QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.5K subscribers
24.8K photos
4.42K videos
293 files
10.2K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
#BSKlar_faoliyatidan

🌧❄️Kuz-qish mavsumi eshik qoqmoqda. Bu esa ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari mas'uliyatini oshirishi tabiiy. Shu bois ayni kunlarda boshqaruv tashkilotlari tomonidan uylarni mavsumga tayyorlash ishlari so‘nggi bosqichlarda amalga oshirilmoqda.

Xususan, poytaxtimizning Uchtepa tumanida joylashgan 39 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatuvchi "Yosh avlod" boshqaruv tashkiloti tomonidan 15 ta uyning kirish yo‘laklari ta'mirdan chiqarilmoqda. Shuningdek, "Uchtepa shirin" BSK tomonidan 10 ta ko‘p qavatli uyning tom qismi mukammal ta'mirlandi. 1 ta uyning tom qismini ta'mirlash ishlari yakunlanish arafasida. Shu bilan birga boshqaruv tashkilotlari tomonidan tutash hududlarni obodonlashtirish ishlariga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Mazkur ishlarning barchasi avvalo, xalq roziligiga erishish, ularning qulay sharoitlarda yashashini ta'minlashga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

⚠️ Jizzax viloyati G'allaorol tumani hududida pudartchi "Nur Jizzak solar PV" tomonidan 230 MVt tok quvvatiga ega Jizzax quyosh elektr stansiyasi qurilishi obyektida navbatdagi nazorat tadbiri o'tkazildi.

Natijada unda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

qurilish obyektida texnik va mualliflik nazorati ishlari qoniqarli olib borilmagan;

olib borilishi zarur bo‘lgan ijro hujjatlari taqdim qilinganda to‘liq yuritilmagani aniqlandi;

qurilish materiallari va buyumlarining muvofiqlik to‘g‘risidagi sertifikat va pasportlari taqdim etilmadi.

➡️ Qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning mas'ul shaxslariga inspeksiya xodimlari tomonidan yozma ko'rsatma berildi, kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar obyektda qurilish ishlari to'xtatildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

⚠️ “Yangi Toshkent” loyihasini amalga oshirish  doirasidagi ishlar - Ozarbayjon OAV nigohida

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#JARAYON

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida 2023-yilning 9 oyi  davomida amalga oshirligan ishlar yuzasidan navbatdagi yigʻilish oʻtkazildi.

💬 Dastlab Respublika Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi Kozim Toʻlaganov oʻtgan yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tanqidiy tahlil qildi.  Shundan soʻng aniqlangan noqonuniy qurilishlar, roʻyxatga olinmagan obyektlar haqida har bir hududiy nazorat inspeksiyasi rahbarining  hisoboti tinglandi. 

Jumladan, 2023-yilning 5-oktabr holatiga koʻra hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan jami 32 146 ta qurilish obyekti  roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, inspeksiya xodimlari tomonidan jami 55 321 marta nazorat tadbirlari amalga oshirilgan.  Hududiy inspeksiyalar tomonidan 51 912 ta yozma koʻrsatmalar berilib, ularning 35 992 tasi bartaraf etilgan.

📌 Shuningdek, “Qurilishda Davlat Nazorati” milliy axborot tizimi orqali   buyurtmachining texnik nazoratchilari tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan 8 510  ta  yozma koʻrsatmalar berilgan.  Ularning  889 tasi  loyiha tashkilotiga, 7621 tasi esa pudrat tashkilotlariga  berilgan. 
Shundan 6 337 ta yozma koʻrsatmalar (618 ta loyiha va 5719  ta pudratchi tashkilotlariga) bartaraf etilgan.

Loyihachilar tomonidan obyektlar qurilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha jami
4 935 ta pudratchi tashkilotlariga yozma koʻrsatmalar berilgan boʻlib, 4 343 tasi bartaraf etilgan.

✔️ “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning  99-moddasi boʻyicha jami 4 918 ta (shundan: 1215 ta pudratchi, 3105 ta buyurtmachi va 598 ta loyiha tashkilotlari) mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy hujjatlar toʻplami tayyorlanib, tegishliligi boʻyicha maʼmuriy choralar qoʻllanilgan.
1257 ta obyektda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatilib, shundan 395 tasida buzdirish ishlari olib borildi.


Yigʻilish davomida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining kelgusida amalga oshiriladigan ishlari ham muhokama etildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BILASIZMI

‼️ Boshqaruv tashkilotlari qaysi soliq turlaridan ozod qilingan

O‘zbekiston Respublikasi
Soliq kodeksining 243-moddasiga muvofiq:

boshqaruvchi tashkilotlar yoki ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda bajarilayotgan ishlar bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi;

bu bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan hamda bajarilgan ishlardan olingan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BILASIZMI

❗️Yerto‘lani ijaraga berishda to‘lovlar miqdori qanday belgilanadi?

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-son qaroriga muvofiq yerto‘ladan foydalanuvchilar uchun belgilanadigan ijara to‘lovlarining eng kam miqdori tegishli tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
     Yil boshida hokimliklar tomonidan davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun qo‘llaniladigan ijara to‘lovining eng kam miqdori to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Ko‘p kvartirali uyning yerto‘la qismini foydalanishga berish yuzasidan belgilangan ushbu miqdor (stavka) minimal ekanligi inobatga olinib, umumiy yig‘ilish qaroriga muvofiq ijara narxi o‘zgarishi mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM