QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.3K subscribers
21.5K photos
3.7K videos
287 files
8.83K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📹#ONLAYN Anjumanda ta’kidlanganidek, bugungi kunda qurilish sohasiga oid 105 ta normativ-texnik hujjatlardan 71 ta shaharsozlik normalari va qoidalari Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o’tkazilib, amalga kiritildi. 32 ta milliy standartlar O’zbekiston…
📹#ONLAYN

🟢 “Qurilishda energiya samaradorlikni oshirishning istiqboldagi vazifalari” mavzusidagi respublika anjumani sohadagi eng dolzarb vazifalar muhokamasiga bag’ishlangan maydon bo’lib xizmat qilmoqda.

Ta’kidlanganidek, mazkur ishlarni tizimli amalga oshirish maqsadida 2024-2026-yillarga mo’ljallangan dastur va yo’l xarita ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.

Bino va inshootlarni energiya auditdan o’tkazish tartibi tog’risidagi nizom ishlab chiqildi hamda yashil mezonlar asosida baholash tartibini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida Hukumat qaror loyihasi tayyorlandi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi “Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti”da bino va inshootlarni energiya audit qilish jarayonida kerak bo’ladigan bino va inshootlarning energiya iste'moli bo’yicha ma’lumotlarni yig’ish, shuningdek, olingan ma’lumotlar va energiya audit natijalarini tahlil qilish asosida bino va inshootlarning energiya samaradorligini monitoring qilishni ko’zda tutuvchi Resurs markazi tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

▶️ Muhimi, Resurs markazida energiya samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan investitsiya loyihalarini natijadorligini, tejashga erishilayotgan energiya miqdorining monitoringini yuritish mumkin. Mazkur anjuman orqali ham hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish ko’zda tutilgan. Unga tashrif buyurgan mehmonlar va OAV xodimlari o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga zarur javoblarni olishyapti.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🔠 Andijon viloyati "Issiqlik manbai" DUK faoliyatiga nazar

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 #Ochiq_muloqot

📣 Qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi va mazkur yo‘nalishda o‘z xizmatlarini taqdim etuvchi tadbirkorlar diqqatiga!

“Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga oid savol va mulohazalaringiz bormi? Unda ayni taklif siz uchun!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨 Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ichimlik suvining isrofgarchiligi bilan bog'liq holatlarni oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari davom etadi.

#ANDIJON

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BSKlar_faoliyatidan

📍 Poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan 47 ta ko'p kvartirali uyga xizmat ko'rsatuvchi "JMM Grin" boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan uylarning tom qismiga quyosh panellari o'rnatish ishlari olib borilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

❗️ Energiya samaradorligi va tejamkorligi uchun tavsiyalarga amal qiling!

Batafsil infografikada
👆

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

📍 Toshkent viloyatidagi 15 mingdan ziyod aholi birinchi marta issiqlik ta’minotiga ulandi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN

Ochiq muloqot 100 nafarga yaqin tadbirkorni bir yerda jamladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan «Qurilish resurslari milliy klassifikatori» elektron platformasi ishga tushirilgan.

Xo‘sh, ushbu platforma qanday maqsadlarni ko‘zda tutadi va uning bugungi kundagi zarurati nimalardan iborat?

🏘 Ayni maqsadda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etdi.

Muloqotda bevosita tadbirkorlarni platformadan foydalanish, o’z faoliyatiga joriy etishda uchrayotgan savollarga yechim berish nazarda tutilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN

“Qurilish resurslari milliy klassifikatori” platformasi avvalo, loyiha-smeta hujjatlarida narxning sun’iy ravishda ko‘tarilishining oldini oladi. Shuningdek, qurilishda xufiyona iqtisodiyotga shart-sharoitlar yaratilishiga va obyektlarda sifatsiz materiallar hamda ishlardan foydalanishga barham beradi. Qurilish resurslarining batafsil tasniflanishi va shu orqali aniq nom hamda kod bilan nomlanishi esa yetkazib beruvchilar orasida sog‘lom raqobat va shaffoflikni ta’minlaydi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, loyihalash va qurilish jarayonini raqamlashtirishda, qurilishga BIM texnologiyalarini joriy etishda, raqamli boshqaruv tizimlaridan foydalashda resurslarni batafsil tasniflash majburiy talab hisoblanadi. Qurilish materiallariga ishlatilgan xomashyo, uning o‘lchamlari, mexanik xossalaridan kelib chiqib narxlarni shakllantirishda yagona yondashuvni ta’minlaydi. Mazkur platforma turli ishlab chiqaruvchilar va ularning mahsulotlarini bir joyda jamlab, bazada birlashtiradi. Keng auditoriyani ochiq axborot bilan ta’minlaydi. Bu esa ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga potensial mijozlarni jalb qilish va bozorda yanada samarali raqobatlashish imkonini yaratadi.

Mutasaddilar platforma kelgusida yanada takomillashtirilishini qayd etdilar. Buning natijasida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari uchun yirik oldi-sotdi platformasi va MDH davlatlari o‘rtasida eksport-import faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoni yaratiladi.

Ta’kidlash o‘rinliki, xalqaro tajriba asosida standartlarga mos bo‘lgan nomlarda qurilish resurslari, ularni guruhlarga va bo‘limlarga tasniflagan holda har biri uchun alohida identifikatsiya kodi va nomlanishini nazarda tutuvchi narxlar elektron katalogi shakllantirildi.

Hozirgi kunga qadar mazkur katalogda 1 000 ga yaqin ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi tadbirkorlarning 35 000 ga yaqin mahsulotlari joylashtirilgan. Ular o‘zlarining elektron raqamli imzolari orqali platformaning shaxsiy kabinetida onlayn rejimda ma’lumotlarni qo‘shish, tahrirlash va boyitish imkoniga ega.

🔗 Qurilish resurslari milliy klassifikatori Soliq qo‘mitasining 190 mingdan ortiq MXIK kodlari bilan uyg‘unlashtirildi. Endilikda shartnoma va hisob fakturalarni shakllantirishda tadbirkorlar va xaridorlar avvalgidek umumiy nomdagi emas, balki aniq ko‘rsatilgan nomdagi tovar va xizmatlarni ko‘rsatishlari mumkin.

Bu esa o‘z navbatida aldanib qolish yoki tushunmovchilik holatlarining oldini oladi. Hurmatli tadbirkorlar, mazkur platforma Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Tovar-xomashyo birjasi, O‘zstandart agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Statistika agentligi bilan hamkorlikda ularning ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan holda tashkil etilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM