Unda vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva so’zga chiqib, uy-joy kommunal xizmatlar ko’rsatish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, boshqaruv servis kompaniyalari hamda hozirda tajriba tariqasida yo’lga qo’yilayotgan mahalla servis kompaniyasi faoliyati maqsadlari xususida to’xtaldi:
“2022-2024-yillarda boshqaruv servis kompaniyalari bozorining shakllanishi ortidan 12 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilib, mamlakamiz iqtisodiyoti uchun salkam 400 mlrd so‘mlik yalpi ichki mahsulot yaratildi.
Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sohasiga tatbiq etilgan mazkur islohotlar bugungi kunda o‘zini to‘liq oqladi. Va aynan shuning uchun ham endilikda ushbu samarali tizimni yakka tartibdagi uy-joylarga ham joriy etishishlariga e’tibor qaratildi.
Bu borada davlatimiz rahbarining “Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturulamal bo‘ldi.
Yurtdoshlarimizga qulaylik yaratishda eng chekka hududlarimizni ham qamrab olish tashabbusi bilan endilikda hovli joylar va mahallalar obodligini ta’minlash, ularni saqlash va obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida, mahalla servis kompaniyalari faoliyat boshladi.
Ya’ni mahallalarda, eksperiment tariqasida xususiy sektor ishtirokida mahalla obodligini ta’minlash bo‘yicha tubdan yangi tizim joriy etilib, respublikadagi 208 ta mahallalarda mahalla servis kompaniyasi tashkil qilindi.
Shu bois bunday joylarda mahalla servis kompaniyasi tashkil qilish orqali mahallalarni obodonlashtirish, ko‘chalar va ariqlar tozaligini ta’minlash, ko‘chatlar ekib, parvarishlash, kommunal tarmoqlarni ta’mirlash, chiqindilarni saralash va tashish xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. Birgina bular emas, aholi va kommunal xizmat tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yilib, mahalla servis kompaniyalari tomonidan hovli turar-joylarida istiqomat qiluvchi aholiga ko‘plab servis xizmatlari ham ko‘rsatiladi. Uy ta’mirlashdan tortib, gilam yuvish, bolalarga enagalik qilish, yetkazib berish xizmati, maishiy xo‘jalik ishlarini tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash kabilar shular jumlasidandir. Yoki xonadonini ta’mirlash uchun boshqa bir joydan quruvchi mutaxassislarni izlamay, o‘z mahallasidagi servis kompaniyasi xizmatidan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Eng muhimi, olis hududlardagi aholida ham kommunal madaniyat va o‘z mulkiga nisbatan daxldorlik hissi shakllantiriladi. Shuningdek, bunda ushbu mahallada yashovchilarning ish
bilan bandligi ham ta’minlanadi”, - dedi Ozoda Jo’rayeva o’z nutqida.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
🔴 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “2023-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi markaziy qozonxonani rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha qiymati qariyb 66 mlrd so‘mni tashkil etadi. Unga asosan quvvati 110 MVt bo‘lgan qozonxonada 5 ta isitish qozonlarini o‘rnatish hamda qozonxona binosini barpo etish rejalashtirilgan.
#NAVOIY
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|✅ Telegram| 📹 Youtube|
Loyiha qiymati qariyb 66 mlrd so‘mni tashkil etadi. Unga asosan quvvati 110 MVt bo‘lgan qozonxonada 5 ta isitish qozonlarini o‘rnatish hamda qozonxona binosini barpo etish rejalashtirilgan.
#NAVOIY
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM
🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi tomonidan “Issiqlik taʼminoti billing tizimi” ishga tushirildi.
🫥 Mazkur tizim issiqlik energiyasini yetkazib berish va uning sarfini elektron nazorat qilishni nazarda tutadi.
Unda issiqlik taʼminotiga ulangan isteʼmolchilar elektron bazasi shakllantirilgan boʻlib, ushbu maʼlumotlar notarial idoralar, kadastr, Ichki ishlar, davlat xizmatlari, toʻlov tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilingan. Bu esa tizim funksionalligini taʼminlashga xizmat qiladi.
✔️ Shuningdek, toʻlov tizimlari orqali uyingizdan turib, issiqlik taʼminoti uchun onlayn toʻlov qilishingiz mumkin.
Bugungi kunga kelib tizimdan respublika boʻylab 22 ta issiqlik taʼminoti tashkiloti hamda 191 404 nafar isteʼmolchi foydalanib kelmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|✅ Telegram| 📹 Youtube|
Unda issiqlik taʼminotiga ulangan isteʼmolchilar elektron bazasi shakllantirilgan boʻlib, ushbu maʼlumotlar notarial idoralar, kadastr, Ichki ishlar, davlat xizmatlari, toʻlov tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilingan. Bu esa tizim funksionalligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Bugungi kunga kelib tizimdan respublika boʻylab 22 ta issiqlik taʼminoti tashkiloti hamda 191 404 nafar isteʼmolchi foydalanib kelmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
📌 MDHning qurilish sohasi bo‘yicha 45-hukumatlararo kengashi Yekaterinburgda o‘tkazildi
Joriy yilning 1-4-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida “Jahon qurilish haftaligi 2024” hamda MDHga a’zo davlatlarning qurilish sohasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo kengashi yig’ilishi bo'lib o'tmoqda.
Unda Vazirlik huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti hamda Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi rahbariyati ishtirok etmoqda.
Kuni kecha bo’lib o’tgan hukumatlararo kengashda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- 2021-2025-yillarda MDH davlatlari tomonidan tasdiqlangan strategiyalariga muvofiq amalga oshirilgan ishlari tahlili;
- 2026-2030-yillarda qurilish sohasida yangi texnologiyalarni joriy qilish, texnik me’yorlash tizmini takomillashtirish hamda qurilishda seysmik xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasi loyihasi;
- qurilish sohasida narxlarni shakllantirish.
Shuningdek, ushbu kengashda institut direktori Sh.Sodiqov "Yevrokodlarni har bir davlatning milliy manfaatlarni hisobga olgan holda implementatsiya qilish: ahamiyati va to‘siqlari" mavzusida ma'ruza qildi.