QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.3K subscribers
21.5K photos
3.68K videos
287 files
8.82K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
📹#ONLAYN
#MATBUOT_ANJUMANI

Ta'kidlanganidek, 2023-yil 15-avgust sanasida qabul qilingan “Ko‘p kvartirali uylar boshqaruvini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son Prezident qarori ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatish sohasini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, boshqaruv organlari va mulkdorlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov intizomini ta'minlash maqsadida majburiy badallar yoki to‘lovlarning eng kam miqdorini belgilandi.

Bunda vazirlik huzurida ishchi guruhi tuzilib, respublikadagi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan umumiy mulkni saqlash xarajatlarini tumanlar bo‘yicha shuningdek, ko‘p kvartirali uylarning qavatlari soniga qarab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tahlil qilindi.

2024-yil 1-maydan boshlab eng kam tarifni qo‘llash barcha ko‘p qavatli uylarni boshqarish organlari uchun majburiy hisoblanadi.

Bunda billing tizimidagi ko'p kvartirali uylarning tariflarini o'zgartirish boshqaruv organi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi – billing tizimidagi tarif avtomatik ravishda o'zgarmaydi.

Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola
👇

https://www.facebook.com/share/v/nJGVz1wFsSu9Vhm6/?mibextid=w8EBqM  

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN
#MATBUOT_ANJUMANI

⚠️ Matbuot anjumani davomida soha ekspertlari tomonidan majburiy badallarning eng kam miqdori faqatgina ko‘p kvartirali uyga texnik xizmat ko‘rsatish, joriy ta'mirlash va ekspluatatsiya xarajatlari uchun sarflanishi alohida ta'kidlandi.

Shuningdek, abonentlarning o‘tgan davrdagi mavjud majburiyatlari, ya'ni qarzlari bo‘yicha qarz majburiyatlarini qayta hisob-kitob qilish amalga oshirilmasligi bildirildi. Bunda avvalgi tariflar bo‘yicha mavjud qarz saqlanib qoladi, faqat umumiy mulkni boshqarish va saqlash bo‘yicha boshqaruv tashkiloti tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 1-maydan boshlab to‘lov miqdori ortadi.

Shunga ko‘ra mulkdorlarning umumiy mulkni saqlash bo‘yicha majburiyatlari joriy yilning 1-mayidan boshlab yangi tarif bo‘yicha hisoblab chiqiladi va mavjud qarzga qo‘shiladi.

Ma'lumot uchun, ko‘p qavatli uyda kapital ta'mir ishlari katta miqdordagi mablag‘ talab qilinishi inobatga olingan holda aholining majburiy to‘lov, ya'ni kvartplatadan tashqari mablag‘lari asosida amalga oshiriladi. Bunda umumiy yig‘ilish o‘tkazish va aholi roziligini olish talab etiladi.

Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola
👇

https://www.facebook.com/share/v/nJGVz1wFsSu9Vhm6/?mibextid=w8EBqM  

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN
#MATBUOT_ANJUMANI

Matbuot anjumanida "Yangi O'zbekiston" massivlarida barpo etilayotgan uy-joylar ekspluatatsiyasi masalasiga ham to'xtalindi.

Xabaringiz bor, respublikada 53 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etilmoqda. Albatta, uy-joylarni qurish bilan bir qatorda ularni talab darajasida ekspluatatsiya qilish muhim masala hisoblanadi.
Hozirda 13 400 ta xonadonli 409 ta ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirilgan.

➡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi 278-son qarori bilan quruvchi tashkilot qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni jalb qiladi. Boshqaruvchi tashkilot aniqlanmagan ko‘p kvartirali uylar foydalanishga qabul qilinmaydi. Shuningdek, yangi massivlardagi loyihani amalga oshirishda ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari uchun xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan bino qurilishi ham nazarda tutilgan.

Bugungi kunda “Yangi O‘zbekiston” massivlarida foydalanishga topshirilgan va topshirilayotgan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish uchun hududlardagi salohiyatli boshqaruv organlari tanlanib, o‘z ish faoliyatini olib bormoqda
.

Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola
👇

https://www.facebook.com/share/v/nJGVz1wFsSu9Vhm6/?mibextid=w8EBqM  

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM