🏢 Turar joy qurilishida aholi mablag‘larini himoya qilish masalalari muhokama qilinmoqda
Ayni paytda Xalq Demokratik Partiyasi Markaziy Kengashi binosida “Turar joy qurilishida aholi mablag‘larini himoya qilish va ulush kiritish tartibining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari” yuzasidan munozara bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari, sohaga oid mutaxassislar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Munozara klubida aholining ulush kiritish asosida uy-joy sotib olish jarayonida huquqiy kafolatlarini mustahkamlash, qurilish kompaniyalari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish va sohadagi shaffoflikni oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Ayni paytda munozara klubi oʻzinining qizgʻin pallasiga yetdi. Ekspertlarning taqdimotidan soʻng dolzarb mavzularda savollar berilmoqda. Ulardan biri quyidagicha:
Raqobat qoʻmitasi masʼul xodimi quyidagicha javob qildi:
Fuqarolarimiz uy-joy sotib olishda birinchi navbatda qurilish tashkilotining barcha huquqiy hujjatlarini sinchkovlik bilan tekshirishlari lozim. Bunda kompaniyaning litsenziyasi, QR kodli qurilish ruxsatnomasi, “Shaffof qurilish” tizimidagi mavjudligi, elektron reyestrdagi holati hamda quruvchining oldingi loyihalari va tajribasiga alohida eʼtibor qaratish kerak.
Shuningdek, shartnoma shartlarini batafsil oʻrganish talab etiladi. Shartnomada qurilish boshlanish va yakunlanish muddatlari, foydalanishga topshirish sanasi, tomonlarning huquq va majburiyatlari, majburiyatlar buzilganda qoʻllaniladigan javobgarlik choralari, toʻlov tartibi va muddatlari, qurilish maydoni oʻzgarganda qayta hisob-kitob qilish tartibi hamda fors-major holatlari yuzasidan kelishuvlar aniq belgilangan boʻlishi muhim ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy xavfsizlikni taʼminlash maqsadida barcha toʻlovlarni faqat rasmiy bank kassalari orqali amalga oshirish, toʻlovlar uchun rasmiy hujjatlarni saqlab qoʻyish va naqd pul orqali toʻlovlardan qatʼiyan voz kechish tavsiya etiladi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
- Oʻylaymanki, eskrou tizimini joriy qilish va uni qonuniy asoslarini takomillashtirishda Xalq demokratik partiyasi oʻz oldiga juda katta maqsadlarni belgilab olgan. Ana shu maqsadlarni amalga oshirishda Xalq demokratik partiyasi bilan birgalikda ishlashga tayyorligimizni bildiramiz. Eng asosiy maqsad eskrou tizimini joriy etishni jadallashtirish, uning ham fuqarolarimiz, ham quruvchilar manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyatini aholimizga tushuntirishdir
Bunda fuqarolar oʻz mablagʻlarini ishonchli va xavfsiz saqlanishiga erishsa, quruvchilar oʻz loyihalarini muvaffaqiyatli hamda barqaror amalga oshirish imkoniga ega boʻlishadi. Oʻylaymanki, partiya bilan bu yoʻnalishda hamkorligimiz davomli boʻladi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Ayni paytda munozara klubida dolzarb mavzulardagi savol-javoblar davom etmoqda. Ulardan biri quyidagicha:
Javob: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas’uli Davron Meliyev
- Bu masala nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Xalqaro tajribaga ko‘ra bunday spekulyativ holatlarga qarshi samarali choralar qo‘llanilmoqda. Kanadada norezidentlarga uy-joy sotib olish taqiqlangan, Yangi Zelandiyada chet elliklarga cheklovlar o‘rnatilgan, Singapur esa ikkinchi va undan keyingi uylarni sotib olishda qo‘shimcha soliqlar joriy qilgan.
Mamlakatimizda ham ushbu muammoni hal etish uchun quyidagi mexanizmlar taklif etilmoqda:
Davlat tomonidan uy-joy bozorida tartibni saqlash orqali barcha qatlamlar uchun uy-joy olish imkoniyatlarini kengaytirish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Savol: Yangi qurilayotgan uy-joy massivlarida maktab, bog‘cha, poliklinika va jamoat transporti yetishmovchiligi aholining noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Xalqaro tajribani inobatga olgan holda, uy-joy qurilishi bilan birga ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishning qanday samarali mexanizmlarini taklif etasiz?
- Bu masala bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hozirda davlat va mahalliy hokimiyat organlari ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Yangi qurilish normalari va standartlarida ijtimoiy obyektlarning majburiy ravishda rejalashtirilishi ham muhim qadam hisoblanadi.
Xalqaro tajriba asosida quyidagi mexanizmlarni joriy etish maqsadga muvofiq:
📌Singaрur tajribasi – Quruvchi kompaniyalar uy-joy loyihasini tasdiqlashdan oldin ijtimoiy infratuzilmani qurish bo‘yicha majburiyat olishi lozim.
📌Janubiy Koreya tajribasi – Davlat-xususiy sheriklik asosida investorlarni imtiyozlar orqali ijtimoiy obyektlar qurilishiga jalb qilish.
📌Germaniyaning “15 daqiqalik shahar” konsepsiyasi – Har bir fuqaro yashash joyidan 15 daqiqa masofada ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
📌Yaponiya tajribasi – “Transit-oriented development” tamoyiliga ko‘ra avval transport infratuzilmasi yaratiladi, keyin esa uy-joy qurilishi boshlanadi.
Mamlakatimiz sharoitida hududiy xususiyatlarni inobatga olib, mahalliy hokimliklar tomonidan infratuzilma obyektlarini moliyalashtirishni oshirish, aholi soniga qarab ijtimoiy obyektlar quvvatini belgilash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi choralarni amalga oshirish lozim.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aholi murojaatlari qabul qilinmoqda
Xususan, kommunal soha aholining birlamchi ehtiyojlari bilan bog’liqligi inobatga olinib, haftaning juma kunlari vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida qabul o’tkazib kelinmoqda.
Ayni damda bo’lib o’tayotgan qabulda ham Toshkent shahrining bir qator tumanlaridan kelgan murojaatchilarning boshqaruv organi faoliyati, noqonuniy qurilmalar, reyestr va billing tizimlariga oid muammolari qabul qilinmoqda.
Hozirgacha qabul qilingan murojaatlarning 4 tasi qabul davomida ijobiy hal etildi, 2 ta murojaat joyiga chiqqan holda o’rganilishi va qonuniy bartaraf etilishiga kelishib olindi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qurilish va kommunal sohalarda raqamlashtirish ishlariga bag’ishlangan matbuot anjumani o’z ishini boshladi.
- Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi o‘z oldiga ko‘plab istiqbolli reja hamda maqsadlarni belgilab olgan. Sir emas, sohalarni raqamlashtirish jamiyatni yanada takomillashtirishda va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan qurilish va kommunal sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda mazkur jihatga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Biz bunyodkorlik va aholiga xizmat ko‘rsatish sohasida shunday darajaga keldikki, bugun qurilish obyekti loyiha hujjatlarini ishlab chiqishdan tortib, ularni ekspertizadan o‘tkazish, nazorat mexanizmi, qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi hamda turar joy obyektlarining ekspluatatsiyasi, kommunal xizmatlar ko‘rsatish kabi barcha jarayonlar raqamlashtirildi. Mazkur jarayonlarda inson omilining tobora qisqarayotgani hisobiga sohalarda shaffoflikka erishilmoqda”, - dedi Ozoda Jo’rayeva.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Bugungi kunda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi negizida quyidagi platformalar ishga tushirilgan:
- “Qurilish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish” elektron platformasi dx.mc.uz;
- “Maqsadli dasturlar monitoringi” axborot tizimi monitoring.mc.uz;
- Qurilish sohasida “Reyting” va “Tender” elektron platformalari reyting.mc.uz, tender.mc.uz;
- “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi dshk.uz;
- “Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish” avtomatlashgan axborot tizimi new-ekspertiza.mc.uz
- “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi catalog.tmsiti.uz/classifier
- “Qurilishda davlat nazorati” axborot tizimi nazorat.mc.uz;
- “Ulush kiritish asosida uy-joy qurilish” axborot tizimi rd.mc.uz;
- “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash” tizimi sert.mc.uz
- “Mening uyim” avtomatlashtirilgan billing axborot tizimi meninguyim.mjko.uz
- “Mening hududim” elektron axborot tizimi mening-hududim.mc.uz
- “Issiqlik billing tizimi” hotwater.kommunal.uz
- Qurilish obyektlarining ochiq maʼlumotlar portali open-data.mc.uz
- “Koʻp kvartirali uylarning texnik holati” turarjoy.kommunal.uz
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Respublika markazi tomonidan soʻnggi amalga oshirilgan yangiliklardan biri — “Qurilishda davlat nazorati” nazorat.mc.uz axborot tizimida har bir obyekt uchun QR kodli pasport joriy etilishi boʻldi.
Respublika markazi tomonidan qurilish sohasida shaffoflikni taʼminlash maqsadida qurilish sohasida “Reyting” va “Tender” elektron platformalari joriy qilingan boʻlib, 2024-yilda ushbu tizimlar yanada takomillashtirildi.
Tizim jamoatchilik uchun ochiq va har kimga oʻzaro hisobdorlikni taʼminlaydi. Bu oʻz navbatida tender jarayonlaridagi shaffoflikni oshirib, qurilish sohasidagi halol raqobat muhitini yaratdi.
Bundan tashqari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizmida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi barcha 16 ta davlat xizmatlari raqamlashtirilishi natijasida aholi va biznes egalariga uydan chiqmagan holda xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, xizmat koʻrsatishda qogʻozbozlik va ovoragarchilikka chek qoʻyildi.
Bu qurilish sohasidagi yangi innovatsion tizim boʻlib, u qurilish loyihalari boʻyicha moliyaviy xavfsizlikni taʼminlash va ehtimoliy xatolarning oldini olishga yoʻnaltirilgan. Bu tizim orqali qoʻp kvartirali uylar qurilishi jarayonini monitoring qilish, xarajatlarni va toʻlovlarni toʻgʻri va tartibga solish imkonini beradi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Standartlar asosida yangi qurilish resurslarini shakllantirish, ularni guruh va bo‘limlarga tasniflagan holda har birining alohida identifikatsiya kodlanishi va nomlanishini nazarda tutuvchi narxlar elektron platformasini yaratish amalga oshirildi.
Hozirgi kunga qadar Respublika bo‘yicha 1 000 dan ortiq qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchi tadbirkorlarning 35 000 dan ortiq mahsulotlari joylashtirilgan.
Tizimning asosiy maqsadlari:
- qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari uchun yagona oldi-sotdi platformasi va MDH davlatlari o‘rtasida eksport-import faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkonini yaratish;
- qurilish materiallarining ekologik toza pozitsiyasidagi, sifat ustunligi ta’minlanadigan “ECO” markirovkali sertifikatga ega qurilish materiallari bazasini platformada aks ettirish, ichki bozorda ekologik marketingni yo‘lga qo‘yishga, brendga bo‘lgan talab va sodiqlikni oshirish;
- platformada aks etadigan O‘zbekiston Respublikasi elektron xaritasiga asosan temir yo‘llar va stansiyalar, avtomobil yo‘llari hamda hududlar kesimida karerlar va chiqindi to‘plash joylari bo‘yicha ma’lumotlarni (joylashuv o‘rni belgilangan holda) ishlab chiqib unda aks ettirishni nazarda tutadi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM