QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
23.7K photos
4.18K videos
293 files
9.74K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
#JARAYON

📎 Xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi uy-joy fondini rivojlantirish, uylar atrofining obodonligini ta’minlash, aholi roziligiga erishish, ko‘p qavatli uylarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish hamda boshqaruv tashkilotlarining ish faoliyatini o‘rganish, ularga amaliy yordam koʻrsatish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilgan edi.

Bugun poytaxtimizning Shayxontohur tumanida Prezident Administratsiyasi mas’ullari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Habibulla Mirsoatov, Toshkent shahar IIV boshlig‘i o‘rinbosari Ravshan Sultonxo‘jayev, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ullari va boshqa sohaga daxldor tashkilotlar vakillari ishtirokida ishchi guruh yig‘ilishi tashkil etilib, galdagi muhim vazifalar belgilab olindi.

◀️ Yigʻilishda tumandagi barcha koʻp qavatli uylarning muammolarni tizimli oʻrganish, aholi muammolari bilan ishlash, shu bilan birgalikda uylar atrofining obodligini saqlash boʻyicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, mulkdorlar roziligiga erisha olmayotgan boshqaruv tashkilotlari faoliyatini koʻrib chiqish masalasi ilgari surildi.

- Berilayotgan shuncha imkoniyatdan foydalana olmayotgan boshqaruv tashkilotlari faoliyatini uzoq davom ettira olmaydi,- dedi vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva.

Yig'ilishda hech bir muammo e’tibordan chetda qolmasligikerakligi ta’kidlandi. Tumandagi har bir hudud uchun alohida mas’ullar biriktirilib, ularga yo'nalishi bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rahbariyat_qabuli     

 🏘 Qurilish va uy- joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva bugun Toshkent shahri va viloyatlardan kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal sohaga oid murojaatlarini qabul qildi.
      Xususan, aholining  ko‘p qavatli uylarni boshqarish usulini o‘zgartirish, boshqaruv tashkilotlari faoliyatidan norozilik, noqonuniy qurilmalar, suv ta'minoti va unga qonunga zid ravishda ulanishlar, lift, oqova suv tizimi (kanalizatsiya), billing tizimi bilan bog‘liq  murojaatlari qabul qilindi. Vazir o‘rinbosari boshchiligidagi mutasaddilar aholini qiynayotgan mazkur masalalarni bartaraf etish usullari bo‘yicha huquqiy tushunchalar berdilar. O‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan aniq muddat belgilanib, chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
      Ozoda Jo'rayeva ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatuvchi ayrim boshqaruv tashkilotlari faoliyatini tanqid qilar ekan, moliyaviy qonunbuzlishga yo'l qo'yish og'ir oqibatlarga olib kelishini ta'kidladi.    
      - Kommunal sohada ko'p yillik tajribaga ega odam sifatida aytamanki, xalq puliga xiyonat qilganning kosasi hech qachon oqarmaydi,- dedi Ozoda Jo'rayeva.
  
🔵Bugungi qabulga yozilgan 20 nafar fuqarodan 16 tasining murojaati ijobiy hal etildi va huquqiy tushunchalar berildi. Qolgan 4 ta murojaat  shaxsan vazir o'rinbosari nazoratida bo'lishi ta'kidlandi.
      - Aholimizni o'zi istiqomat qiladigan uyning taqdiriga befarq bo'lmaslikka undashimiz kerak. Yillar davomidagi e'tiborsizlik,  tomonlarda  daxldorlik tuyg'usining mavjud bo'lmaganligi tizimda yetarlicha muammolar yig'ilib qolishiga sabab bo'lgan, - dedi vazir o‘rinbosari.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

😄 Har bir murojaat ortida inson taqdiri

Aholining barcha qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish, yechimini kutayotgan dolzarb muammolarni joyida aniqlash, oʻrganish hamda bartaraf etish maqsadida Prezident maslahatchisi rahbarligida 20 dan ortiq vazirlik va Respublika idoralari bilan bir qatorda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Farg'ona viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Fargʻona shahrida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

🗺FARG'ONA VILOYATI

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🫥 Bugun Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida 2023-2024-o’quv yili qabuliga umumta’lim maktablari bitiruvchilari hamda band bo’lmagan fuqorolarni jalb qilish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” o’tkazildi.

Tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi Kompitensiyani rivojlantirish va malakani baholash tizimini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i A'zamiddin Qo’ldoshev hamda vazirlik tarkibidagi Toshkent, Buxoro, Navoiy texnikumlari rahbarlari va ish beruvchi kompaniyalar vakillari maktab bitiruvchilari ishtirok etishdi. Tadbir qatnashchilari texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish barobarida mutaxassislardan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🚫 Янги қуриладиган кўп квартирали уйларни чиқинди тўплаш жойларини белгиламасдан лойиҳалаштириш ҳамда фойдаланишга қабул қилиш тақиқланади.

🏬 Шунингдек, янги қуриладиган кўп квартирали уйларнинг чиқинди тўплаш жойлари улардаги квартиралар сонига мутаносиб равишда ҳамда атрофдаги мавжуд чиқинди тўплаш шохобчалари қуввати ҳисобга олинган ҳолда лойиҳалаштирилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#rasmiymunosabat

Aholi roziligisiz Yunusobod tumani 8-mavzedagi qurilish amalga oshirilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida 8-mavze,17, 19 va 20-uylar oralig‘ida olib borilayotgan qurilish ishlaridan fuqarolarning noroziligi aks etgan xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat Toshkent shahar hokimligi va vakolatli davlat tashkilotlari tomonidan manzilga chiqib atroflicha o‘rganildi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahar hokimining 2018-yil 5-fevraldagi 187-sonli qarori bilan "FRANCHISING INVEST" MChJga Yunusobod tumani, 8-mavze 17, 19 va 20-uylar oralig‘idagi 1,23 gektardan iborat yer maydoni mavjud avtoturargohni o‘z hisobidan buzish va o‘rnatilgan tartibda yetkazilgan zararlarni qoplash hamda aholining roziligini olish sharti bilan ko‘p qavatli bino qurish uchun ajratib berilgan.
Guvohi bo‘layotganingizdek, aholi roziligini olish muhim shart sifatida belgilangan.
Shunga ko‘ra, quruvchi kompaniya bu hududdagi bunyodkorlik ishlarini shu hududda yashovchi aholining roziligi bilangina boshlashi mumkin.

19-may kuni Qurilish tashkiloti Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan qurilishni aholining roziligisiz boshlamaslik, aks holda loyiha va loyiha oldi hujjatlari bekor qilinishi xususida rasman ogohlantirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BILASIZMI

🗺Qurilish obyektlari hududini o'rash tartibiga oid talablar

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

😄 Zilziladan erta ogohlantirish

1-dekabrdan ishlaydigan tizim afzalliklari haqida...

Endi yangi qurilayotgan uylarning nazorati kuchaytiriladimi?


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

😇Mamlakatimizda yoshlar kamoloti, sport rivoji uchun puxta zamin yaratilgan. Xususan, jismoniy sportni aholi ayniqsa, yoshlar o’rtasida ommalashtirish,
sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, yangi Oʻzbekistonda sport siyosat darajasiga chiqdi. Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlari sportning barcha turlarida oʻz mahoratlarini koʻrsatib, dunyo miqyosida hurmat-e’tibor qozonmoqdalar. Yosh avlod uchun sport qalb ehtiyoji, ruhiy kayfiyat tantanasiga aylandi.
      Soʻnggi yillarda yurtboshimizning mamlakatimizda sportni rivojlantirish, xususan ogʻir atletika boʻyicha yoshlarimizning jahon arenasida tutgan oʻrnini mustahkamlash borasidagi e’tiborlari bugun oʻz samarasini koʻrsatmoqda. Nufuzli musobaqalarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilayotgan ogʻir atletikachilarimiz soni tobora ortmoqda. Bu esa har bir vatandoshimiz qalbida faxr-iftixor tuyg'ularini uyg'otishi shubhasiz.
     🏘 Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri - Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi raisi B.Zakirov ana shunday yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida  O’smirlar o’rtasida Jahon chempionati va kattalar o’rtasida Osiyo chempionatida yuqori natijalarga erishib, yurtimiz nomini xalqaro arenalarda munosib himoya qilgan sportchilar hamda murabbiylar bilan uchrashdi. Vazir tomonidan iqtidorli yoshlar hamda murabbiylar munosib taqdirlandi.
😇Sizning har bir gʻalabangiz ortida ustozlaringiz mehnati, ota-onangizning yuksak ishonchi yotadi. Avvalo, sizni shunday iqtidorli qilib tarbiyalagani uchun ularga minnatdorlik bildiraman. Vatan sha’nidek yuksak mas’uliyatni oqlayotganingiz uchun rahmat, har bir gʻalabangiz sport tarixida yangi sahifa ochadi,- dedi B.Zakirov.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💐🎉NAMANGAN 62-XALQARO GULLAR FESTIVALI

Joriy yilning 21-mayidan 21-iyun kuniga qadar Namangan shahrida boʻlib oʻtadigan ''Xalqaro gullar festivali''ga viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi tomonidan hududning eng sara gullaridan tayyorlangan maxsus kompozitsiya asosida Yangi Namangan shaharchasining zamonaviy  ishbilarmonlik markazi, Talabalar shaharchasi, Ibrat universiteti va turar-joylar kompleksi maketlari qurildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 Qaysi hududda qurilish korxonalari koʻproq faoliyat yuritmoqda?

🏢 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra 2023-yilning 1-may holatiga respublikamizda jami 36 009 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Ulardan 1 666 tasi joriy yilning yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan.

✔️ Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:

Toshkent shahri – 7 139 ta

Toshkent viloyati – 3 086 ta

Fargʻona viloyati – 3 014 ta

Qashqadaryo viloyati – 2 970 ta

Samarqand viloyati – 2 554 ta

Buxoro viloyati – 2 566 ta

Surxondaryo viloyati – 2 548 ta

Andijon viloyati – 2 378 ta

Qoraqalpogʻiston R. – 1 873 ta

Namangan viloyati – 1 779 ta

Xorazm viloyati – 1 736 ta

Jizzax viloyati – 1 613 ta

Navoiy viloyati – 1 533 ta

Sirdaryo viloyati – 1 220 ta

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM