QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.6K subscribers
24.6K photos
4.37K videos
293 files
10.1K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
🟢 #ONLAYN #MATBUOT_ANJUMANI ⚡️Ayni daqiqalarda AOKAda ''Qurilish materiallari ishlab chiqarish va qoʻllashda sifat va nazorat masalalari'' mavzusida  matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Unda Texnik me'yorlash va  standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti…
🟢 #ONLAYN

#MATBUOT_ANJUMANI

☯️ Bugungi kunda Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti tomonidan texnik meʼyorlash va standartlashtirish sohasini tubdan takomillashtirish, unda ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, xalqaro institutlarning mazkur sohalardagi tajribalarini oʻzlashtirish ishlarini izchil tashkillashtirish yuzasidan salmoqli ishlar olib borilmoqda.

Xususan:

Birinchidan, 2023-yilning ish rejasiga muvofiq 34 ta davlat standartlari xalqaro va ilgʻor xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida qayta koʻrib chiqildi, shuningdek,
17 ta beton va temir-beton mahsulotlarga oid;
3 ta keramik quvurlarga oid;
3 ta temir yoʻl, gidrotexnik inshootlar va gaz quvurlari tizimlarining ishchi chizmalariga oid;
2 ta bogʻlovchilarga oid; 
1 ta yogʻoch-tolali plitalarga oid; 
1 ta issiqlik izolyatsiyalovchi materiallarga oid;
1 ta barqaror va rivojlangan shaharlarni qulaylik muhitini aniqlashga oid;
2 ta quyosh panellariga oid;
2 ta yashil standartlarga oid;
1 ta qurilishda xaridlarni tartibga solishga oid;
1 ta qurilish materiallari va resurslarining BIM dasturidagi  tasniflariga oid standartlar.

Jumladan, bugungi kunda qurilish materiallari va qurilish sohasiga doir 3 372 ta standartlar roʻyxati tahlil qilinib, maʼnan eskirgan hamda xalqaro analogga ega boʻlgan 600 ga yaqin standartlar aniqlanib, mazkur standartlarni bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish boʻyicha tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

Qoʻshimcha ravishda, joriy yilning ish rejasiga muvofiq 40 ta milliy standartlar xalqaro va ilgʻor xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida ishlab chiqiladi.

Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

Facebook -    https://www.facebook.com/share/v/nKBgs4Bm6qFxkS1M/?mibextid=oFDknk  

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
🟢 #ONLAYN

#MATBUOT_ANJUMANI

🔗 Bundan tashqari bugungi kunda aktual qurilish materiali hisoblangan bazalt xom-ashyosidan ishlab chiqariladigan maxsus tola, quvurlar, armatura, fibra, roving, kompozit geosetka, mato va issiqlik-izolyatsiya plitalariga doir standartlarni ishlab chiqish boʻyicha “Basalt Uzbekistan” klasteri bilan oʻzaro hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Ikkinchidan, “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni talablariga muvofiq milliy standartlar Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar tomonidan ishlab chiqilishi belgilangan.

Shunga koʻra qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi ”Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita faoliyati qayta tashkil etildi. 
Xususan, mazkur texnik qoʻmita faoliyati sohasi Standartlarning umumdavlat tasniflagichiga muvofiq qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi 47 ta kodni oʻz ichiga olgan. Uning tarkibiga manfaatdor vazirlik, idoralar hamda ishlab chiqaruvchi korxonalarning 49 nafar yuqori malakali mutaxassislari jalb qilindi.

Uchinchidan, Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot institutining komplek sinov laboratoriyasi Oʻz DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablari asosida 21 turdagi qurilish materiallari va buyumlari turlarining 200 dan ziyod koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan akkreditatsiya doirasi bilan xalqaro darajadagi sinov laboratoriyasi sifatida akkreditatsiyadan oʻtkazildi, bu esa sinov natijalarini xalqaro darajada tan olinishiga zamin yaratadi.

Xabaringiz bor, bino va inshootlarning zilzilabardoshligi bugungi kunda aktual masalalardan biri boʻlib qolmoqda. Shu sababli institut qoshidagi kompleks sinov laboratoriyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vaziriligi, Turin politexnika universiteti va Mexanika institutlari oʻrtasida bino va inshootlarni zilzilabardoshlikka sinash yuzasidan hamkorlik dasturlari amalga oshirilmoqda.

Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

Facebook -    https://www.facebook.com/share/v/nKBgs4Bm6qFxkS1M/?mibextid=oFDknk     

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🚨 Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Shahrisabz shahri "Namaton" MFY  hududida buyurtmachi "New House City" MCHJ tomonidan qurilayotgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining 400 o'rinli talabalar turar-joyida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi.

Natijada obyektda ishlar turlari bo'yicha yopiq ishlar dalolatnomalari mavjud emasligi, shu bilan bir qatorda obyektning 3-qavat devorlarida sopol g'isht terish ishlari loyiha talablari asosida bajarilmaganligi aniqlandi.

🔴 Qoidabuzarliklar yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan qurilishning mas'ullariga "Qurilishda davlat nazorati" milliy axborot  tizimi orqali bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko‘rsatmalar berildi hamda sifatsiz bajarilgan g'isht terish ishlari joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 2024 йилда қурилиш материаллари соҳасида жами 37,9 трлн сўмлик маҳсулотлар ишлаб чиқариш кутилмоқда (ўсиш 111,0%)

АОКАда Қурилиш ва уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги, "Ўзсаноатқурилишматериллари" уюшмаси, Техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги раҳбарияти иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида қурилиш материаллари ишлаб чиқариш ва қўллашда сифат ва назорат масалалари ҳақида маълумот берилди:

🔘Шунингдек, 2024 йилда умумий қиймати 2,2 млрд долларлик бўлган жами 540 та лойиҳа амалга оширилади. Шунингдек, 1,1 млрд долларлик қурилиш материаллари экспорт қилинади.

🔘2024 йил I чорагида 152,9 млн долларлик экспорт амалга оширилди. Хусусан, 17,5 млн доллар ПВХ профиллар ва трубалар, 8,2 млн доллар алюмин профиллар, 12,2 млн доллар керамик плитка ва керамика маҳсулотлари, 9,6 млн доллар қуруқ қурилиш аралашмалари ва цементдан боғловчи материаллар, 16,3 млн доллар обой каби қурилиш материалларининг экспорти амалга оширилди.

🔘Ушбу даврда қурилиш материаллари экспорти географияси анъанавий ҳисобланган бозорлар яъни Қозоғистон, Қирғизистон, Туркманистон, Тожикистондан ташқари Озарбайжон, Туркия, Канада, Руминия давлатлари ҳисобига кенгайтирилди.

🔘"Ўзсаноатқурилишматериллари" уюшмаси тасарруфидаги 50 та қурилиш материаллари ишлаб чиқарувчи корхоналарида Сифат менежмент тизими (ISO 9001) жорий этилди.

⚡️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

📌 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Hidoyatov bugun vazirlikda Jahon Bankining "Yer asosidagi moliya mexanizmlari" missiyasi a'zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida qurilish sohasidagi mavjud moliyalashtirish mexanizmlari, ko'chmas mulk munosabatlari va boshqa masalalarda fikrlar almashildi.

💬Tadbir so‘ngida vazirlik mas'ullari va missiya a'zolari o'rtasida ishchi guruh shakllantirildi hamda doimiy hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 29-yanvarda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari D.Adilov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi boshqarma boshlig‘i A.Muhiddinov boshchiligida Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi a’zolari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda qurilish-pudrat tashkilotlari reyting mezonlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Tadbirda pudrat tashkilotlari reytingi talablari hamda har bir mezon boʻyicha belgilanadigan ballar to‘liq qayta ko‘rib chiqildi.

🔗 Jumladan, pudrat tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsatkichlari, maxsus texnikalari ro‘yxati bo‘yicha berilgan takliflar o'rganildi. Shuningdek, belgilangan mezonlar bo‘yicha pudrat tashkilotlari reytingini shakllantirishda tegishli vazirlik va idoralarning elektron tizimidan olinadigan ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash maqsadida barcha ma’lumotlarni olish mexanizmini takomillashtirish orqali kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM