QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.4K subscribers
21.4K photos
3.66K videos
286 files
8.77K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
📹#Onlayn

📌 Vazir o'rinbosari Toir Alimatov Shayxontohur, Uchtepa va Chilonzor tumanlaridagi boshqaruv servis kompaniyalari holatini o'rganmoqda.

🏢 Uchtepa tumanidagi ayrim ko'p qavatli uylar yerto’lasi ko’zdan kechirilganda ularda suv borligi jiddiy e’tirozga sabab bo'ldi.

Chilonzor tumanida esa ko'p qavatli uylarning kirish qismiga energiya tejamkor chiroqlar o’rnatilmagani va eshiklariga muayyan xavfsizlik qismlari qo’yilmagani tanqid qilindi.

Har bir kamchilik bo’yicha joyida ko’rsatma taqdim etilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn

📍Vazir Bektemir tumanida

O’rganish ishlari Bektemir tumanida ham davom etmoqda. “Poytaxt grand stroy” BSK tumandagi 37 ta uyga xizmat ko’rsatib keladi.

🏘 Vazir Sherzod Hidoyatov, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ullari va barcha tuman sektor rahbarlari tomonidan o’tkazilayotgan reyd davomida kompaniya tomonidan ko’p qavatli uylarni qish mavsumiga tayyorlash va murojaatlar holati o’rganilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn

📌 Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Yashnobod tumaniga yetib kelib, mazkur hududdagi boshqaruv organlarini qat’iy nazoratga olmoqda.

Tumandagi dastlabki o’rganish ishlari “LMM GRIN” BSKdan boshlandi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu tadbirlar faqatgina boshqaruv tashkilotlari kamchiliklarini aniqlash emas, balki ularni qiynab kelayotgan masalalarda yordam berishni nazarda tutmoqda. Shu ma’noda vazir o’rinbosari joylarda boshqaruv organlari duch kelayotgan masalalarni ham o’rganmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn

Soat tungi 02:40, nazorat tadbirlari kuchaytirilgan tartibda hamon davom etmoqda.

Ozoda Jo’rayeva faoliyati yuzasidan tanqidiy holatlar ko’paygan “Integral ser-tech” kompaniyasini ham o’rganyapti.

Kompaniya mas’ullariga qishki mavsumda e’tiborsizlikka yo’l qo’ymaslik lozimligi tushuntirilmoqda.

- Xalq samimiyatni xush ko’radi. O’z ishingizga sovuqqonlik qildingizmi, demak bunga yarasha javobga ham tayyor turing, - deya ta’kidlamoqda vazir o’rinbosari.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn

🔴 Navbatdagi manzil - Yunusobod tumani

Bugungi kunga qadar vazirlik tomonidan boshqaruv tashkilotlari faoliyati bo’yicha tungi reyd tadbirlari o’tkazilib, ularning mas’uliyatini oshirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilgan edi.

Hozirda maxsus ishchi guruhi tashkil etilib, kuchaytirilgan tartibda nazorat tadbirlarini olib borish boshlangan.

Ta’kidlayotganimizdek, mazkur jarayonga vazirlik rahbariyati ham alohida jalb etilgan.

🏘 Sherzod Hidoyatov ayni damda Yunusobod tumanida o’rganish ishlarini olib bormoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn

🔗 Ishchi guruh Yakkasaroy tumanida ham bo’lishdi. Avvalo, ko’zlangan rejalar muhokama qilinib, undan so’ng har bir BSKdagi tungi faoliyat tahlil qilindi.

O’rganishlar davomida belgilangan tartibda ishlayotgan BSK mutasaddilariga yanada mas’uliyat bilan ishlash, ayrim kamchiliklarga ega BSKlarga muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etib, aholiga munosib turmush sharoitini yaratishlari lozimligi tushuntirildi. Xususan, har bir boshqaruv kompaniyasida ular duch kelayotgan muammolar tinglandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn

📍Ayni damda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mas’ullari Yashnobod tumanida ham o’rganish ishlarini olib borishmoqda.

Xususan, “Engineering technology servis” MCHJ, “Natural Bio Plus” BSK, “FMM GREEN” va “JMM GREEN” MCHJlar faoliyati hamda ular xizmat ko’rsatayotgan uylarning holati ko’rib chiqildi.

Issiqlik ta’minoti, yerto’lalarning holati, murojaatlarning amaliy yechimi kabi masalalar mutasaddilar e’tiboridan chetda qolmadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri tungi o’rganish ishlarini Yunusobod tumani 10-mavzedagi “Iskra kommunal” BSKda davom ettirdi.

Mazkur boshqaruv kompaniyasi bugungi kunda 37 ta uyga xizmat ko’rsatib kelmoqda.

BSKdagi dispetcherlik xizmati, ko’p qavatli uylarga yetkazib berilayotgan issiqlik ta’minoti, aholi murojaatlarini qabul qilish tartibi kabi masalalar diqqat bilan ko’zdan kechirilyapti.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn
#Qish_mavsumi

Havo harorati past. Qorong’u kecha. Uy-joylarga xizmat koʻrsatish sohasi vakillari esa oʻz huzur-halovatidan kechib, mulkdorlarga xavfsiz va qulay sharoit yaratish maqsadida mehnat qilmoqda.

#Toshkent_viloyati

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn
#Qish_mavsumi

❄️ Kun o’z o’rnini tunga almashgan. Havo harorati sovub bormoqda. Xo’sh, ko’p qavatli uylardagi kommunal ahvol qanday?Fuqarolarning kayfiyatichi? Albatta mas’uliyatli palla.

🏘 Shu kunlarda barcha tashkilotlar qatori Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi mas’ullari poytaxtimiz hududlarida bo’lib, aholi turar joylariga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari va xonadonlarda bo’lib real holat bilan tanishishmoqda. Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari T.Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi Shayxontohur tumanidagi BSKlar faoliyatini ko‘zdan kechirmoqda.

“Yangi Jangoh Plyus” BSK 32 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot.
Kuzatuvlar davomida tashkilot binosida gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammo aniqlandi va kompaniyaga joyida amaliy yordam ko‘rsatildi. Shu bilan birga ko‘p qavatli uylardagi xonadon egalari bilan suhbatlashildi. Fuqarolarning bildirishicha, kompaniya xizmatidan hozircha e’tiroz yo’q.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM