QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
23.7K photos
4.21K videos
293 files
9.78K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
#SAYYOR_QABUL

📍 Poytaxtimizning Sergeli tumani "Soʻgʻdiyona" MFY binosida Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bosh muhandis Jasur Rahimov boshchiligida sayyor qabul tashkil etildi. Unda Sergeli tumani hokimligi va Toshkent shahar Kadastrlar palatasi tuman boʻlimi mutaxassislari ham ishtirok etishdi.

Qabul davomida hududda istiqomat qiluvchi 20 ga yaqin aholi vakillari sohaga doir muammolarini bildirishdi.

🔺 Jarayonda loyihani taqdim qilishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar hamda hududlarda amalga oshirilayotgan qurilishlar bo'yicha murojaatlar tinglandi. Ushbu masalalar yuzasidan fuqarolarga soha mutaxassislari tomonidan huquqiy tushunchalar berilib, ayrimlari tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi. Albatta har bir murojaat nazoratsiz qolmasligi ta‘kidlandi.

Xususan, aholi vakillarining kadastr, yoʻl, obodonlashtirish va chiqindilar bilan bog'liq muammolariga tegishli tashkilot vakillari tomonidan kerakli maslahatlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Reyd

⚠️ Investitsiya dasturi doirasida qurilayotgan ijtimoiy soha obyektlarida qurilish ishlarining borishi o‘rganildi

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Umar Mirzayev Urgut tumanida bo‘lib, tegishli mas‘ullar ishtirokida hududda bunyod etilayotgan ijtimoiy soha obyektlari, xususan, umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Asosan olib borilayotgan ishlarning sifatiga e’tibor qaratilib, qurilishni belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Reyd

🚨 Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari davom etadi.

Jumladan, Denov tumani Sharof Rashidov ko'chasi hududida pudratchi "Imozay"XK tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar joyda monitoring o'tkazilganda binoning 9-qavati devorlarida g'isht terish ishlari sifatsiz bajarilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari aynan shu hududda yana bir pudratchi tashkilot "Ibrohim buildings A house" MChJ tomonidan qurilayotgan obyekt ham ko'zdan kechirilganda binoning 9-qavatida bajarilgan g'isht terish ishlarida SG-qurilish setkalaridan foydalanilmagani hamda binoning 7-qavatida gazoblok terish ishlarida loyihaga amal qilinmagani ma'lum bo'ldi.

🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan qurilish ishlarini bu tartibda nazoratsiz qoldirgan texnik hamda ichki nazoratchilarga qonuniy choralar ko'rildi hamda loyiha talablari asosida bajarilmagan ishlar joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi va qurilish ishlari to'xtatildi.

#SURXONDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😄 #OAV_NIGOHIDA

🌳 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi tomonidan ilgari surilgan “Bir bolaga bir daraxt” ezgu tashabbusi amalda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Kuz_qish

🌧❄️ Hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg’in davom etmoqda.

Xususan, viloyatimizda faoliyat olib borayotgan boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Nurobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Nur sifat kommunal xizmati” BSK tomonidan Amir Temur mahallasidagi 37-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismi ta‘mirlandi.

Shuningdek, Kattaqo‘rg’on shahrida faoliyat yurituvchi “Miyonqul smart” boshqaruv kompaniyasi - MCHJ tomonidan Bobur ko‘chasidagi 2-sonli ko‘p qavatli uyning kirish yo‘laklari ta'mirlanib, yo'laklarga beton qoplamasi yotqizildi.

Bundan tashqari Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “Maftunkor kimyogar” BSK tomonidan Narpay ko‘chasidagi 15-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismida ta'mirlash ishlari olib borildi.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM