QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
22.3K photos
3.91K videos
289 files
9.21K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📹#ONLAYN 🏘 Avval xabar berilganidek, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi shu kunlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi. Maqsad hududlarda barpo etilayotgan ijtimoiy soha obyektlarini…
📹#ONLAYN

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatovning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi o'rganishlari davom etmoqda.

Bugun Ishchi guruhi Xo'jayli tumani "Madaniyat" MFYdagi 420 o'rinli 41-maktabni rekonstruksiya qilish obyektini o’rgandi. Binoda issiqlik izolyatsiyasi ishlari noto'g'ri qilingan, pardozlash ishlarida deraza oynalari inobatga olinmagan va ishlar betartib bajarilgan.

🗺 Keyingi manzil Amudaryo tumani bo'ldi. Xususan, hududdagi 31-sonli 330 o'rinli maktab ko'zdan kechirildi. Binoning pol va sanuzel qismlarida kamchiliklar bor. Bu bo’yicha mutasaddilarga ko’rsatma taqdim etildi. Obyektni 1-noyabrda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Shu bois barcha ishlarni sifatli tarzda o’z muddatida yakunlash yuzasidan topshiriq berildi.

Vazir o'rinbosari tomonidan mazkur tumandagi 300 o'ringa mo'ljallangan 46-sonli maktabdagi bir qator kamchiliklar ham tanqid qilindi. Jumladan, obyektga quyosh panellarini o'rnatishni to'liq yakunlash, hudud atrofini o'rash kabi ishlarni 1-noyabrga qadar nihoyalab, ushbu maktabni ham o'z egalariga talab darajasida topshirish vazifasi belgilandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌧❄️ #Kuz_qish

🗺 Respublikaning barcha hududlarida ko’p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu borada uyning eng muammoli qismlarini joriy ta’mirlash, xususan, tomni maxsus qoplamalar bilan qoplash, kirish yo’laklarini ta’mirlash, undagi energotejamkorlikni saqlash choralarini ko’rish, tutash hududlarni obodonlashtirish kabilar shular jumlasidandir.

Xususan, Chilonzor tumani “Mehrjon” mahallasida joylashgan 26 ta ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi “Grant great silk” BSK tomonidan ko’p qavatli uylarning tom qismida joriy ta’mirlash ishlar olib borilmoqda. Ta’kidlash lozimki, bunday ishlar aholi qulayligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_yechim

🔵 Haftaning har seshanba va chorshanba kunlarida Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida fuqarolar qabulini tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan. Navbatdagi fuqarolar qabulida 30 dan ziyod murojaatlar tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. Muloqotlarda xususiylashtirish, qurilish yuzasidan o‘zaro nizolar, loyihani kelishish kabi masalalar bo’yicha huquqiy tushunchalar berildi hamda boshqa masalalar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Xususan, boshqarmada rahbariyat qabuli ham tashkil etilib, unda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bosh muhandis Jasur Rahimov, soha mutaxassislari va fuqarolar ishtirok etishdi. Qabulda Mirobod, Yangihayot, Olmazor va Bektemir tumanlaridan maslahat so‘rab kelgan fuqarolarning masalalari tinglandi va huquqiy tushunchalar berilib, amaliy jihatdan yordam ko’rsatildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM