QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
23.7K photos
4.18K videos
293 files
9.74K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar

*️⃣Obodlik ko‘ngildan boshlanadi - Farg‘ona viloyati

🔰 Bugungi kunda viloyatning qaysi go‘shasiga bormang ko‘chalar ozoda, deyarli chiqindi uyumlarini uchratmaysiz. Zero, obod makonda ish unumli va barakali bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21- iyuldagi 459-sonli farmoyishiga asosan joriy yilning 30-iyulidan 30-avgust kuniga qadar respublikamiz bo‘ylab ''Obodonlashtirish oyligi'' bo'lib o'tmoqda. Mazkur tadbir doirasida xususan, Farg‘ona viloyatidagi barcha ko‘p qavatli uylarning tutash hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari tashkil etilmoqda.

💬 Bu borada ayniqsa ko‘p qavatli uylarning atrofini obodonlashtirish, hududlarning ozodaligini ta’minlab turish ishlariga ham jiddiy e’tibor qaratilib, mavjud muammolarni hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Siz_buni_bilasizmi

🔔 Qurilishda buyurtmachi va loyihachilar oʻrtasida qanday majburiyatlar borligini bilasizmi?

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

✔️ Shaharsozlik asosi modernizatsiyasi: hamkorlik loyihalari va istiqbolli rejalar! 

Bugun “O‘zbekiston Respublikasi shaharsozlik normalarini modernizatsiya qilish” hamkorlik loyihasi doirasida Qurilishda texnik me’yorlash va standardlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Koreya Qurilish muhandisligi va qurilish texnologiya instituti rahbariyati, malakali mutaxassis ekspertlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida Koreya delegatsiyasi tomonidan loyiha doirasida  amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot tinglandi. Hamkorlikdagi loyihani yanada jadallashtirish yuzasidan fikrlar qayd etildi.

⚠️ Shu bilan birga loyiha doirasida kelgusi bosqichlarda amalga oshiriladigan vazifalar muhokama qilindi. Xususan, har hafta videokonferens aloqa orqali koreyalik va o‘zbekistonlik ekspertlar o‘zaro hamkorlikda shaharsozlik normalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha onlayn muloqot tashkil etishlari, shuningdek, hamkorlikda seminar hamda amaliyotlar o‘tkazish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar belgilandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

🟢Toshkent shahri Chilonzor tumani Nurxon ko’chasi 21-uy manzilida joylashgan “REAL LION HOUSES” MChJ tomonidan qurilishi rejalashtirilgan bino-inshootning:

• loyiha-smeta hujjatlari kelishilmaganligi;
• ishchi loyiha hujjatlari bo'yicha ekspert tashkilotining xulosasi mavjud emasligi;
• Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tmasdan, qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi singari holatlar aniqlangan.

Mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan “REAL LION HOUSES” MChJ rahbariga nisbatan bajarilishi majburiy bo’lgan yozma ko’rsatmalar berilib, O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to’grisida”gi Kodeksning 99-moddasi 7-qismi bilan ikki marta ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Shu bilan birga hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 2022-yilning 5-oktabrida “REAL LION HOUSES" MChJga nisbatan qonuniy chora ko’rilishi yuzasidan Chilonzor tuman hokimligiga hamda Chilonzor tumani prokuraturasiga tegishli xatlar yuborilgan.

Murojaatda keltirilgan masalalar yuzasidan inspeksiya mas’ul xodimlari tomonidan mavjud qoidabuzarliklar bartaraf etilmagunga qadar qurilish-montaj ishlarini olib bormaslik haqida kafolat xati olinganligiga qaramasdan qurilish-montaj ishlari davom ettirilganligi tufayli Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiya tomonidan qurilish-montaj ishlarini to'xtatish va qurilishni buzish yuzasidan Toshkent shahar tumanlararo Iqtisodiy sudiga da’vo kiritilganligini hamda hozirgi kunda sud ishlari jarayonda ekanini ma’lum qilamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TAYINLOV

📌 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-avgustdagi tegishli Qaroriga ko‘ra Adilov Davronjon Kabildjanovich O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari - ”Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori lavozimiga tayinlandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевга Тошкент шаҳридаги бунёдкорлик лойиҳаларининг бориши ҳақида ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о ходе строительных проектов в городе Ташкенте.

#Mirziyoyev #taqdimot #Toshkent #qurilish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
63-son.pdf
767.9 KB
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 8 август кунги 63-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан https://t.iss.one/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Ушбу pdf файл таҳририят томонидан тақдим этилди.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/uzbunyodkor
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

✔️ Sifat va masʼuliyat. Fargʻona viloyatining Fargʻona tumanida qurilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi ishchi guruhi tomonidan oʻrganilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

🔠 Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Fargʻona shahri Farobiy koʻchasida joylashgan buyurtmachi-pudratchi “Prom eko stroy” MCHJga qarashli 12 qavatli turar-joy binosi qurilishiga oid video murojaat  Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi  tomonidan oʻrganildi.

Obyektda  qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun 2022-yil 27-dekabr kuni hududiy nazorat inspeksiyasiga  ariza bilan xabarnoma yuborilib, inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Oʻrganish davomida shuningdek, quyidagi holatlar aniqlandi:

🟪 QMQ 3.01.02-00 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” meʼyoriy hujjatning 2.2 bandiga muvofiq qurilish maydonchasining tashkil etilishida xavfli zonalar xavfsizlik belgilari va tegishli shakldagi yozuvlar bilan belgilab qoʻyilmagan. Ushbu holatlar yuzasidan inspeksiya mutaxassisi tomonidan buyurtmachiga yozma koʻrsatma berilib, obyektda qurilish ishlari toʻxtatildi. Video murojaatdagi holat takrorlanmasligi uchun pudratchi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etishga kirishildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🗺Jizzax viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Do'stlik tumani "Oltin vodiy" MFY hududida "Yagona buyurtmachi xizmati" IKning 7-sonli umumta'lim maktabini mukammal ta'mirlash obyektida nazorat tadbiri o'tkazildi.

Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

bajarilgan devorlarni suvoqlash ishlari loyiha talablari asosida bajarilmagan;

pol ishlarida "lagalar"ning orasidagi o'chamlar loyiha o'lchamlariga mos kelmasligi aniqlandi;

obyektning 1-qavat xonalarida polga kafel qoplash ishlari loyiha asosida bajarilmagan;

texnik nazorat hamda mualiflik nazorati qoniqarsiz olib borilgan.

☁️ Qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning mas'ul shaxslariga inspeksiya xodimlari tomonidan yozma ko'rsatma berildi, loyiha talablari asosida bajarilmagan ishlar joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi.

#JIZZAX

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM