Xabar berganimizdek, mamlakatimizda kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prokuratura organlari, hokimlik va daxldor vazirlik mutasaddilaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Bugun vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishchi guruh a’zolarini ko’p qavatli uylar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida poytaxtimizning Mirobod tumani “Afrosiyob” mahallasida faoliyat yurituvchi “Proservis corp” BSK bilan tanishtirdi.
🏢 Bugungi kunda 67 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi kompaniya zarur talablar asosida faoliyat olib borishga bor kuchini safarbar etgan.
Jumladan, kompaniya tomonidan 3 350 kv mewtr tom qismi, 18 ta kirish yo'lagi, 15 dona issiqlik uzellari ta'mirlandi. Shuningdek, 366 p/m issiqlik quvurlari, 120 p/m ichimlik suv quvurlari, 110 p/m oqova suv quvurlari almashtirildi. Kirish yo'laklariga 9 ta zamonaviy eshiklar, 200 ta energotejamkor lampalar o'rnatildi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan 9 ta videokuzatuv kameralar o'rnatilib, 150 ta elektr taqsimlovchi shitlar soz holatga keltirildi.
Mutasaddilar kompaniya binosi, 24/7 dispetcherlik xizmati, mopddiy-texnika bazasi va ishchi-xodimlarning shayligini o'rgandilar. Shuningdek BSK boshqaruvidagi uylarning texnik holati ko'zdan kechirildi.
Boshqaruv tashkilotiga faoliyat samaradorligini oshirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar belgilandi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari raisligida “Energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash chora-tadbirlari” yuzasidan oʻtkazilgan videoselektorda belgilangan asosiy vazifalar ijrosi yuzasidan bugun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari Salom Samadov tomonidan Fargʻona viloyati Margʻilon shahri hokimligida yigʻilish oʻtkazildi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov va boshqa tegishli vazirlik hamda tashkilotlarning masʼullari ham ishtirok etdilar.
Yigʻilishda kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish, aholida norozilik kayfiyati yuzaga kelishining oldini olish, muammoli vaziyatlarni tezkor va odilona hal qilish, osoyishtalikni saqlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Bundan tashqari Bosh prokuror oʻrinbosari rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Fargʻona viloyatidagi oʻrganishlari davomida aniqlangan kamchilik va muammolar muhokama qilindi. Mazkur holatlarni bartaraf etish boʻyicha mutasaddilarga tegishliligi yuzasidan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Masʼullarga mavsumni betalofat oʻtkazish hamda oʻzlariga biriktirilgan vazifalar ijrosini toʻlaqonli taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berildi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON
📌 Pirovard maqsad: Har tomonlama qulay va shinam uy-joylar barpo etish
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg'ona viloyatiga tashrifi doirasida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan bugun vazir o‘rinbosari Toir Alimatov Margʻilon shahri “Ipakchi” va “Qirguli” MFYlar hududidagi bir qavatli maʼnan eskirgan turar joy binolari oʻrniga Renovatsiya dasturi doirasida koʻp qavatli turar joy binolarini qurish ishlarini koʻzdan kechirdi.
Xususan, "Ipakchi" mahallasi hududida ma’nan eskirgan uylar o'rnida ''Safo house'' hamda "Kapital ta'mir" MCHJlar tomonidan qurilayotgan 7 qavatli turar joylar sifati hamda qurilishni tashkil etish jarayoni tahlil qilindi.
🔴 Vazir o‘rinbosari mutasaddilarga quruvchilar uchun munosib sharoit yaratish, ularni maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlash va uch mahal ish tizimini tashkil etish orqali qurilish ishlarini jadallashtirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi. Shu bilan birga qurilish madaniyati va xavsizlik texnikasi qoidalarini unutmaslik lozimligi qat'iy ta'kidlandi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|✈️ Telegram| 📹 Youtube|
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg'ona viloyatiga tashrifi doirasida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan bugun vazir o‘rinbosari Toir Alimatov Margʻilon shahri “Ipakchi” va “Qirguli” MFYlar hududidagi bir qavatli maʼnan eskirgan turar joy binolari oʻrniga Renovatsiya dasturi doirasida koʻp qavatli turar joy binolarini qurish ishlarini koʻzdan kechirdi.
Xususan, "Ipakchi" mahallasi hududida ma’nan eskirgan uylar o'rnida ''Safo house'' hamda "Kapital ta'mir" MCHJlar tomonidan qurilayotgan 7 qavatli turar joylar sifati hamda qurilishni tashkil etish jarayoni tahlil qilindi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM