Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O‘zsuvta'minot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON
📍 Vazirlik mutaxassislari Turkiyada stajirovka oʻtamoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Turkiya Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisi hamkorligida tegishli vazirlik hamda idoralarning mutaxassislari uchun stajirovka Dasturi boʻlib oʻtmoqda.
Agentlik, Vazirlar Mahkamasi va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etayotgan ushbu tadbir Turkiyaning inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda joriy qilingan raqamli dasturlari hamda innovatsion yechimlari bilan tanishish, sohada oʻzaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan.
🏘 Ishtirokchilar orasida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi Kamoliddin Xolmatov va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Gulbahor Mirzayevalar ham bor. Seminar davomida inson resurslarini boshqarishning zamonaviy usullari va raqamli yechimlar boʻyicha tajriba almashish, ishga kirgan yangi xodimlarni davlat xizmatiga moslashtirish usullari, Turkiyadagi vazirlik va idoralar Inson resurslarini boshqarish departamentlari faoliyati bilan yaqindan tanishish koʻzda tutilgan.
Maʼlumot uchun, mazkur seminar 1-7-sentabr kunlari Anqara shahrida boʻlib oʻtadi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|✅ Telegram| 📹 Youtube|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Turkiya Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisi hamkorligida tegishli vazirlik hamda idoralarning mutaxassislari uchun stajirovka Dasturi boʻlib oʻtmoqda.
Agentlik, Vazirlar Mahkamasi va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etayotgan ushbu tadbir Turkiyaning inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda joriy qilingan raqamli dasturlari hamda innovatsion yechimlari bilan tanishish, sohada oʻzaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan.
Maʼlumot uchun, mazkur seminar 1-7-sentabr kunlari Anqara shahrida boʻlib oʻtadi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
🏢 Ta'lim muassasalarini ta'mirlash va qurilish ishlari
Surxondaryo viloyati ta'lim sohasida joriy yilda katta ishlar amalga oshirildi. Viloyatda jami 961 ta maktab va 463 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Yil davomida investitsiya dasturi asosida 7 ta maktabda mukammal ta'mirlash, 48 ta maktabda kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari 3 ta yangi maktabning qurilishi davom etmoqda.
Maktabgacha ta'lim sohasida ham sezilarli yangiliklar bor: 11 ta yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilishi hamda 13 tasida kapital rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
📌 2024-yilning 1-mavsum "Tashabbusli budjet" loyihasi asosida 41 ta maktabda qariyb 40 milliard so‘m evaziga qurilish va ta'mirlash ishlari bajarildi. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mahalliy budjetdan 6 milliard 517 million so‘m ajratilib, viloyatdagi 862 ta maktab yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor holatga keltirildi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|✅ Telegram| 📹 Youtube|
🏢 Ta'lim muassasalarini ta'mirlash va qurilish ishlari
Surxondaryo viloyati ta'lim sohasida joriy yilda katta ishlar amalga oshirildi. Viloyatda jami 961 ta maktab va 463 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Yil davomida investitsiya dasturi asosida 7 ta maktabda mukammal ta'mirlash, 48 ta maktabda kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari 3 ta yangi maktabning qurilishi davom etmoqda.
Maktabgacha ta'lim sohasida ham sezilarli yangiliklar bor: 11 ta yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilishi hamda 13 tasida kapital rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika
📊 Yurtimizning qaysi hududida qurilish korxonalari koʻproq faoliyat yuritmoqda?
🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra 2024-yilning 1-avgust holatiga respublikamizda qurilish sohasida jami 30 331 ta korxonalar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
✅ Ularning hududlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha:
Toshkent shahri – 6 832 ta;
Fargʻona viloyati – 2 412 ta;
Toshkent viloyati – 2 411 ta;
Buxoro viloyati – 2 372 ta;
Samarqand viloyati – 2 215 ta;
Qashqadaryo viloyati – 2 108 ta;
Surxondaryo viloyati – 2 049 ta;
Andijon viloyati – 1 857 ta;
Qoraqalpogʻiston Resp. – 1 702 ta;
Xorazm viloyati – 1 575 ta;
Namangan viloyati – 1 455 ta;
Jizzax viloyati – 1 318 ta;
Navoiy viloyati – 1 204 ta;
Sirdaryo viloyati – 821 ta.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|✅ Telegram| 📹 Youtube|
🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra 2024-yilning 1-avgust holatiga respublikamizda qurilish sohasida jami 30 331 ta korxonalar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Toshkent shahri – 6 832 ta;
Fargʻona viloyati – 2 412 ta;
Toshkent viloyati – 2 411 ta;
Buxoro viloyati – 2 372 ta;
Samarqand viloyati – 2 215 ta;
Qashqadaryo viloyati – 2 108 ta;
Surxondaryo viloyati – 2 049 ta;
Andijon viloyati – 1 857 ta;
Qoraqalpogʻiston Resp. – 1 702 ta;
Xorazm viloyati – 1 575 ta;
Namangan viloyati – 1 455 ta;
Jizzax viloyati – 1 318 ta;
Navoiy viloyati – 1 204 ta;
Sirdaryo viloyati – 821 ta.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT
Samarqandda ko‘p qavatli uyning pentxaus qismida o‘zboshimchalik bilan “basseyn” qurilganligi aniqlandi.
Aholi murojaatiga asosan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Samarqand shahri "Sug’diyona" mahallasidagi 67-A sonli ko‘p qavatli uyning 10-qavat pentxaus qismida o‘zboshimchalik bilan “basseyn” qurilganligi aniqlandi.
Ushbu qurilma ko‘p qavatli uyning loyihasida nazarda tutilmagan bo'lib, seysmik hodisa vaqtida binoning tebranishini kuchaytirib, uyning mustahkamligiga zarar yetkazishi mumkin.
Inspeksiya xodimlari tomonidan mulkdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 159-moddasiga asosan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi va noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan majburiy ko‘rsatmalar berildi.
Berilgan vaqt ichida mulkdor holatni oʻz ixtiyori bilan bartaraf qilib, oldingi holatiga qaytarmasa, unga nisbatan tegishli tartibda bartaraf etish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga davo arizasi kiritilishi tushuntirildi.

#Murojaat_va_yechim
🌧 ❄️ Mamlakatimiz hududlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ayniqsa, sovuq kunlar boshlangunga qadar qurilish ishlarini yakuniga yetkazish dolzarb masala sanaladi. Bu jarayonda fuqarolar va tashkilotlarda muammo hamda tushunmovchiliklarga duch kelish holatlari ham kuzatilmoqda.
Ana shunday sohaga oid masalalarni bartaraf etish maqsadida bugun Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Unda tuman qurilish bo‘limlarining mutaxassislari tomonidan jami 30 nafardan ziyod fuqaroning murojaati o‘rganildi.
Qabul asosan ruxsatnomalar berish tartibi, yakka tartibdagi uy-joylarni qurishga qo‘yiladigan talablar, loyihani kelishishda amalga oshiriladigan ishlar, shuningdek, amaldagi shaharsozlik norma va qoidalariga (SHNQ) kiritilgan o‘zgarishlar kabi murojaatlardan iborat bo‘ldi.
Fuqarolarning savollari tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, ularga joyida huquqiy tushunchalar berildi, ba'zi murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.