QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
21.6K photos
3.75K videos
287 files
8.9K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#Kuz_qish

📍 Boshqaruv servis kompaniyalarida ish qizg’in

Ko‘p kvartirali turar-joy fondini 2024-2025-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan Navoiy viloyatida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Birgina "Humo-zilola barhayot" boshqaruv servis kompaniyasi misolida ko’rib chiqadigan bo’lsak, sohadagi tub o’zgarishlar haqiqatan xalq manfaati uchun xizmat qilayotgani oydinlashadi.

Boshqaruv kompaniyasi tomonidan
Navoiy shahridagi  81 uyning kirish yo‘laklari taʼmirlanib, zamonaviy damofon eshiklar o‘rnatildi;

12 ta uyning tom qismi joriy taʼmirlandi;

75 dona energo tejamkor harakat datchiklari o‘rnatildi;

21 ta ko‘p qavatli uylarga zamonaviy akfa romlari o‘rnatildi;

kirish yo‘laklariga 70 ta zamonaviy o‘rindiqlar qo‘yildi;

12 ta ko‘p qavatli uyning  yerto‘la qismi mukammal taʼmirlanib, temir quruvlar poletelin quvurlarga almashtirildi;

20 ta ko‘p qavatli uyning elevatorlari yangisiga almashtirildi.

Muhim tomoni, mazkur ishlar jadallik bilan davom ettirilib, ko’p qavatli uylarning holati tubdan yaxshilanmoqda. Mazkur ishlardan aholi ham minnatdor, zero, obod, fayzli va har tomonlama xavfsiz sharoitlarda umrguzaronlik qilishning o’zgacha sururi bor.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🏠 "Yangi Toshkent" qurilishi jadallik bilan davom etmoqda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 19 август, душанба куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинглар:

😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Маймунчечакка қарши олиб борилаётган чора тадбирлар
⚫️Вақти: 10:00
⚫️Иштирок этади: Рустамжон Икрамов, Санэпидқўмита бошқарма бошлиғи
😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: 2024–2025-ўқув йили учун олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синовлари бўйича танлов натижалари
⚫️Вақти: 12:00
⚫️Иштирок этади: Зоҳид Шакаров, Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги директори маслаҳатчиси
😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Аграр соҳани лизинг асосида қишлоқ хўжалиги техникалари билан таъминлаш борасида амалга оширилаётган ишлар
⚫️Вақти: 14:00
⚫️Иштирок этади: Шоҳжахон Ҳасанов, "Ўзагролизинг" АЖ Бош юрист консульти
😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Қурилишда стандартлаштириш соҳасидаги янги истиқболлар
⚫️Вақти: 15:00
⚫️Иштирок этади: Жамшид Мирсаидов, Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ҳузуридаги илмий тадқиқот институти директори ўринбосари
😉😉😉😉😉

Telegram
| Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🌧❄️Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Қорақалпоғистон Республикасига ташриф буюради.

Сафар давомида саноат корхоналари, IT ва ижтимоий соҳа объектларини кўздан кечириш, маҳаллаларда аҳоли ҳаёти билан танишиш режалаштирилган. Янги мажмуалар ишга туширилиб, навбатдаги лойиҳалар бошланади.

20 август куни Нукус шаҳрида Ўзбекистон Президентининг тадбиркорлар билан мулоқоти бўлиб ўтади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Республику Каракалпакстан.

В ходе поездки планируется посещение промышленных предприятий, объектов IT и социальной сферы, ознакомление с жизнью махаллей. Будут введены в строй новые комплексы и запущены очередные проекты.

20 августа в Нукусе состоится диалог Президента Узбекистана с предпринимателями.

Facebook|Instagram|X
Президент Шавкат Мирзиёевга Қорақалпоғистонда амалга оширилиши режалаштирилган инвестиция лойиҳалари тақдимот қилинди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлены инвестиционные проекты, запланированные к реализации в Каракалпакстане.

#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #investitsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#BRIFING

📣 DIQQAT! DIQQAT!

📹  Ayni daqiqalarda AOKAda "Qurilishda standartlashtirish sohasidagi yangi istiqbollar" mavzusida brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi ilmiy tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Jamshid Mirsaidov ishtirok etmoqda.

🟢 Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️https://www.facebook.com/share/v/FRqcYhZnhfxTSq7P/?mibextid=oFDknk

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING 📣 DIQQAT! DIQQAT! 📹  Ayni daqiqalarda AOKAda "Qurilishda standartlashtirish sohasidagi yangi istiqbollar" mavzusida brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi ilmiy tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari…
#BRIFING

🔴 Qurilishda standartlashtirish sohasidagi yangi istiqbollar

   Barchangizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son Farmoniga asosan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi va hozirgacha bir qator yoʻnalishlarda institut tomonidan samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

   Xususan, standartlashtirish sohasini rivojlantirishda:
   I. Yevropa Ittifoqidagi qurilish inshootlarini konstruktiv loyihalash boʻyicha Yevropa Kengashining Yevrokodlarini amaliyotga joriy etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Yevrokodlar Oʻzbekistonda qurilish industriyasi raqobatbardoshligi va eksportbopligini oshirish, mahalliy va xalqaro investorlarni keng jalb qilish hamda ularning faoliyatiga toʻsiq boʻluvchi omillarni bartaraf etish, shuningdek, Jahon savdo tashkiloti (JST)ga aʼzo boʻlish boʻyicha davlat siyosati va mamlakat manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yevrokodlarda keltirilgan standartlar birlamchi talablar hisoblanadi! Shu bois Yevrokodlar sinov laboratoriyalari, standartlashtirish tizimlari va uslublari, qurilish materiallari sanoati, sifat menejmenti, kadrlar salohiyati va boshqa zarur infratuzilma bilan integrallashgan holda rivojlantirib boriladi.
Bunda Yevrokodlarni hamda unda keltirilgan standartlarni Respublikamizda qabul qilish orqali qurilish materiallari va buyumlari uchun Yevropa sertifikatlarini olish xarajatlari qisqaradi, Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga javob beruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish
va ularning bozorlarga erkin kirib borishiga imkon yaratiladi.
Buning uchun qabul qilinishi rejalashtirilayotgan har bir Yevrokod toʻliq amaliyotga joriy etilishini taʼminlovchi standartlardan 30dan ortiq xalqaro va Yevropa standartlarini qabul qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

    II. Soʻnggi yillarda BAZALT mahsulotlarini raqobatbardoshligini oshirish va eksport geografiyasini oshirish maqsadida halqaro talablar joriy qilinmoqda. Natijada AQSH, Angliya, Polsha, Italiya, Chexiya, Gruziya, Rossiya, Xitoy, Turkiya va shu kabi mamlakatlarga yetkazib berish keng koʻlamda yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, boshqa mamlakatlar mahsulotlari bilan sifat va narx jihatidan munosib ravishda raqobatlashmoqda.

🟢 Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️https://www.facebook.com/share/v/FRqcYhZnhfxTSq7P/?mibextid=oFDknk  

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING 🔴 Qurilishda standartlashtirish sohasidagi yangi istiqbollar    Barchangizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son Farmoniga asosan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida Texnik meʼyorlash…
#BRIFING

   Bundan tashqari yangi turdagi bazalt mahsulotlarini MDH mamlakatlariga yagona talablar asosida yetkazib berish, ishlab chiqaruvchi mahalliy sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan tarkibiy oʻzgartirishlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida institut tomonidan MDH davlatlari ishtirok etuvchi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo Kengash (MGS) da “Bazalt mahsulotlari” nomli davlatlararo texnik qoʻmita tashkil etish yuzasidan davlatlararo Kengash (MGS) masʼullari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Shu bilan birga bugungi kunda bazalt mahsulotlari uchun 4 ta Amerika qoʻshma shtatlarining hamda 1 ta Yevropaning standartlari milliy standart sifatida qabul qilinib, mahsulotlarning mazkur standartlar talablarga muvofiqligi Yevropa mamlakatlariga sinovlardan oʻtkazildi.

   III. Xalqaro standartlarning asosiy maqsadi xalqaro miqyosda yangi sifat tizimlarini ishlab chiqish va mavjud sifat tizimlarini takomillashtirish hamda ularni sertifikatlash uchun yagona uslubiy asosni yaratish hisoblanadi.
Bugungi kunda institut tomonidan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning texnik qoʻmitalariga aʼzolikni taʼminlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu oʻz navbatida mahalliy ishlab chiqarish korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, mahsulotlarni xalqaro talab darajasida modernizatsiya qilish, eksport hajmini oshirish, milliy standartlashtirish tizimini xalqaro standartlashtirish tizimlari bilan muvofiqlashtirish va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtirishda qoʻshimcha imkoniyatlarni yaratadi. Shuningdek, endilikda mazkur mahsulot turlari boʻyicha ishlab chiqarilayotgan standartlarga milliy ishlab chiqaruvchilarning takliflari kiritilib, ishlab chiqarishni xalqaro standart talabiga emas, xalqaro standartlarni maxalliy shart-sharoitlarga moslashishiga erishiladi.
  Jumladan, avgust oyi yakunida Oʻzbekiston tarixida ilk bor Xalqaro standartlashtirish tashkilotining beton konstruksiyalar boʻyicha texnik qoʻmitasining yigʻilishi yurtimizda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Mazkur tadbirda ilgʻor xorijiy mamlakatlarning 10 dan ortiq vakillari ishtiroki hamda xalqaro miqiyosda beton konstruksiyalar boʻyicha amalga oshirilayotgan istiqbollar toʻgʻrisida muhokamalar kun tartibiga kiritilgan.

    IV. Texnik reglamentlar ishlab chiqish rejasiga muvofiq 2024-2025-yillarda qabul qilinishi belgilangan eshik va romlar, metallurgiya, bolalar oʻyin maydonlari jihozlari hamda qurilish materiallari va buyumlar uchun majburiy xavfsizlik talablarini belgilovchi texnik reglamentlarni xalqaro talablar asosida ishlab chiqish ishlari tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda olib borilmoqda. Mazkur texnik reglamentlarni amaliyotga joriy etish natijasida qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish xalqaro talablari  asosida yangi bosqichga oʻtiladi

🟢 Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️https://www.facebook.com/share/v/FRqcYhZnhfxTSq7P/?mibextid=oFDknk  

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Еврокодларда келтирилган стандартлар бирламчи талаблар ҳисобланади

АОКАда ўтказилган брифингда Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ҳузуридаги илмий тадқиқот институти директори ўринбосари Жамшид Мирсаидов қурилишда стандартлаштириш соҳасидаги янги истиқболлар тўғрисида маълумот берди:

🟢Европа Иттифоқидаги қурилиш иншоотларини конструктив лойиҳалаш бўйича Европа Кенгашининг Еврокодларини амалиётга жорий этиш ишлари босқичма-босқич амалга оширилмоқда.

🟢Еврокодлар Ўзбекистонда қурилиш индустрияси рақобатбардошлиги ва экспортбоплигини ошириш, маҳаллий ва халқаро инвесторларни кенг жалб қилиш ҳамда уларнинг фаолиятига тўсиқ бўлувчи омилларни бартараф этиш, шунингдек, Жаҳон савдо ташкилоти (ЖСТ)га аъзо бўлиш бўйича давлат сиёсати ва мамлакат манфаатларини ҳимоя қилишда муҳим аҳамият касб этади.

🟢Бунда Еврокодларни ҳамда унда келтирилган стандартларни Республикамизда қабул қилиш орқали қурилиш материаллари ва буюмлари учун Европа сертификатларини олиш харажатлари қисқаради, Европа Иттифоқи қонунчилигига жавоб берувчи маҳсулотларни ишлаб чиқариш
ва уларнинг бозорларга эркин кириб боришига имкон яратилади.

🟢Бунинг учун қабул қилиниши режалаштирилаётган ҳар бир Еврокод тўлиқ амалиётга жорий этилишини таъминловчи стандартлардан 30дан ортиқ халқаро ва Европа стандартларини қабул қилиш ишлари амалга оширилмоқда.

🟢Сўнгги йилларда БAЗAЛЬТ маҳсулотларини рақобатбардошлигини ошириш ва экспорт географиясини ошириш мақсадида ҳалқаро талаблар жорий қилинмоқда.

🟢Натижада AҚШ, Aнглия, Польша, Италия, Чехия, Грузия, Россия, Хитой, Туркия ва шу каби мамлакатларга етказиб бериш кенг кўламда йўлга қўйилган бўлиб, бошқа мамлакатлар маҳсулотлари билан сифат ва нарх жиҳатидан муносиб равишда рақобатлашмоқда.

📌 Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Қорақалпоғистонга ташриф доирасида Кегейли туманидаги Жузимбағ овулида узумчилик билан шуғулланаётган ёшлар билан учрашди.

Шундан сўнг давлатимиз раҳбари раислигида Қорақалпоғистонни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш юзасидан йиғилиш бошланди.

Барча ҳудудлар қатори Қорақалпоғистонда ҳам иқтисодиётни тез ўстиришга замин туғдирадиган драйвер йўналишларда инвестиция, иш ўрни, экспортни кўпайтиришга алоҳида эътибор қаратилаётгани таъкидланди.

Ўтган даврда Қорақалпоғистонда 1,4 миллиард доллар тўғридан-тўғри хорижий инвестиция эвазига 150 та лойиҳа ишга тушди. Тадбиркорлар 12 мингдан 25 мингга, тижорат майдонлари 1,5 миллион квадрат метрга кўпайиб, 212 минг одам доимий ишга жойлашди.

Қорақалпоғистонда бизнес ва инвестиция учун қулай муҳит, даромад топиш учун янги-янги имкониятлар пайдо бўлди.

Масалан, фаолиятини микро-лойиҳадан бошлаган 13 минг тадбиркор кичик бизнесга, яна 351 таси ўрта бизнесга ўтди. Йиллик айланмаси 100 миллиард сўмдан юқори тадбиркорлар 43 тага етди.

Facebook|Instagram|X
Давлат дастурлари доирасида йўл, сув, ижтимоий объектлар қурилиши ва маҳалла инфратузилмасига 11 триллион сўм ажратилди. Хусусан, боғча қамрови 28 фоиздан 84 фоизга ошди. Янги 21 та мактаб қурилди, яна 243 таси тўлиқ таъмирланди.

Илк марта 700 ўринга мўлжалланган 17 қаватли IT-парк қурилди. “Бир миллион дастурчи” лойиҳаси доирасида икки йил ичида 40 мингга яқин қорақалпоғистонлик ёшлар ўқитилди.

Туман ва шаҳарларда 74 та оилавий шифокорлик пункти, 81 та поликлиника, 92 та маҳалла тиббиёт пунктлари ишга тушди. Тўрткўл, Қўнғирот ва Чимбой туманларида қўшма шикастланиш ва ўткир қон-томир касалликлари марказлари ташкил этилди. Ўтган даврда тиббиёт муассасаларига 300 миллиард сўмлик 1,5 мингдан зиёд асбоб-ускуналар етказилди, йил якунигача яна 141 миллиард сўмлик тиббий анжомлар берилади.

Яқин-яқингача ўз уйига мулк ҳуқуқи бўлмагани учун 100 мингдан ортиқ аҳоли қийналиб келаётган эди. Бу муаммо ҳал бўлиб, 27 мингта хонадонда яшовчи фуқароларнинг уй-жойига бўлган мулк ҳуқуқи эътироф этилди.

Facebook|Instagram|X