Uchrashuv davomida ko‘plab yoshlar bilan suhbat qilindi, ularning istaklari tinglandi.
Jumladan, yana bir yosh Ravshan Gabdurahmanov onasi bilan birga mutasaddilarga murojaat qildi.
U 24 yoshda, onasi bilan mazkur mahallada istiqomat qiladi va bemorligi sababli ayni kunlarda operatsiya uchun moddiy yordam zarurligini aytdi.
Shundan so‘ng yana bir murojaat egasi Iroda Jalolova bilan ham suhbatlashildi. Jarayonda 24 yoshli Irodaning bir yoshli farzandi bor yolg‘iz ona ekanligi, 3 xonali uyda oilasi bilan jami 7 kishi yashab kelishayotgani va moddiy yordamga muhtoj ekanligi ma'lum bo‘ldi. U kutubxona ishiga qiziqish bildirgani bois mas'ullar unga ayni shu yo‘nalishda ishni topib berish taklifini berishdi.
22 yoshli Lazizbek Rabbonayev esa talaba ekan va u yetkazib berish xizmatida ishlagani bois maoshi yaxshiroq bo‘lgan sohada faoliyat yuritish istagi borligini bildirdi.
28 yoshli Alisher Tursunov hamda 17 yoshli Madaminjon Rahimovlar ham oilaviy sharoiti og‘irligi bois ish so‘rab murojaat qilishdi, mutasaddilar ularni avval kasb-hunarga o‘qitib, keyin ishga joylashtirishga kelishib olishdi.
Navbatdagi fuqaro Farangiz Abdurahmonova 22 yoshda, turmush o‘rtog‘idan ajrashgani va bir nafar ikki yoshli qizchasi borligini aytdi. Ma'lum bo‘lishicha u onasi, farzandi va 5 nafar ukasi bilan birga yashaydi. Maktabda oʻqigan va boshqa taʼlim bosqichlarida tahsil olmagan. F.Abdurahmonova uy sharoitida biror hunar oʻrganish niyati borligini aytdi.
Shuningdek, 27 yoshli Gulxayo Rahimova 4 nafar farzandidan 2 nafari bemor ekanligini, ularga jarrohlik amaliyoti oʻtkazish zarurligi bois moddiy ko‘makka muhtoj ekanini bildirdi.
Shu tarzda hech bir yoshning murojaati e'tibordan chetda qolmadi. Mas'ullar ularning ishi bo‘yicha yana alohida o‘rganish olib borib, amaliy natijalar bo‘yicha rejalarni belgilab olishdi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu matbuot anjumaniga barcha OAV vakillari va blogerlarni taklif etamiz. Unda mas'ul rahbarlar qurilish materiallari ishlab chiqarish, shaharsozlik normalari, sifatsiz mahsulotlarni aniqlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar xususida ma'lumot berishadi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#JARAYON
💬 Xabar berganimizdek, poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani "Mirzakalon Ismoiliy" mahallasi 3-son uyning yerto‘lasidagi suv to‘planishi bilan bog‘liq muammo ijobiy yechim topmoqda. Ayni damda tegishli tashkilotlar tomonidan 319 mmlik magistral quvurni almashtirish ishlari olib borilmoqda. Aholining bir necha yillik muammosi hal etilayotgan bólsa-da, ayrim kimsalar tomonidan mazkur jarayonni notóğri talqin qilish holatlari ham kuzatilmoqda. Xususan, “Quvur tortilib, yertólaga suv tóplash oqibatida uyni “snos” ga tushirishmoqchi”, qabilidagi asossiz fikrlar, afsuski aholi orasida ortiqcha xavotir kelib chiqishiga sabab bòldi.
🏘 Bugun dam olish kuni, mulkdorlarning barchasi òz uyida bòlishi inobatga olingan holda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva "Mirzakalon Ismoiliy" mahallasida bòldi. Vazir órinbosari mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida jamoatchilik faollari, qariyalar, mahalla raisi va mutasaddilar, shuningdek, aholi vakillari bilan uchrashdi.
Unda olib borilayotgan ishlardan asosiy maqsad aholi manfaati, ularning muammosini hal etishga qaratilganligi alohida ta’kidlandi.
- Yurtboshimiz bejizga xalq manfaati har narsadan ustun, degan tamoyilni ilgari surmayaptilar. Zero, aholi mamnun bòlgan mamlakat rivojlanaveradi. Bizning ham maqsadimiz sizlarga yordam berish, muammoingizga yechim topish. Mazkur ishlar ortida ònlab soha vakillari tun-u kun mehnat qilmoqda. Sizga ishonch bilan aytamizki, tez kunlarda uyingiz yertòlasidagi muammo bartaraf etiladi. Asossiz gaplarga esa quloq solmang, chunki huquqlaringizga daxl qilishga hech kimning haqqi yòq,- dedi Ozoda Jòrayeva.
Uchrashuvda aholi vakillari sohaga doir boshqa qator savollariga ham javob oldilar. Xususan, lift, hududlarni obodonlashtirish masalasida tushuntirish ishlari olib borildi. Muhimi, quvur almashtirilgach, ushbu hududda boğ tashkil etilishi va uning asnosida aholiga qulay hordiq chiqarish sharoiti yaratilishi ta’kidlandi.
Ochiq, samimiy ruhda ótgan uchrashuvda jamoatchilik faollari mutasaddilarga òz minnatdorligini bildirib òtdilar. Shu òrinda faollarni aholi orasida tóğri tarğibot va tashviqot ishlarini olib borish maqsadida jalb etishga kelishib olindi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|✅ Telegram| 📹 Youtube|
Unda olib borilayotgan ishlardan asosiy maqsad aholi manfaati, ularning muammosini hal etishga qaratilganligi alohida ta’kidlandi.
- Yurtboshimiz bejizga xalq manfaati har narsadan ustun, degan tamoyilni ilgari surmayaptilar. Zero, aholi mamnun bòlgan mamlakat rivojlanaveradi. Bizning ham maqsadimiz sizlarga yordam berish, muammoingizga yechim topish. Mazkur ishlar ortida ònlab soha vakillari tun-u kun mehnat qilmoqda. Sizga ishonch bilan aytamizki, tez kunlarda uyingiz yertòlasidagi muammo bartaraf etiladi. Asossiz gaplarga esa quloq solmang, chunki huquqlaringizga daxl qilishga hech kimning haqqi yòq,- dedi Ozoda Jòrayeva.
Uchrashuvda aholi vakillari sohaga doir boshqa qator savollariga ham javob oldilar. Xususan, lift, hududlarni obodonlashtirish masalasida tushuntirish ishlari olib borildi. Muhimi, quvur almashtirilgach, ushbu hududda boğ tashkil etilishi va uning asnosida aholiga qulay hordiq chiqarish sharoiti yaratilishi ta’kidlandi.
Ochiq, samimiy ruhda ótgan uchrashuvda jamoatchilik faollari mutasaddilarga òz minnatdorligini bildirib òtdilar. Shu òrinda faollarni aholi orasida tóğri tarğibot va tashviqot ishlarini olib borish maqsadida jalb etishga kelishib olindi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon
Mamlakatimizda ekologik muhitni yaxshilash, ayniqsa, aholi zich joylashgan hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga e’tibor qaratish bugun har qachongidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bois Farg'ona viloyatida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Soha fidoyilari tomonidan ko‘rsatilayotgan ezgu tashabbus aholi kayfiyatiga ham, ularning atrof-muhitga bo‘lgan munosabatiga ham ijobiy ta’sir o‘tkazmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ilgari surilgan “Bir bolaga bir daraxt” ezgu tashabbusi Samarqand viloyatida ham qizg‘in olib borilmoqda
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MATBUOT_ANJUMANI
⚡️Ayni daqiqalarda AOKAda ''Qurilish materiallari ishlab chiqarish va qoʻllashda sifat va nazorat masalalari'' mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Unda Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sh.Sodiqov boshchiligidagi vazirlik mas'ullari ishtirok etmoqda.
Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#MATBUOT_ANJUMANI
Xususan:
Birinchidan, 2023-yilning ish rejasiga muvofiq 34 ta davlat standartlari xalqaro va ilgʻor xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida qayta koʻrib chiqildi, shuningdek,
17 ta beton va temir-beton mahsulotlarga oid;
3 ta keramik quvurlarga oid;
3 ta temir yoʻl, gidrotexnik inshootlar va gaz quvurlari tizimlarining ishchi chizmalariga oid;
2 ta bogʻlovchilarga oid;
1 ta yogʻoch-tolali plitalarga oid;
1 ta issiqlik izolyatsiyalovchi materiallarga oid;
1 ta barqaror va rivojlangan shaharlarni qulaylik muhitini aniqlashga oid;
2 ta quyosh panellariga oid;
2 ta yashil standartlarga oid;
1 ta qurilishda xaridlarni tartibga solishga oid;
1 ta qurilish materiallari va resurslarining BIM dasturidagi tasniflariga oid standartlar.
Jumladan, bugungi kunda qurilish materiallari va qurilish sohasiga doir 3 372 ta standartlar roʻyxati tahlil qilinib, maʼnan eskirgan hamda xalqaro analogga ega boʻlgan 600 ga yaqin standartlar aniqlanib, mazkur standartlarni bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish boʻyicha tizimli ishlar tashkil etilmoqda.
Qoʻshimcha ravishda, joriy yilning ish rejasiga muvofiq 40 ta milliy standartlar xalqaro va ilgʻor xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida ishlab chiqiladi.
Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM