QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.4K subscribers
21.5K photos
3.66K videos
287 files
8.78K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
❗️Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi Davlatimiz rahbari e'tiborida!

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi arafasida e'lon qilingan Prezidentimizning tegishli farmoni doirasida  o‘zining ko‘p yillik fidokorona mehnati, jamiyat rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi bilan obro‘-e'tibor topgan bu insonlarni Farg'ona viloyati ahli nomidan qutlab, ezgu tilaklarini bildirgan viloyat rahbari, mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi.

E'tiborli jihati, taqdirlanganlar orasida kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimining o‘rin olishi bevosita yurtboshimiz tomonidan kommunal sohaga berilayotgan keng ko‘lamli e'tibor mahsulidir.

"Kichik mehnatimizni yuksak qadrlab, Prezidentimiz tomonidan yuqori darajada e'tirof etilishi bizni benihoya quvontirdi. BSKlar faoliyatini munosib rag'batlantirish, har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini viloyatimizda obod manzillarga aylanayotgan mahallalar, yangidek ta'mirdan chiqarilayotgan ko'p kvartirali uylar misolida ham ko'rishimiz mumkin. Bosh maqsadimiz esa — sidqidildan mehnat qilib, xalq roziligiga erishish! Bugungi mukofot shaxsan men uchun kelgusi faoliyatimga katta stimul bo'ldi", - deydi Farg‘ona shahridagi 43 ta ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi rahbari Charosxon Kamchiyeva.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayramga_tuhfa

🔔Bayram obyektlari foydalanishga topshirildi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FARMONGA_SHARH

✔️ "Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi" DUKning tashkiliy-huquqiy shakliga kiritilgan o'zgartirishlar haqida batafsil

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FARMONGA_SHARH

*️⃣Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutida ta'lim jarayonlari qay tartibda olib boriladi?

Masofaviy ta'lim dasturi joriy etilganmi?


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🟥Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Texnik meʼyorlash va standardlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan joriy yilning 30-avgust kuni Xitoyning standartlar va normalar boʻyicha yetakchi tadqiqot instituti (RISN) rahbariyati hamda malakali mutaxassislari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Unda  Institut rahbariyati tomonidan umumiy faoliyatga oid  taqdimotlar qilinib, hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish yoʻnalishlari va istiqboldagi  masalalar muhokama qilindi.
Xususan,  sohaga oid texnik normalar va standartlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish,  mutaxassislar stajirovkasini tashkil etish boʻyicha kelishib olindi.  Muzokaralarda hamkorlik aloqalarini  yanada kuchaytirish tomonlar oʻrtasida  manfaatli maqsadlarga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
📢 31 август, пайшанба куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинглар:

😉😉😉😉😉
Мавзу: "Ер ости сув ресурсларини муҳофаза қилиш ва улардан оқилона фойдаланишни тартибга солиш тўғрисида"ги Президент қарорида белгиланган вазифалар ижроси
⚫️Вақти: 10:00
⚫️Иштирок этади: Нурбек Пўлатов, Тоғ-кон саноати ва геология вазирлиги бошқарма бошлиғи

😉😉😉😉😉
Мавзу: "Маъмурий ислоҳотлар доирасида қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида давлат бошқарувини самарали ташкил қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони мазмун-моҳияти
⚫️Вақти: 12:00
⚫️Иштирок этади: Саидносир Усмонов, Қурилиш ва уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги ахборот хизмати раҳбари

😉😉😉😉😉
Мавзу: Кадастр хизматларини кўрсатишдаги янгиликлар
⚫️Вақти: 16:00
⚫️Иштирок этади: Неъматжон Атамуратов, Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари

😉😉😉😉😉
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#BSKlar_faoliyatidan

🌧❄️ Kuz-qish mavsumi oldidan "OBOD DIYOR JAVOHIRI"  BSK ishchi xodimlari tomonidan Samarqand shahridagi “Tojmahal” mahallasi Abu Bakr Roziy ko'chasidagi 18, 18-A va Ali Qushchi ko’chasidagi 16-ko‘p qavatli uylarning tom qismi ta’mirlanish jarayoni.

   Shuningdek, Abu Bakr Roziy ko'chasidagi 8 va 9-ko‘p qavatli uylarning oldiga yangi zamonaviy o'rindiqlar o‘rnatildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BRIFING

📣 DIQQAT! DIQQAT!

✍️ Ayni daqiqalarda AOKAda ''Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–151-son, 28.08.2023-y.) yuzasidan brifing bo‘lib o‘tmoqda.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️ https://fb.watch/mLZj-fyRY0/?mibextid=Nif5oz

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BRIFING

Joriy yilning 28-avgustida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi”  Farmoni qabul qilindi. Xoʻsh mazkur hujjatning dolzarbligi va ahamiyati nimada?   

📌 Gap shundaki, mazkur Farmon bilan  Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatining 8 ta ustuvor yoʻnalishi belgilab berildi. Shuningdek, vazirlik tizimidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish dasturi ham tasdiqlandi. Unga koʻra Qurilish vazirligi faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasmi va Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligini rivojlantirish jamgʻarmasi birlashtirilib, yagona jamgʻarmaga aylantirildi. Vazirlik muassisligidagi 5 ta davlat unitar korxonalari va 1 ta masʼuliyati cheklangan jamiyati qayta tashkil etilib, davlat muassasalariga aylantirildi hamda  faoliyatiga oid asosiy tartib-taomillar belgilab berildi. Shuningdek, vazirlik huzuridagi markaz va  ilmiy-tadqiqot instituti nomlari oʻzgartirildi va faoliyat yoʻnalishi tasdiqlandi. 
“Oʻzsuvtaʼminot”, “Oʻzogʻirsanoatloyiha” va “ToshuyjoyLITI” aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini boshqarish vakolati vazirlikka oʻtkazilib, vertikal boshqaruv va hisobdorlik tizimi yaratildi.
Taʼkidlash kerakki, vazirlik huzuridagi “Koʻp xonadonli uylarni mukammal va joriy taʼmirlash hamda issiqlik taʼminoti obyektlari qurilishi boʻyicha” injiniring kompaniyasi tugatilib, uning oʻrniga hokimliklar huzuridagi “Koʻp qavatli uylarni taʼmirlash” injiniring kompaniyalari va hududiy boshqarmalar huzurida “Issiqlik taʼminoti obyektlari boʻyicha injiniring kompaniyalari” tashkil etildi.
➡️ Yana bir yangilik. Vazirlik huzurida aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi funksiyasini bajaradigan hamda  Davlat shaharsozlik kadastrini va Shaharsozlik geoaxborot tizimini yuritadigan Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi  faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Shuningdek, arxitektura, qurilish, muhandislik va kommunal xoʻjaligi sohalarida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va  malakasini oshirish hamda ularni baholash boʻyicha ixtisoslashgan davlat oliy taʼlim muassasasi yaʼni  Kompetensiyani rivojlantirish instituti tashkil etilmoqda. 
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat tizimi yanada kuchaytirilmoqda va uning qamrovi kengaytirilyapti. Xususan, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishga masʼul etib belgilandi.
Vazirlik huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi obyektlarda qurilish-montaj ishlarining sifati va loyiha hujjatlariga muvofiqligini nazora qilish bilan qatorda  koʻp kvartirali uy-joy fondidan va ichimlik suvdan foydalanish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish uchun masʼul etib belgilandi. Endilikda hududiy inspeksiyalarning xodimlari soni nazoratga olinadigan obyektlarning soniga qarab belgilanadi.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️ https://fb.watch/mLZj-fyRY0/?mibextid=Nif5oz   

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING Joriy yilning 28-avgustida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi”  Farmoni qabul qilindi.…
#BRIFING

❗️Qurilish faoliyati subyektlarining majburiy tartibdagi nazorat tadbirlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasida amalga oshiriladi.
Hududiy inspeksiyalar faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va ularga umumiy rahbarlik qilish vertikal boshqaruv tizimi asosida Inspeksiya va vazirlik tomonidan amalga oshiriladi. Bunda hududiy inspeksiyalarning qonuniy faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tegishli tashkilot hamda idoralarning  aralashuvi yoki taʼsir oʻtkazishi qatʼiy taʼqiqlanmoqda.
Arxitektura, loyiha faoliyati va qurilish nazorati mutaxassislarini 10 ta faoliyat yoʻnalishi boʻyicha sertifikatlash tizimi joriy qilinmoqda.
Shuningdek, 19 ta muhim chora-tadbirlar, xususan, ichimlik suvi, kanalizatsiya, issiqlik taʼminotini rivojlantirish, davlat xaridlari va reyting tizimini takomillashtirish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, energiya tejamkor namunaviy loyihalarni joriy qilish, davlat xususiy sheriklik loyihalarini kengaytirish, nazorat tizimini kuchaytirish, ulush asosida qurish mexanizmlarini qayta koʻrib chiqish, mutaxassislarni sertifikatlash va malakasini oshirishga oid transformatsiya  va islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” ham tasdiqlandi.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️ https://fb.watch/mLZj-fyRY0/?mibextid=Nif5oz     

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Қурилиш ва уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги брифинги
#31aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur