QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
12K subscribers
22.3K photos
3.91K videos
289 files
9.21K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
❗️“Yangi Oʻzbekiston” massivlarini rivojlantirish va aholining uy-joyga boʻlgan talabini qondirish maqsadida 2023-yilda:
“Yangi Oʻzbekiston” massivlari va 161 ta boshqa massivlarda, jumladan, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan yangi uy-joylar qurishning yillik hajmlari 1,6 baravarga oshirilib, 90mingga yetkaziladi. Bunda uy-joy hamda ijtimoiy va savdo obyektlarini loyihalashtirish va qurishda avtotransport vositalarining turargohlari, shu jumladan, koʻp qavatli va yerosti avtoturargohlar majburiy ravishda barpo etilishi taʼminlanadi.


Batafsil👉Prezident Farmonida

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
❗️“Yangi Oʻzbekiston” massivlarini rivojlantirish va aholining uy-joyga boʻlgan talabini qondirish maqsadida 2023-yilda: “Yangi Oʻzbekiston” massivlari va 161 ta boshqa massivlarda, jumladan, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan yangi uy-joylar qurishning…
Prezident Farmoniga koʻra 32 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek, 11 ming nafar fuqaroga boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish uchun Davlat byudjetidan yetarli mablagʻlar yoʻnaltiriladi.
Aholini bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi doirasida mulk huquqi asosida uy-joyga ega boʻlmagan fuqarolar uchun Toshkent viloyatida tajriba-sinov tariqasida “Mening birinchi uyim” dasturi ishlab chiqilib, amalga oshiriladi.


Batafsil👉Prezident Farmonida

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish ishlari jadal tarzda davom etgan holda yangi massivlar, xiyobonlar va ijtimoiy soha obyektlari barpo etilmoqda.  Natijada hududlar yanada ko‘rkam qiyofaga kirib boraypti.
        Bunga misol tariqasida  Nukus shahridagi massivlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini keltirish mumkin.  Xususan,  hududda  20 ta ko‘p qavatli (7 qavatli) uy-joylar qurilishi belgilangan bo‘lib, mazkur qurilish ishlari “Nukus city” DUK hamda “KKRasi beton” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

      Hududdagi qurilish ishlari o‘tgan yilning avgust oyida boshlanib, joriy yilning sentabr oyida to‘liq tugatilishi  ko‘zda tutilgan.
       E'tiborlisi, bu kabi xayrli ishlardan so'ng 840 ta oila o'z  xonadoniga ega bo‘ladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🔔 Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Unda Rudakiy ko‘chasi, “Al Farobiy” MFY 117-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Bo‘riyev tomonidan o‘ziga tegishli uy-joy binosini buzib, o‘rniga yakka tartibdagi turar-joy qurish uchun Samarqand shahar qurilish bo‘limidan ruxsatnoma olganligi, ammo qo‘shimcha shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, o‘zboshimchalik bilan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirayotganligi aniqlandi.
Jumladan, shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi, yaʼni zilzilabardoshlilik, energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari va yong‘in xavfsizligi nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazilmagan.
🔵 Shuningdek, qurilishda masofalarning saqlanmaganligi hamda qo‘shni uchastka egalari bilan kelishmaganligi aniqlangan.
Bu esa tutash hududda joylashgan turar-joy binolari egalarining keskin noroziliklari va haqli eʼtirozlarini keltirib chiqarmoqda. Hozirda ushbu holat bo‘yicha Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunchiligiga ko‘ra fuqaro A.Bo‘riyevga nisbatan maʼmuriy chora qo‘llanilgan.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Chilonzor tumani Olmazor massivi 7, 8, 8/1, 8/2, 9 va 9a-uylar atrofidagi qurilish obyekti bo’yicha telegram kanali orqali tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Mazkur manzilda “UNIVERSAL CLEANING SERVIS” XK tomonidan tegishli shaharsozlik hujjatlarisiz, qurilishi rejalashtirilgan avtoturargoh binosining loyiha-smeta hujjatlari, Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi tomonidan ijobiy xulosalar asosida kelishilgan, ammo hududiy nazorat inspeksiyani xabardor qilish orqali belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmagan.

O’rganish davomida ushbu hududda qurilish-montaj ishlari boshlanmaganligi hamda “UNIVERSAL CLEANING SERVIS” XKga tegishli yer maydonining hududi xavfsizlik choralarini ko’rish maqsadida profnastil bilan o’rab olingani ma’lum bo’ldi.

✔️ Yuqoridagilardan kelib chiqib, hududiy inspeksiyadan ro’yxatdan o’tmasdan avtoturargohni qurish ishlari boshlansa mansabdor shaxsga qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko’rilishini ma'lum qilamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 ✏️'✏️✏️✏️✏️

🟡 Qurilish-pudrat tashkilotlari diqqatiga!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

💧 Norin tumani aholisining ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanmoqda

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-son qaroriga asosan Namangan viloyati Norin tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari doirasida aholini ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash masalasiga ham alohida ahamiyat berilmoqda.

➡️ Xususan, tumanning "Suzoqovul" MFY hududida 4.3 km uzunlikdagi toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar mahallada "Obidjon Akmalxon hamkor" MCHJ tomonidan 1.5 km uzunlikdagi ichimlik suv quvurlarini tortish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, "Mustaqillikning 20 yilligi" mahalla fuqarolar yig'ini Tegirmonboshi ko‘chasida ham 2.2 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

⚠️ Termiz shahar “7/7” koʻchasidagi 7 qavatli uy qurilishi 2022-yil 6-yanvarda inspeksiya tomonidan roʻyxatga olingan va qurilish-montaj ishlari boshlangan.

Buyurtmachi va pudratchi tashkilot ”Termiz qurilish industriya-sanoat injiniring“ kompaniyasi, loyihachi tashkilot esa ”Salovat sifat loyiha“ MCHJ hisoblanadi. Kompaniya tomonidan Termiz shahar Farovon massivi 3-mavzeda qurilgan 7 qavatli uy-joy to‘liq bitkazilgan.

✔️ Hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilganda ushbu uyning 2-qavat 3-xonadonida yashovchi fuqaro N.Xudoyberdiyevaning murojaati o‘z tasdig‘ini topgan. Ushbu kamchiliklarni kompaniya tomonidan xonadon egasining roziligi asosida joriy yilning 6-martidan boshlab bartaraf etish bo‘yicha kafolat xati olingan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔔Yangi xonadon sotib olmoqchimisiz? Sizda ushbu uy haqida maʼlumot yoʻqmi? Unda biz sizga yordam beramiz.

🏗Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda koʻp qavatli uylar qurilishi keskin koʻpaydi. Afsuski, noqonuniy qurilish qilayotgan tadbirkorlar va yangi koʻp kvartirali uy quraman deb fuqarolar ishonchiga kirib, aldov yoʻli bilan ularning pulini olishni maqsad qilganlar ham tez-tez uchramoqda.
Qurilishi hali bitmagan yoki umuman boshlanmagan uylardan kvartira sotib olishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Oʻzbekistonda ulush kiritish asosidagi uy-joy qurilishlari koʻpayib boryapti. Bu borada xaridorlar bilishi kerak boʻlgan ayrim nozik jihatlar bor. Uy sotib olayotgan fuqaro uyni Qurilish vazirligining elektron platformasidan roʻyxatdan oʻtgan yoki oʻtmaganligini tekshirishi kerak. Buning uchun fuqaro https://mc.uz/ulushdor/ havolasi orqali qurilayotgan uyning roʻyxatdan oʻtganligini tekshirishi lozim. Bu havola orqali hamma uchun ochiq boʻlgan majmua va quruvchi tashkilot nomi manzili hamda boshqa maʼlumotlarni olishi mumkin.

Qurilish tashkilotlari qay tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi?

🥰 Qurilish tashkiloti qurilayotgan uyning maʼlumotlarini elektron tartibda platformaga yuklaydi va vakolatli organning masʼul xodimi maʼlumotlarni koʻrib chiqadi hamda 3 ish kunida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Agar barcha hujjatlari toʻliq boʻlsa, bir kunda koʻrib chiqilib roʻyxatdan oʻtkazish imkoni mavjud.

🥰 Bunda quruvchining Qarorda belgilangan tartibda qurilishni boshlashiga asos boʻluvchi va beshta talabga javob berishi kerak boʻlgan hujjatlari joylashtiriladi.
Ushbu qarorga asosan tashkil etilgan elektron platforma koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish bozorini tartibga solish, uy xarid qilayotgan fuqarolarni maksimal darajada risklardan himoyalash maqsadida ishga tushirilgan. Roʻyxatdan oʻtgan qurilish tashkilotlari yuqorida koʻrsatilgan talablarga asosan qurilish jarayonini olib borayotgan boʻladi.

🟥Shuni yodda tuting! Fuqarolar mablagʻlarini qurilish ishlariga jalb qilayotgan qurilish tashkilotlari elektron platforma roʻyxatidan oʻtishi shart! Roʻyxatdan oʻtmasdan turib qurilish ishlariga fuqarolarning mablagʻlarini jalb qilish mumkin emas! Elektron platformadan roʻyxatdan oʻtmagan qurilish tashkilotlari, oʻzlari qurayotgan koʻp qavatli turar-joy majmuasini reklama qilishi hamda ulushdorning mablagʻlarini qurilishga jalb qilishi mumkin emas!

Qurilish ishlari tugallangan uylar egalariga topshirilgandan keyin kamida 2 yil davomida qurilish obyekti ekspluatatsiyasining kafolat muddatini amalga oshirib borishi lozim.
Qarorga asosan ulushdor fuqarolar quyidagilarga: Yaʼni
- qurilish obyektidagi qurilish ishlari holati bilan tanishishga;
- shartnoma shartlari bajarilishi boʻyicha quruvchidan yozma shaklda maʼlumot talab qilishga;
- qurilish obyektlarini qurish ustidan texnik, shuningdek, mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslarni yoki mutaxassislarni jalb qilish orqali amalga oshirishga haqlidirlar.

✔️Qurilish ustidan davlat nazorati Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan amalga oshirib boriladi.

📌 Shu oʻrinda koʻp kvartirali uy-joylarni ulush kiritish asosida qurayotgan qurilish pudrat tashkilotlaridan, yuqoridagi qarorga asosan faoliyat olib borishlarini soʻrab qolamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

📎 Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Toshkent shahar Yashnobod tumani S.Azimov ko'chasi, 5, 2 va 3-tor koʻchalari oʻrtasida olib borilayotgan koʻp qavatli turar-joy va ma’muriy bino qurilishi bo'yicha aholi noroziligi aks etgan videoni o'rganib chiqdi.

Ma'lum bo'lishicha, Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-martdagi qaroriga asosan “TRAINING PROJEKT” MChJga Yashnobod tumani S. Azimov ko'chasi, 5, 2 va 3-tor koʻchalari oraligʻida joylashgan turar va noturar- joy binolarini buzilishi hisobiga hamda yetkazilgan zararlarni oʻrnatilgan tartibda qoplash sharti bilan koʻp qavatli turar-joy va ma’muriy binolarni qurish uchun 2,1 ga yer maydoni ajratilgan.

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi bilan kelishilgan loyiha hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan kоʻrib chiqilgan va yigʻma ekspert xulosasi berilgach, Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtgan.

◀️ Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan kamchilik va qonun buzilish holatlari yuzasidan hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berilgan va ular belgilangan muddatda bajarilmaganligi sababli MChJga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik chorasi qo'llanilgan.

Bugungi kunda aholi va MChJ mas'ullari o‘rtasida yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklar bo'yicha belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish idoralari yoki yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilinishi mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

   🏠  Kunlar isishi bilan respublikamizdagi koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkilotlari tomonidan ta’mirlash-tiklash ishlari jadal suratlarda boshlab yuborildi. Poytaxtimizning Uchtepa tumani “Areba klass” boshqaruv servis kompaniyasi ham aholiga qulay sharoitlar yaratish, uylar atrofini obodligini ta’minlash va mavjud muammolarni bartaraf etish yoʻlida qator ishlarni amalga oshirilmoqda. Joriy yilning oʻtgan vaqti davomida 10 ta koʻp qavatli uyning yertoʻla qismidagi kommunikatsiya tarmoqlari toʻliq yangilandi. Mazkur tarmoqlar maxsus moslama (korub)ga terilib, yertoʻlada tartibni saqlash, shu bilan birgalikda ularning ortiqcha shikastlanishini oldini olishda qoʻl kelmoqda. Shuningdek, koʻp qavatli uylarning yertoʻlasi devorlari oʻzgartirilmagan holda gipsakarton qoplamasi bilan yangi qiyofa kasb etmoqda. Mazkur amaliyot kelgusida aholi roziligi bilan yertoʻlalarni tadbirkorlik subyektlariga ijara asosida berish va daromad koʻrish maqsadida amalga oshirilmoqda. 2023-yilda kompaniya tomonidan 40 ta koʻp qavatli uyning yertoʻlasini ta’mirlash rejalashtirilgan.
     ❗️Shuningdek, qisqa vaqt mobaynida kompaniya koʻp qavatli uylarning 46 ta kirish yoʻlagini ta’mirladi. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida pandus, oʻrindiq, chiqindi qutilari oʻrnatildi.  Bu yil rejasiga koʻra ko'p qavatli uylarning 216 ta kirish yoʻlagini ta’mirlash koʻzda tutilgan.
     Mazkur boshqaruv servis kompaniyasining 40 nafar xodimi tumandagi “Koʻhna Choʻponota” hamda “Bogʻobod” mahallalarida joylashgan 70 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatib keladi. Bugungi kunga kelib mazkur mahallalar o'zgacha qiyofa kasb etgan. Boshqaruv tashkiloti ko'p qavatli uylarning fasad qismini ta'mirlashga ham alohida ahamiyat qaratib kelmoqda. Shuningdek, mulkdorlar uchun 38 turdagi qo'shimcha xizmat turlari tashkil etilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM