqali amalga oshiriladi. Bu esa qogʻoz hujjatlariga boʻlgan ehtiyojni kamaytirib, jarayonlarni tezlashtirishga yordam beradi.
😇Eng muhimi, qurilish jarayonlari "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimiga integratsiya qilinib, jarayonlarning shaffofligi oshirildi va korrupsiya xavfi kamaytirildi.

Umuman olganda yangi tizim qurilish jarayonlarini shaffoflashtirish, sifat nazoratini kuchaytirish va jarayonlarni soddalashtirishga xizmat qiladi. Bu innovatsion yechimlar quruvchilar va nazorat organlari uchun qulaylik yaratib, obyektni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlab foydalanishga topshirishga imkon beradi.

Quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://www.facebook.com/share/v/1Ds5817DW3/?mibextid=WC7FNe

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

😄 Prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish va obodonlashtirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨 Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ichimlik suvining isrofgarchiligi bilan bog'liq holatlarning oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari davom etadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱 Объектни фойдаланишга қабул қилиш жараёни соддалаштирилди: 27 та чеклист банди ўрнига, янги тизимда 7 та банд қолдирилди

Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Саидносир Усмонов маълум қилди.

Чеклист тизими билан қурилиш жараёнлари босқичма-босқич текширилади ва ҳар бир иш тури учун тўлдириладиган чеклистлар орқали сифат назорати амалга оширилиб, ҳужжатлаштириш жараёни соддалаштирилади.

Тизим қурилиш корхоналарининг ҳолатини автоматик баҳолайди ва рейтинги паст бўлган ёки талабга жавоб бермайдиган корхоналарга рухсатнома бермайди.

Муҳим янгиликлардан яна бири ҳар бир объект учун “QR” кодли паспорт жорий этилган бўлиб, ушбу код орқали объект ҳақидаги барча маълумотларни реал вақт режимида олиш мумкин.

Бу республикадаги барча фуқаролар ва жамоат назорати вакилларига қурилиш объектлар ҳолатини қулай тарзда кузатиш имконини беради.

Қурилиш иштирокчилари учун интерактив ва қулай кабинетлар ишлаб чиқилди. Ҳар бир кабинет фойдаланувчига мослаштирилган бўлиб, бу орқали ички назорат, техник назорат, муаллифлик назорати ва инспекторлар учун алоҳида имкониятлар тақдим этилмоқда.

Қурилиш жараёнлари тизим орқали рақамлаштирилиб, қўшимча равишда объектлар реал вақт режимида кузатиб борилади.

Яъни, инспектор объектни жойига чиқиб мониторинг қилиш билан биргаликда электрон ҳужжат ва фотосуратлар орқали объектни ҳолати бўйича қўшимча ўрганишларни амалга ошириш имкониятига эга бўлди.

📌 Батафсил

Telegram |WhatsApp| Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O'zshaharsozlik LITI DM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zshaharsozlik LITI” – kelajak shaharlarini yaratuvchi markaz!

Zamonaviy, qulay va ekologik barqaror shaharlar loyihasi bizning ustuvor vazifamiz!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

🌐 Website | 🌐 Instagram
Президент Шавкат Мирзиёев уй-жой қурилишида аҳоли маблағларини кафолатлаш тизимига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о системе гарантирования средств населения при строительстве жилья.

#Mirziyoyev #taqdimot #qurilish #eskrou

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Xorijdagi o‘zbekistonlik yoshlar diqqatiga!

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda xorijda ta'lim olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlar bilan shartnoma imzolab, xorijiy va mahalliy korxonalar hamda ta'lim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlamoqda.

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari D.Adilov bilan shu mavzuda bo‘lib o‘tadigan onlayn uchrashuvga taklif etamiz.

⤵️ Uchrashuv vaqti:
13-dekabr, 15:00 (Toshkent vaqti)

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishida aholi mablag‘larini kafolatlash tizimiga oid taqdimot bilan tanishdi
#12dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ижтимоий ҳимоя соҳасида амалга оширилган ишлар ва 2025 йилдаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по анализу проделанной работы в сфере социальной защиты и приоритетным задачам на 2025 год.

Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #Onlayn
#Qabul

❄️ Qish mavsumi insonlarning eng dastlabki ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan kommunal sohadagi murojaatlarni o’z vaqtida bartaraf etish zaruratini oshiradi. Shu ma’noda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida mazkur yo’nalishni kuchaytirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, vazirlikda 24/7 ish rejimida ishlovchi shtab faoliyati yo’lga qo’yilgan. Unda tun-u kun aholi murojaatlarini qabul qilish, shuningdek, hududlar kesimida sohaga oid muammolarni monitoring qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

🏘 Shuningdek, haftaning juma kunlari vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilib kelinadi.

Bugungi qabulda ham poytaxtimiz va boshqa viloyatlardan kelgan aholi vakillarining muammolari tinglanmoqda.

Hozirga qadar boshqaruv tashkilotiga oid 3 ta murojaat qabul qilindi. Mazkur holatlar yuzasidan maxsus ishchi guruh tashkil etilishi ta’kidlanib, tezkor yechim choralarini ishlab chiqish bo’yicha topshiriq berildi.

Qabul davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM