QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
23.7K photos
4.2K videos
293 files
9.76K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
#JARAYON

Joriy yilning 11-13-may kunlari Kompetensiyani rivojlantirish va malakani baholash tizimini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi A.Qoʻldashev va ishchi guruh aʼzolari tomonidan reja grafik asosida Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv jarayonining tashkil etilishi, mavjud moddiy-texnik bazadan foydalanish holatlari oʻrganildi hamda ularga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha zaruriy choralar koʻrildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🫥 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi mas’ullari ishtirokidagi nazorat tadbirlari poytaxtimizning Yashnobod tumanida davom etmoqda.   
      Xususan, Sodiq Azimov koʻchasi 51-uy 39-xonadon mulkdori tomonidan  koʻp qavatli uyga tutash yer uchastkasi egallab olinib, oʻzboshimchalik bilan qurilma barpo etilgan.
     Inspeksiya xodimlarining bir necha bor ogohlantirishi va majburiy koʻrsatma taqdim qilinishiga qaramay, mulkdorning  qoidabuzarlik holatini ixtiyoriy ravishda bartaraf etmaganligi sababli inspeksiya tomonidan Fuqarolik kodeksining 212-moddasiga asosan tumanlararo Fuqarolik sudiga da’vo arizasi kiritilgan.
    
  Reyd tadbiri davomida mutaxassislarning mulkdor bilan bogʻlanishga bir necha bor  urinishlari foydasiz boʻldi. Aholining koʻplab e’tirozlariga sabab boʻlayotgan mazkur obyekt qurilishi hozirda inspeksiya tomonidan toʻxtatib qoʻyilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
40.pdf
16.8 MB
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 16 май кунги 40-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан https://t.iss.one/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Ушбу pdf файл таҳририят томонидан тақдим этилди.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/uzbunyodkor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mas'ullari ishtirokida Navoiy shahrida Qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyati, reytingiga bag'ishlangan ochiq muloqot olib borildi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

📝 Shu kunlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan “Mening uyim” billing tizimi yaxshi ishlamayotgani, boʻlimlarning sekin ochilayotgani boʻyicha fikrlar qoldirilmoqda. Albatta, ularning tanqidlarida jon bor. Boisi hozirgi paytda “Mening uyim” platformasining dasturiy taʼminot tizimi toʻliq yangilanish jarayonida. Shuning uchun onlayn xizmat koʻrsatish jarayonlarida uzilishlar yoki sekinroq ishlashi kuzatilmoqda. Ushbu noqulayliklar uchun foydalanuvchilarimizdan uzr soʻraymiz. Yaqin kunlarda aholiga yanada qulay va tezkor ishlaydigan yangilangan platforma ishlay boshlaydi.

⚠️ Maʼlumot uchun: bugungi kunda “Mening uyim” billing tizimiga mamlakatimizdagi 1 300 000dan ortiq xonadonlar ulangan boʻlib, koʻp qavatli uy-joylarga toʻlanadigan majburiy badal (kvartplata) pullarini avtomatik qabul qilish tizimi hisoblanadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#XALQARO_HAMKORLIK    

      📎 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov boshchiligidagi mas’ullar  Janubiy Koreya markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti korporatsiyasi (KDHC) vakillari bilan uchrashdilar.
      Tomonlar issiqlik ta’minoti sohasida o‘zaro tajriba va bilim almashishning istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, korporatsiya tomonidan ishlab chiqilgan KSP - sohada kadrlarni o‘qitish, ularning malakasini zamonaviy talablar asosida oshirish, shuningdek ODA- issiqlik korxonalarini modernizatsiya qilish, sohaga energotejamkor loyihalarni joriy etish bo‘yicha loyiha dasturlari ko‘rib chiqildi.  KDHC vakillari o‘z faoliyati davomida to‘plagan ko‘nikmalari hamda tizimni yaxshilash yuzasidan jamlangan keyslari bilan bo‘lishishi mumkinligini bildirdi. O‘z o‘rnida vazirlik mutasaddilari ham mazkur tajribani o‘rganishdan mamnun bo‘lishlarini ta'kidladilar.
       KDHC korporatsiyasi bilan 2022-yil 6-iyunda imzolangan anglashuv memorandumi ikki tomonlama hamkorligimizda tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu do‘stona munosabatlar keyingi hamkorlik loyihalarining debochasi bo‘lishiga ishonaman. Janubiy Koreya dunyo energiya bozoridan muhim o‘rin egallagan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda O‘zbekistonda issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilish hamda malakaviy potensialni oshirish uchun grantlar jalb qilishda ko‘rsatayotgan amaliy yordamingiz uchun minnatdorlik bildiraman, - dedi vazirning birinchi o‘rinbosari. 
      Shuningdek, Sherzod Hidoyatov so‘nggi yillarda mamlakatimizning issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Tomonlar issiqlik ta’minoti sohasida kadrlarni tayorlash, issiqlik  obyektlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali energosamaradorlikka erishish bo‘yicha takliflarni muhokama qildilar. Shuningdek, markaziy isitish tizimiga oid qonunlarni ishlab chiqish, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti obyektlarini raqamlashtirish, xavfsizlik qoidalari, tarif siyosati kabi qator yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi. 
      Ma’lumot uchun: Koreya markazlashtirilgan issiqlik korporatsiyasi - KDHC 1985-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Janubiy Koreyaning 50 foizdan ortiq aholisini issiqlik energiyasi bilan ta’minlab keladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_QIZIQ

✔️ Oson, qulay va samarali yechim

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📌  Qashqadaryo viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan viloyat hududida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
qurilayotgan noqonuniy obyektlarni aniqlash va ularni bartaraf
etish boʻyicha navbatdagi monitoring oʻtkazildi.

Monitoring davomida Qarshi shahri “Beklar” MFY hududida buyurtmachi-pudratchi tashkilot “Pahlavon Trans” MCHJ tomonidan 5 qavatli birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchasi qolgan qavatlari turar-joy binosi qurilishi noqonuniy ravishda amalga oshirilayotganligi aniqlandi. Shuningdek, obyekt qurilishida “Pahlavon Trans” MCHJ tomonidan qator qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilgan.

Jumladan:
- loyiha-smeta hujjatlariga ekspertiza tashkilotining yigʻma ijobiy ekspertiza xulosasi olinmagan;
- obyekt qurilishi hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtkazilmagan;
- qurilish obyekti atrofi vaqtinchalik himoya to’sig‘i bilan o‘ralmagan.
- qurilish obyektida ishchi xodimlar tomonida texnika xavsizligi qoidalariga amal qilinmagan.

Inspeksiya mutaxassislari tomonidan “Pahlavon Trans” MCHJ rahbariyatiga obyekt qurilishi uchun ruxsat beruvchi shaharsozlik hujjatlarini toʻliq rasmiylashtirib, inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha talabnoma berildi.

Obyektda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar barcha turdagi qurilish-montaj ishlarini vaqtincha to’xtatildi.

#QASHQADARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM