QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
22.3K photos
3.91K videos
289 files
9.21K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#JARAYON

   🏠  Kunlar isishi bilan respublikamizdagi koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkilotlari tomonidan ta’mirlash-tiklash ishlari jadal suratlarda boshlab yuborildi. Poytaxtimizning Uchtepa tumani “Areba klass” boshqaruv servis kompaniyasi ham aholiga qulay sharoitlar yaratish, uylar atrofini obodligini ta’minlash va mavjud muammolarni bartaraf etish yoʻlida qator ishlarni amalga oshirilmoqda. Joriy yilning oʻtgan vaqti davomida 10 ta koʻp qavatli uyning yertoʻla qismidagi kommunikatsiya tarmoqlari toʻliq yangilandi. Mazkur tarmoqlar maxsus moslama (korub)ga terilib, yertoʻlada tartibni saqlash, shu bilan birgalikda ularning ortiqcha shikastlanishini oldini olishda qoʻl kelmoqda. Shuningdek, koʻp qavatli uylarning yertoʻlasi devorlari oʻzgartirilmagan holda gipsakarton qoplamasi bilan yangi qiyofa kasb etmoqda. Mazkur amaliyot kelgusida aholi roziligi bilan yertoʻlalarni tadbirkorlik subyektlariga ijara asosida berish va daromad koʻrish maqsadida amalga oshirilmoqda. 2023-yilda kompaniya tomonidan 40 ta koʻp qavatli uyning yertoʻlasini ta’mirlash rejalashtirilgan.
     ❗️Shuningdek, qisqa vaqt mobaynida kompaniya koʻp qavatli uylarning 46 ta kirish yoʻlagini ta’mirladi. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida pandus, oʻrindiq, chiqindi qutilari oʻrnatildi.  Bu yil rejasiga koʻra ko'p qavatli uylarning 216 ta kirish yoʻlagini ta’mirlash koʻzda tutilgan.
     Mazkur boshqaruv servis kompaniyasining 40 nafar xodimi tumandagi “Koʻhna Choʻponota” hamda “Bogʻobod” mahallalarida joylashgan 70 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatib keladi. Bugungi kunga kelib mazkur mahallalar o'zgacha qiyofa kasb etgan. Boshqaruv tashkiloti ko'p qavatli uylarning fasad qismini ta'mirlashga ham alohida ahamiyat qaratib kelmoqda. Shuningdek, mulkdorlar uchun 38 turdagi qo'shimcha xizmat turlari tashkil etilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 2, 2023
15.pdf
21.6 MB
March 3, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

✔️ Yevropa standarti O'zbekistonda!

Energotejamkor Fibrobeton plitalarining afzalligi:

Yong'in xavfsizligi bo'yicha A1 toifasi;
• Oson montaj;
• Issiqlik izolyatsiyalovchi xususiyatlari;
• Mukammal tovush izolyatsiyasi;
• Yengil vazn;
• Ekologik toza material.

🔈 Ushbu innovatsion materialni o'rnatishda qulaylik binolar qiyofasida murakkab shakl va o'lchamlarni yaratish imkonini beradi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 3, 2023
#JARAYON

‼️ Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi qurilish-sinov laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan qurilish materiallarini laboratoriya sharoitida sinovlardan o‘tkazish jarayonlari amalga oshirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 3, 2023
🟢#ONLAYN

Ayni daqiqalarda poytaxtimizning Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi aholi uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda. Unda boshqa sohalar kabi jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal sohaga oid murojaatlari ham qabul qilinmoqda.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Obidjon Mo‘minov boshchiligidagi mas’ullar hozirgi vaqtga qadar chilonzorliklarning 10 dan ortiq murojaat va takliflarini qabul qildilar. Xususan, ko‘p qavatli uylarning kommunikatsiya va ichki muhandislik tarmoqlaridagi nosozlik hamda tomdan chakki o‘tish kabi holatlar qayd etilib, tezkor bartaraf etish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tumanda kuzatilayotgan sohaga doir asosiy muammo ko‘p qavatli uylarning ichki tarmoqlari bilan bog‘liq.
- Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bu yil Toshkent shahrining 1 825 ta ko‘p qavatli uylaridagi ichki tarmoqlar to‘liq ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan. Shundan 300 tasi Chilonzor tumaniga to‘g‘ri keladi, - dedi boshqarma boshlig‘i.

❗️Ma’lumot uchun, sayyor qabul bugun kun davomida Chilonzor tumani hokimligi binosida bo‘lib o‘tadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 3, 2023
#Hududlardan_xabarlar

NAZORAT TADBIRI DAVOM ETMOQDA

Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi hamda viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan “Madaniyat” MFYda joylashgan 79 ta ko‘p qavatli uylardagi 948 ta xonadonlarga xizmat ko‘rsatuvchi “Kumush bibi shirkati” MCHJ faoliyati hamda uylarning texnik holatini xatlovdan o‘tkazish ishlari boshlandi.
Jumladan, M.Yusupov va “Saylgoh” ko‘chalarida joylashgan 30 ta 2 qavatli uylar ko‘zdan kechirilganda aholi tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz qurilgan 16 ta noqonuniy qurilmalar hamda uyning konstruksiyasiga zarar yetkazish holatlari aniqlanib, shulardan 8 nafar xonadon egalariga qurilmani dastlabki holatiga qaytarilishi bo‘yicha ogohlantirish xatlari berildi.
🔵Shuningdek, noqonuniy qurilmalarga chek qo‘yish maqsadida mulkdorlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

#JIZZAX

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 3, 2023