QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
22.2K photos
3.89K videos
289 files
9.18K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
📹#ONLAYN
#MATBUOT_ANJUMANI

Ayni daqiqalarda AOKAda "Qish mavsumini betalofat oʻtkazish, kommunal xizmatlar faoliyatini yaxshilash boʻyicha qilinayotgan ishlar" mavzusida  matbuot anjumani boshlandi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas'ullari ishtirok etmoqda.


Tadbirda jamoatchilik va OAV vakillarining sohada o'zlarini qiziqtirayotgan savollariga soha ekspertlaridan javob olishlari maqsad qilingan.

Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola
👇

https://www.facebook.com/share/v/1EkxtuWDeP/?mibextid=OTybqR

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN
#MATBUOT_ANJUMANI

Matbuot anjumanini vazirlik boshqarma boshlig’i Obidjon Mo’minov ko’p qavatli uylarni saqlash, ekspluatatsiya qilish va ushbu munosabatlarni takomillashtirish yo’nalishida amalga oshirilgan ishlarga qaratilgan hisobot taqdim etdi.

-Ko‘p kvartirali uylarni joriy va mukammal ta’mirlash, lift uskunalarini yangilash va ularga xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda bugungi zamon talablari doirasida sohani raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida Qurilish va uy-kommunal xo‘jaligi vazirligi o‘zining aniq vazifalari va funksiyalarini belgilab olgan. Bu borada ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida doimiy ravishda uylarning holati o‘rganilib, monitoringi yuritilib borilmoqda.

Bugungi kunda respublikada 1,4 mln dan ortiq xonadondan iborat 42 072 ta ko‘p kvartirali uylar mavjud.
Mazkur ko‘p kvartirali uylarning:
- 38 689 tasiga 821 ta boshqaruv tashkilotlari tomonidan;
- 849 tasiga 157 ta shirkatlar tomonidan;
- 676 tasi bevosita mulkdorlar tomonidan;
- 1 405 tasiga idora va tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq joriy yilda 5 409 ta ko‘p kvartirali uylar ta’mirlandi. Buning uchun boshqaruv tashkilotlarining 132 mlrd so‘m mablag‘lari jalb qilindi.

Tasdiqlangan Dasturdan tashqari qo‘shimcha ravishda
59,8 mlrd so‘m (40,1 mlrd so‘m boshqaruv tashkilotlari mablag‘lari, 12 mlrd so‘m mahalliy budjet va 7,7 mlrd so‘m homiylar) mablag‘lari hisobidan 4 440 ta ko‘p kvartirali uylarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola
👇

https://www.facebook.com/share/v/1EkxtuWDeP/?mibextid=OTybqR

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN
#MATBUOT_ANJUMANI

Tadbirda ta’kidlanganidek, 2024-2025-yillarda ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlashda uylarning elektr tarmog‘i obyektlarini ta’mirlashga ham alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, hududiy hokimliklar, “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonalari bilan hamkorlikda respublikadagi 39 334 ta uylarning 374 mingdan ortiq elektr xo‘jalik obektlarini xatlovdan o‘tkazib “qizil” “sariq” “yashil” toifalarga ajratildi va 95 mingdan ortiq kirish yo‘laklaridagi “qizil” toifadagi 108 mingdan ortiq shitlar mukammal ta’mirlandi.

Sohani raqamlashtirish borasida ham qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, “Mening uyim” billing tizimi joriy qilingan bo‘lib, respublikadagi ko‘p kvartirali uylar xonadonlarining majburiy badal hisoblari yuritilmoqda.
Shuningdek, ushbu tizim orqali, Boshqarish organlari hamda mulkdorlar ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarda qurilayotgan noqonuniy qurilmalar to‘g‘risida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasini xabardor qilish, mazkur xabar holati va natijasini kuzatib borish, billing tizimining mobil ilovasi hamda veb-sayt versiyalari orqali “Yagona mijoz” tamoyili asosida barcha kommunal to‘lovlar balansini ko‘rish hamda to‘lovlarni amalga oshirish, boshqarish organlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, majburiy badal to‘lovlari tarixi, mavjud muammolar bo‘yicha murojaat yuborish, amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobotlarni ko‘rish, boshqarish organlari faoliyatini baholash hamda umumiy yig‘ilishlarni chaqirish imkoniyatlari yaratildi.

Ta’kidlash lozimki, ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqarish organlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi to‘liq onlayn formatga o‘tkazildi.

Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola
👇

https://www.facebook.com/share/v/1EkxtuWDeP/?mibextid=OTybqR

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN
#MATBUOT_ANJUMANI

Tadbirda mamlakatimizda issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, maqsad va vazifalar xususida vazirlik boshqarma boshlig’i Ilhom To’rayeva ma’lumot berdi:

Issiqlik ta’minoti sohasini yaxshilash maqsadida Davlat dasturi doirasida 2024-yilda 15 ta loyiha doirasida 10 ta qozonxona qurilib, 14 ta qozon o‘rnatildi. Shu bilan birga 64,7 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarinii qurish va montaj qilish ishlari yakunlandi.

Issiqlik ta’minoti tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika soha obyektlari hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2024-2025-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori bilan tegishli parametrlar tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra 2 ta mahalliy qozonxona, 57 ta qozon va 99,4 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarida mukammal hamda 1 ta mahalliy qozonxona, 679 ta qozon va 485,8 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarida joriy ta’mirlash va izolyatsiya qilish ishlari yakunlandi.

Bugungi kunga kelib barcha hududlarida kuz-qish mavsumi boshlangan bo‘lib, bino va inshootlarga issiqlik energiyasi yetkazib berilmoqda.

Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola
👇

https://www.facebook.com/share/v/1EkxtuWDeP/?mibextid=OTybqR

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O'zshaharsozlik LITI DM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi g‘oyalar, yangi loyihalar – yosh mutaxassislar nigohida”

O‘zshaharsozlik LITI’’ davlat muassasasi avvalo, shaharlarni zamonaviy va qulay maskanga aylantirish, aholi uchun yanada yaxshi sharoitlar yaratishni o’z faoliyatida ustivor deb biladi.

Buni muassasaning yosh, kreativ fikrli yoshlarining intilish va tashabbuslarida ham ko’rish mumkin. Xususan tashkilotning 4- ustaxona bosh arxitektori Shahzod Nosirov ham ana shu hayotiy haqiqatlarni chuqur his etadigan salohiyatli yoshlardan. Yuqorida uning bu boradagi reja va maqsadlari bilan tanishishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

🌐 Website | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🔴 Ijtimoiy soha obyektlari oʻrganildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari D.Adilov, Samarqand shahar hokimi F.Umarov hamda sektor rahbarlari va bir guruh mutasaddilar ishtirokida shaharning Qorasuv massivida qad rostlayotgan ijtimoiy soha obyektlarining holati oʻrganildi.

Kuzatilgan muammo va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tegishli tartibda bartaraf etish hamda ularda barcha sharoitlarni yaratish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM