QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
23.7K photos
4.18K videos
293 files
9.74K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
#TAYINLOV

📌 O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Abdurahimov Abdurashid Namozovich Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga vaqtincha vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Abdurashid Abdurahimov 1993-yilda Toshkent avtomobil-yo‘llari institutini, 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

Mehnat faoliyatini Bandixon tumani gaz ta’minoti korxonasi bosh muhandisi sifatida boshlagan. U turli yillarda Bandixon va Qumqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari, Surxondaryo viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi” injiniring kompaniyasi direktori, Termiz shahri “Amuzang Surxon Nur” MCHJ direktori kabi qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.

2022-yildan buyon Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Moliya-iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

🫥 “Issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar va mahsulotlar. Koʻrsatkichlar nomenklaturasi” (Oʻz DSt 686:2023) Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartiga sharh

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🏘  Bugun vazirlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan hamda “Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat marafoni” doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, shoir Orif To‘xtash hamda Yoshlar Parlamenti vakili Jahongir Esonaliyevlar mehmon sifatida o‘zlarining  qiziqarli ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

    Dastlab vazir maslahatchisi U.Bayzakova so‘zga chiqib, mazkur tadbirning ahamiyati haqida fikr bildirdi.
     ''Zero, ma’naviylik va ma’rifiylik xalqimizning ko‘p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli o‘ziga xos xususiyati bo‘lib kelgan''- deya ta'kidladi vazir maslahatchisi.
    
   Undan so‘ng shoir Orif To‘xtash yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʼlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
     Jahongir Esonaliyev ham vazirlik bilan hamkorlikdan mamnunligini ta'kidlab, bunday tadbirlarni yanada kengroq va ko‘proq o‘tkazish lozimligini aytdi.
      Ta’kidlandiki, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda har bir inson daxldorlikni  his qilishi kerak. Tadbir davomida mamlakatimiz ramzi  bo‘lgan  davlat bayrog‘ining o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritildi.  Ayniqsa, shoir  Orif To‘xtash tomonidan aytilgan she’r barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

📌 Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani bolalar va o'smirlar sport maktabida yaratilgan sharoitlar

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

  2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarining yakuniy bosqichi davom etmoqda. Zero kuzning quyoshli va iliq kunlaridan unumli foydalanib, oldinda turgan qor-qirovli kunlarga puxta hozirlik ko‘rish Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan har bir xodimdan shuni taqozo etmoqda.
     Ayniqsa bugungi kunda mas'ullar tomonidan o‘tkazilayotgan o‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, kuz-qish oylarida ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror issiqlik energiyasi bilan ta’minlash, qor-yomg‘irli kunlarda ko‘p kvartirali uylarning tomidan chakki o‘tmasligini ta’minlash maqsadida boshqaruv servis kompaniyalarida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM