#MUNOSABAT
✅ “GENERALISSIMUS” telegram kanali orqali mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan quruvchilar nomidan e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
🔗 Amaldagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi Qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reyting platformasida pudrat tashkilotining tashkil topgan yiliga 5 yil bo‘lganlarga maksimal ball belgilangan.
Elektron reyting platformasining havolasida Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingining yangi mezon talablari loyihasi (hali amalda qo‘llanmagan) joylashtirilgan. Bugungi kunda ushbu mezon talablari bo‘yicha pudrat tashkilotlarining munosabatlari qabul qilinib, asoslangan takliflar inobatga olinmoqda. Mazkur takliflar orasida 5 yil tajribaga ega pudrat tashkilotlari uchun maksimal ball berishni saqlab qolish ham qayd etilgan.
📌 Ma’lumot uchun: Qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari elektron reytingining mezon talablari pudrat hamda loyiha tashkilotlari bilan maslahatlashgan holda, ularning taklif va e’tirozlari o‘rganilgandan so‘ng amaliyotga joriy etiladi.
Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va ularning faoliyatiga ko’maklashish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu ma’noda tadbirkorlar tomonidan yo’llangan murojaatda ko’rsatilgan taklif va mulohazalar qabul qilinishini bildiramiz.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|✅ Telegram| 📹 Youtube|
Elektron reyting platformasining havolasida Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingining yangi mezon talablari loyihasi (hali amalda qo‘llanmagan) joylashtirilgan. Bugungi kunda ushbu mezon talablari bo‘yicha pudrat tashkilotlarining munosabatlari qabul qilinib, asoslangan takliflar inobatga olinmoqda. Mazkur takliflar orasida 5 yil tajribaga ega pudrat tashkilotlari uchun maksimal ball berishni saqlab qolish ham qayd etilgan.
Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va ularning faoliyatiga ko’maklashish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu ma’noda tadbirkorlar tomonidan yo’llangan murojaatda ko’rsatilgan taklif va mulohazalar qabul qilinishini bildiramiz.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM