QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
24.2K photos
4.3K videos
293 files
9.95K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
76 lite.pdf
828.9 KB
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣ йил 1️⃣0️⃣-сентябрь кунги 7️⃣6️⃣-сони мутолаа учун ҳавола қилинди.

Ушбу сонда:
БМТ вакиллари иштирокида йиғилиш
МАТОНАТ, ЖАСОРАТ ВА ВАТАНПАРВАРЛИК НАМУНАСИ
ЯХШИ ТАДБИРКОР ЖОЙ ТАНЛАМАЙДИ
Бунёдкорлик билан тараққиёт сари

каби
мақолалар ва янгиликлар билан танишасиз.

Газетада берилаётган материаллар билан TELEGRAM  канали ва RASMIY SAYT орқали танишиб боришингиз мумкин.

TELEGRAM 
| INSTAGRAM | RASMIY SAYT | YOUTUBE | FACEBOOK
#Reyd

🚨 Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Sergeli tumani "Xonobod" ko'chasi hududida buyurtmachi "Ibratli inson" MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar joyda monitoring ishlari o'tkazildi.

Natijada
"QURILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI” qoidalariga rioya qilinmaganligi, shu bilan bir qatorda obyektda yuk avtomobillari uchun vaqtinchalik yuvish qurilmalari o'rnatilmagani hamda hudud qurilish chiqindilaridan tozalanmagani aniqlandi.

🔴 Qoidabuzarliklar yuzasidan buyutmachiga bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi va qurilish-montaj ishlari nazoratga olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Жорий йилда 528 та лифт ускунасини янгилаш учун 187 млрд сўм ажратилди (+видео)

📽 https://youtu.be/h-Y1x_7sP6E

Батафсил: https://uza.uz/posts/633639

Тelegram  | Facebook | Instagram | YouTubе
#Hududlardan_xabarlar
#Kuz_qish

🌧❄️ Navoiy shahridagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan "NAVOIY CITY" BSK tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Ko‘p qavatli uylardagi eski deraza romlarini yangisiga almashtirish, kirish eshiklariga qulf o‘rnatish, devorlarni oqlash, BSK hududini xazon barglaridan, qurigan shox-shabbalardan tozalash, yerlarni yumshatib, daraxtlarni parvarishlash kabi ishlar aholiga munosib yashash sharoitlarini yaratib berish maqsadida doimiy olib borilyapti.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

📌 Xabar berganimizdek, kuni kecha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligining navbatdagi “Ko'p kvartirali uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusidagi matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbir o’tkazilishi bo’yicha
e’lon joriy yilning 8-avgust kuni vazirlikning rasmiy kanallarida berilgan bo’lib, unda barcha OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik faollari taklif qilingan.

😄 Qalampir.uz nashriga ko’ra matbuot anjumaniga nashr muxbiri kiritilmagan.

Ta’kidlash lozimki, AOKA bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu anjumanda ishtirok etish uchun jurnalistlar ro’yxati vazirlik tomonidan shakllantirilmagan. Binoga jurnalistlarni kiritish yoxud kiritmaslik ham vazirlik vakolatidagi vazifa emas.

Videolavhada muxbirning tadbirda jurnalistlar soni kam ekanligi ta’kidlangan. Ammo anjumanda 10 dan ziyod OAV vakillari ishtirok etib, ularning aksariyati o’zlarining savollariga mas’ullardan javob olishga muvaffaq bo’ldilar.

Ta’kidlash kerakki, matbuot anjumani tanqidiy masalalar tahlili va qizg’in muhokamalarga boy tarzda o’tdi. Shu bois vazirlik “achchiq savollardan qo’rqdimi”, - deya ta’kidlangan fikrni asossiz deb hisoblaymiz. Vazirlik mas’ullari hamisha jurnalistlar, blogerlar hamda keng jamoatchilik uchun ochiq bo’lishga intiladi va o’zaro hamkorlikni yuksak qadrlaydi.

🔴 Yana bir bor eslatib o’tamiz, vazirlik jurnalistlar bilan muloqotga doimo tayyor! Har qanday savol va takliflaringiz bilan bizga murojaat qilishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🚨 Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Buvayda tumani "Yangiqo'rg'on" MFY hududida buyurtmachi "Egamberdi baraka fayz" XK tomonidan qurilayotgan 3 qavatli savdo majmuasida navbatdagi monitoring ishlari o'tkazildi.

Jarayonda buyurtmachining texnik nazoratchisi obyektda nazorat ishlarini amalga oshirmaganligi oqibatida binoning 2-qavat  “D-E” va “4-7” o‘qlar oralig‘ida qavatlar aro quyma temir-beton zinasi loyiha asosida bajarilmaganligi aniqlandi.

🔴 Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan qurilishning mas'ullariga “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi va loyiha talablari asosida bajarilmagan binoning 2-qavat quyma temir-beton zinasi joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM