QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
22.2K photos
3.89K videos
289 files
9.19K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📹 #ONLAYN 🏘 Munozara klubida taqdimotga chiqqan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi masʼul xodimi Elyor Komilov “Avvalo barchamiz uchun muhim boʻlgan mavzu yuzasidan tashkil qilingan muhokamaga taklif etgani uchun Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasiga…
📹 #ONLAYN

Ayni paytda munozara klubida dolzarb mavzulardagi savol-javoblar davom etmoqda. Ulardan biri quyidagicha:

Urbanizatsiya jarayonlari jadallashib, uy-joyga bo‘lgan talab ortmoqda. Ayrim tadbirkorlar qurilishning boshlang‘ich bosqichida uylarni arzon narxda sotib olib, keyinchalik qimmatga sotish orqali daromad olishmoqda. Bu esa bozorda sun’iy narx oshishiga sabab bo‘lyapti. Bunday holatlarning oldini olish uchun qanday huquqiy mexanizmlar joriy etish mumkin?

Javob: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas’uli Davron Meliyev

- Bu masala nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Xalqaro tajribaga ko‘ra bunday spekulyativ holatlarga qarshi samarali choralar qo‘llanilmoqda. Kanadada norezidentlarga uy-joy sotib olish taqiqlangan, Yangi Zelandiyada chet elliklarga cheklovlar o‘rnatilgan, Singapur esa ikkinchi va undan keyingi uylarni sotib olishda qo‘shimcha soliqlar joriy qilgan.

Mamlakatimizda ham ushbu muammoni hal etish uchun quyidagi mexanizmlar taklif etilmoqda:
📌Ijtimoiy uy-joy dasturlarini kengaytirish va xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirish;
📌Uy-joy bozorida narxlarning shaffofligini ta’minlash va monopoliyaga qarshi choralarni kuchaytirish.

Davlat tomonidan uy-joy bozorida tartibni saqlash orqali barcha qatlamlar uchun uy-joy olish imkoniyatlarini kengaytirish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📹 #ONLAYN Ayni paytda munozara klubida dolzarb mavzulardagi savol-javoblar davom etmoqda. Ulardan biri quyidagicha: Urbanizatsiya jarayonlari jadallashib, uy-joyga bo‘lgan talab ortmoqda. Ayrim tadbirkorlar qurilishning boshlang‘ich bosqichida uylarni arzon…
📹 #ONLAYN

☯️ Munozara klubida yangi uy-joy massivlarida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish masalasi ham muhokama qilindi

Savol: Yangi qurilayotgan uy-joy massivlarida maktab, bog‘cha, poliklinika va jamoat transporti yetishmovchiligi aholining noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Xalqaro tajribani inobatga olgan holda, uy-joy qurilishi bilan birga ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishning qanday samarali mexanizmlarini taklif etasiz?

🏘 Javob: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi vakili Elyor Komilov

- Bu masala bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hozirda davlat va mahalliy hokimiyat organlari ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Yangi qurilish normalari va standartlarida ijtimoiy obyektlarning majburiy ravishda rejalashtirilishi ham muhim qadam hisoblanadi.

Xalqaro tajriba asosida quyidagi mexanizmlarni joriy etish maqsadga muvofiq:
📌Singaрur tajribasi – Quruvchi kompaniyalar uy-joy loyihasini tasdiqlashdan oldin ijtimoiy infratuzilmani qurish bo‘yicha majburiyat olishi lozim.
📌Janubiy Koreya tajribasi – Davlat-xususiy sheriklik asosida investorlarni imtiyozlar orqali ijtimoiy obyektlar qurilishiga jalb qilish.
📌Germaniyaning “15 daqiqalik shahar” konsepsiyasi – Har bir fuqaro yashash joyidan 15 daqiqa masofada ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
📌Yaponiya tajribasi – “Transit-oriented development” tamoyiliga ko‘ra avval transport infratuzilmasi yaratiladi, keyin esa uy-joy qurilishi boshlanadi.

Mamlakatimiz sharoitida hududiy xususiyatlarni inobatga olib, mahalliy hokimliklar tomonidan infratuzilma obyektlarini moliyalashtirishni oshirish, aholi soniga qarab ijtimoiy obyektlar quvvatini belgilash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi choralarni amalga oshirish lozim.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #ONLAYN

Aholi murojaatlari qabul qilinmoqda

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlariga alohida e’tibor qaratib kelinadi.

Xususan, kommunal soha aholining birlamchi ehtiyojlari bilan bog’liqligi inobatga olinib, haftaning juma kunlari vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida qabul o’tkazib kelinmoqda.

Ayni damda bo’lib o’tayotgan qabulda ham Toshkent shahrining bir qator tumanlaridan kelgan murojaatchilarning boshqaruv organi faoliyati, noqonuniy qurilmalar, reyestr va billing tizimlariga oid muammolari qabul qilinmoqda.

Hozirgacha qabul qilingan murojaatlarning 4 tasi qabul davomida ijobiy hal etildi, 2 ta murojaat joyiga chiqqan holda o’rganilishi va qonuniy bartaraf etilishiga kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN

Qurilish va kommunal sohalarda raqamlashtirish ishlariga bag’ishlangan matbuot anjumani o’z ishini boshladi.

🏘 Tadbirni vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva kirish so’zi bilan ochib berdi:

- Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi o‘z oldiga ko‘plab istiqbolli reja hamda maqsadlarni belgilab olgan. Sir emas, sohalarni raqamlashtirish jamiyatni yanada takomillashtirishda va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan qurilish va kommunal sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda mazkur jihatga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Biz bunyodkorlik va aholiga xizmat ko‘rsatish sohasida shunday darajaga keldikki, bugun qurilish obyekti loyiha hujjatlarini ishlab chiqishdan tortib, ularni ekspertizadan o‘tkazish, nazorat mexanizmi, qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi hamda turar joy obyektlarining ekspluatatsiyasi, kommunal xizmatlar ko‘rsatish kabi barcha jarayonlar raqamlashtirildi. Mazkur jarayonlarda inson omilining tobora qisqarayotgani hisobiga sohalarda shaffoflikka erishilmoqda”, - dedi Ozoda Jo’rayeva.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📹#ONLAYN Qurilish va kommunal sohalarda raqamlashtirish ishlariga bag’ishlangan matbuot anjumani o’z ishini boshladi. 🏘 Tadbirni vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva kirish so’zi bilan ochib berdi: - Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan ustuvor vazifalardan…
📹#ONLAYN

⚠️ Davlatimiz rahbarining “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi tashkil etilgan va qurilish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali korrupsiya va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, qurilish jarayonlarining barcha bosqichida jamoatchilik uchun shaffoflikni taʼminlash maqsadida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi negizida quyidagi platformalar ishga tushirilgan:
- “Qurilish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish” elektron platformasi dx.mc.uz;
- “Maqsadli dasturlar monitoringi” axborot tizimi monitoring.mc.uz;
- Qurilish sohasida “Reyting” va “Tender” elektron platformalari reyting.mc.uz, tender.mc.uz;
- “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi dshk.uz;
- “Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish” avtomatlashgan axborot tizimi new-ekspertiza.mc.uz
- “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi catalog.tmsiti.uz/classifier
- “Qurilishda davlat nazorati” axborot tizimi nazorat.mc.uz;
- “Ulush kiritish asosida uy-joy qurilish” axborot tizimi rd.mc.uz;
- “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash” tizimi sert.mc.uz
- “Mening uyim” avtomatlashtirilgan billing axborot tizimi meninguyim.mjko.uz
- “Mening hududim” elektron axborot tizimi mening-hududim.mc.uz
- “Issiqlik billing tizimi” hotwater.kommunal.uz
- Qurilish obyektlarining ochiq maʼlumotlar portali open-data.mc.uz
- “Koʻp kvartirali uylarning texnik holati” turarjoy.kommunal.uz

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📹#ONLAYN ⚠️ Davlatimiz rahbarining “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi tashkil etilgan va qurilish…
📹#ONLAYN

Respublika markazi tomonidan soʻnggi amalga oshirilgan yangiliklardan biri — “Qurilishda davlat nazorati” nazorat.mc.uz axborot tizimida har bir obyekt uchun QR kodli pasport joriy etilishi boʻldi.

Respublika markazi tomonidan qurilish sohasida shaffoflikni taʼminlash maqsadida qurilish sohasida “Reyting” va “Tender” elektron platformalari joriy qilingan boʻlib, 2024-yilda ushbu tizimlar yanada takomillashtirildi.

Tizim jamoatchilik uchun ochiq va har kimga oʻzaro hisobdorlikni taʼminlaydi. Bu oʻz navbatida tender jarayonlaridagi shaffoflikni oshirib, qurilish sohasidagi halol raqobat muhitini yaratdi.

Bundan tashqari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizmida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi barcha 16 ta davlat xizmatlari raqamlashtirilishi natijasida aholi va biznes egalariga uydan chiqmagan holda xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, xizmat koʻrsatishda qogʻozbozlik va ovoragarchilikka chek qoʻyildi.

🏠 Joriy yilda koʻp kvartirali uylar va boshqa koʻchmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurishda – eskrou tizimini joriy etish rejaga kiritilgan.

Bu qurilish sohasidagi yangi innovatsion tizim boʻlib, u qurilish loyihalari boʻyicha moliyaviy xavfsizlikni taʼminlash va ehtimoliy xatolarning oldini olishga yoʻnaltirilgan. Bu tizim orqali qoʻp kvartirali uylar qurilishi jarayonini monitoring qilish, xarajatlarni va toʻlovlarni toʻgʻri va tartibga solish imkonini beradi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN

📌 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi ishlab chiqildi.

Standartlar asosida yangi qurilish resurslarini shakllantirish, ularni guruh va bo‘limlarga tasniflagan holda har birining alohida identifikatsiya kodlanishi va nomlanishini nazarda tutuvchi narxlar elektron platformasini yaratish amalga oshirildi.

Hozirgi kunga qadar Respublika bo‘yicha 1 000 dan ortiq qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchi tadbirkorlarning 35 000 dan ortiq mahsulotlari joylashtirilgan.

Tizimning asosiy maqsadlari:

- qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari uchun yagona oldi-sotdi platformasi va MDH davlatlari o‘rtasida eksport-import faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkonini yaratish;

- qurilish materiallarining ekologik toza pozitsiyasidagi, sifat ustunligi ta’minlanadigan “ECO” markirovkali sertifikatga ega qurilish materiallari bazasini platformada aks ettirish, ichki bozorda ekologik marketingni yo‘lga qo‘yishga, brendga bo‘lgan talab va sodiqlikni oshirish;

- platformada aks etadigan O‘zbekiston Respublikasi elektron xaritasiga asosan temir yo‘llar va stansiyalar, avtomobil yo‘llari hamda hududlar kesimida karerlar va chiqindi to‘plash joylari bo‘yicha ma’lumotlarni (joylashuv o‘rni belgilangan holda) ishlab chiqib unda aks ettirishni nazarda tutadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN

Matbuot anjumani jurnalist va blogerlarning savollari asosida qizg’in muhokamalarga boy tarzda o’tmoqda.


Xususan, “eskrow” tizimidan kutilayotgan natijalar, qurilish sohasini nazorat qilish tizimini raqamlashtirishning fuqarolar manfaatini himoya qilishdagi ahamiyati, noqonuniy qurilishlarni oldini olish hamda qurilish-pudrat tashkilotlarining reytingini aniqlash yuzasidan berilayotgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumot berilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN

☺️ Uy-joy kommunal sohasini rivojlantirish, tizimlarni modernizatsiya qilish va raqamlashtirishda ham koʻplab loyihalar amalga oshirildi. Xususan, koʻp qavatli uylarni boshqarish tizimi ham toʻliq raqamlashtirilib, umumiy yigʻilishlar, hisobotlar, murojaatlar va dispetcherlik xizmatlari raqamli koʻrinishga oʻtkaziladi.

Aholining murojaatlari toʻliq “Mening uyim” tizimi orqali boshqaruv servis kompaniyalariga yuboriladi va vazirlik tomonidan ularning ijrosi kuzatib boriladi. Ushbu kompaniyalar faoliyati yuzasidan aholining murojaat va mulohazalari mazkur tizim orqali qabul qilinadi hamda shu asosda ularning reytingi shakllantiriladi.

😐 Bundan tashqari koʻp kvartirali uylarning liftlarini boshqarish va monitoring qilish boʻyicha “Xavfsiz lift” yagona idoralararo platformasi ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, koʻp qavatli uylardagi 8 942 ta lift texnik koʻrikdan oʻtkazilib, ular boʻyicha pasport va muvofiqlik sertifikati joriy etiladi. Shu asosda kelgusi 5 yilda 2 001 ta lift yangilanadi va 382 tasi taʼmirlanadi.

Koʻp qavatli uylarning texnik pasportlari ham ishlab chiqiladi. Buning uchun dastlab 1991-yilgacha qurilgan uylar xatlovdan oʻtkazilib, texnik pasportlari yaratiladi. Shu asosda barcha uylar holatini aniq koʻrish mumkin boʻlgan elektron baza ishga tushiriladi. Ushbu pasportlar asosida taʼmirlanadigan yoki renovatsiyaga tushadigan uylar roʻyxati shakllantiriladi.

Koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqarish organlarini roʻyxatdan oʻtkazish tizimi ham toʻliq onlayn formatga oʻtkazildi. Ushbu tizim orqali Boshqarish organlari faoliyatining roʻyxati, uylarni biriktirish, boshqarish organlari toʻgʻrisida ochiq maʼlumotlarni yuritish, eʼlon qilib borish, xodimlari, moddiy texnik bazasi, qarzdorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, rahbar va xodimlarining malaka darajalari toʻgʻrisida maʼlumotlar yuritiladi va faoliyati metodik taʼminlanib, huquqiy yordam koʻrsatiladi.

“Turar joy” milliy axborot tizimi yaratilib, tizimga uylarning texnik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN

🔠 Tadbir yakunida jurnalist va blogerlar “Shaffof qurilish” MAT faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga muvaffaq bo’ldilar.

Ta’kidlanganidek, so’nggi yillarda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasini raqamlashtirish boʻyicha keng koʻlamda ishlar amalga oshirildi. Mazkur ishlar natijasida sohada shaffoflik va samaradorlik yuzaga keldi, aholi hamda biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM