MinInnovation
3.94K subscribers
8.32K photos
1.04K videos
38 files
5.06K links
Инновацион ривожланиш хабарлари
Новости инновационного развития
News of innovative development

@mininnovation

links:
www.mininnovation.uz
fb.com/mininnovation.uz
https://bit.ly/Minnovationuzb
☎️(71)2033231
Download Telegram
Forwarded from Ibrohim Abdurahmonov
#Yoshlar_kuni

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning yoshlarga tabrigi.

—————-

Поздравление министра высшего образования, науки и инноваций, академика Иброхима Абдурахмонова.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov
👍7🤔1
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Prezident tomonidan yurtimizning tashabbuskor yoshlaridan bir guruhi mukofotlandi

🔰Ular orasida yosh startapchi faol yoshlarimiz ham munosib e’tirof etildi va “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.

Niyazimbetov Sherzod Kadirberdiyevich – Nukus tumanidagi «Biogumus» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Umirzakov Shahzod Baxtiyor o‘g‘li – Yunusobod tumanidagi «Tass Vision» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
👍4
#Paxtachilik_kengashi
#Jizzax_viloyati


Joriy yilning 30-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Paxtachilik kengashi raisi, akademik Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyaiti  Sharof Rashidov tumanida gʻoʻza yetishtirish agrotexnologiyalariga rioya etish holati boʻyicha oʻrganish olib bordi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍5
#ilmiy_stajirovka

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi boshlig'i Iroda Ismailova Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tomonidan moliyalashtirilgan stajirovkani Buyuk Britaniyaning Cambridge universitetida o'tamoqda.

Iroda asli angliyalik, shotlandiyalik bo'lgan Cambridge universiteti talabalariga nemis tilidan dars o'tdi va darslarda qo'llanilgan metodlar ilmiy-amaliy mohiyatini stajirovka rahbarlari bilan muhokama qildi. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning barcha universitetlari nemis tili yo'nalishlari professorlari va Germaniyaning reytingi baland imlo va izohli lug'atlar nashriyoti (DUDEN) rahbari Kathrin-Kunkel Razum ishtirokida o'tkazilgan ilmiy konferensiyada qatnashdi.

I.Ismailova "Nemis tili O'zbekistonda ilm-fan tili sifatida" mavzusi bo'yicha professor Ianthi Maria Tsimpli, professor Silke Mentchenlar bilan ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda.

İroda, shuningdek, Yoshlar kuniga o'z tabrigini yo'lladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2👏1
📣📣📣 "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish – Наука и инновационное развитие – Science and Innovative Development" ilmiy jurnalining 2023-yil 4-soniga 3-iyuldan 10-iyulgacha soat 18:00 ga qadar maqolalar qabul qilinmoqda.

❗️Shu sondan boshlab maqolalar qoraqalpoq tilida ham qabul qilinadi.

📞 Mualliflar ilmiy maqolalarni [email protected] pochtasi yoki +998 99 373-90-35 telegram raqamiga yuborishlari mumkin.

✍️Ilmiy maqolalar jurnalga qo‘yilgan talablarga muvofiq yozilgan bo‘lishi lozim. Maqolalarni ko‘rib chiqish muddati ular qabul qilingan kundan boshlab 10 kun.

📌Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining TEXNIKA FANLARI bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

❗️Jurnalga faqat texnika fanlariga oid maqolalar qabul qilinadi.

❗️Jurnal avgust oyida nashr etiladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
#startap
#Parvoz

Startap loyihalarni qo'llab quvvatlash maqsadida yaratilgan "PARVOZ" loyihasidan navbatdagi suhbat.

Navbatdagi ekspert
- Innovatsiyalar Milliy ofisi bo'lim boshlig'i Jahongir O’rinboyev

🔺Mavzu: Startap loyihalarini rasmiylashtirish va talab qilinadigan hujjatlar

Seshanba|04.07.2023 | soat 11:00da

Loyihada ishtirok etish uchun ushbu telegram guruhga qo'shiling
⤵️

https://t.iss.one/parvoz_loyihasiii
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🟥🟥🟥
“Elsevier” kompaniyasi tomonidan oʻtkaziladigan vebinarlarda ishtirok eting!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, hamda Elsevier kompaniyasi hamkorligida 4-7 iyul kunlari oʻtkaziladigan onlayn vebinarlarga taklif etamiz. Vebinarlar quyidagi mavzularda boʻlib oʻtadi:

🔄 2023-yil 4 iyul – Scopus ma’lumotlar bazasining asosiy funksiyalari.
🔴https://elsevier.zoom.us/webinar/register/WN_rCAcS1jNQ9GRQLJOZxXxbw

🔄 2023-yil 5 iyul– Litobzorni qanday tayyorlash.
🔴https://elsevier.zoom.us/webinar/register/WN_uvYO17-1Qc-F6O-mkCc_Ww

🔄 2023-yil 6 iyul Nashr qilish uchun xalqaro jurnalni tanlash
🔴 https://elsevier.zoom.us/webinar/register/WN_NIyh5g5jTOmQznd9p0Flag

🔄 2023-yil 7 iyul SciVada tashkilot tahlili.
🔴https://elsevier.zoom.us/webinar/register/WN_X6LqEVCdRZiPLhguFjIuXQ

Vebinarlar oʻtkazilish vaqti – 15:00 – 17:00 (Toshkent vaqti bilan).

‼️Vebinarlar eʼloni Ilmiy-texnik axborot markazining rasmiy kanallari orqali berib boriladi. Bizni kuzatib borishda davom eting.

🚀Telegram kanal: https://t.iss.one/cntiuz
🔵Facebook: https://www.facebook.com/cstiuzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_konferensiya

Joriy yilning 3-7-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma'rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Sifatli ta'lim va innovasiyalar – barqaror kelajak asosi” mavzusida xalqaro konferensiya sanoqli daqiqalarda o‘z ishini boshlaydi.



В ближайшие минуты начнёт свою работу международная конференция на тему «Качественное образование и инновации – основа устойчивого будущего», организованная Министерством высшего образования, науки и инноваций в рамках недели инициатив международного партнерства «Новый Узбекистан: развитие, инновации и просвещение», которая проходит в столице 3-7 июля текущего года.



An international conference on the topic “Quality education and innovations are the foundation for a sustainable future” by the Ministry of higher education, science and innovation of the Republic of Uzbekistan within the framework of international partnership initiatives under the topic of "New Uzbekistan: Development, Innovation and Enlightenment" is starting in few minutes.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Threads O‘zbekistonda App Store topga kirdi. Birinchi kuni 30 mln.dan ziyod kishi ro’yxatdan o’tdi. Siz-chi? Threads'da bormisiz? // Threads возглавил топ узбекистанского App Store. На платформе зарегистрировались более 30 млн человек. Вы в их числе?
Anonymous Poll
22%
Ha / Да
44%
Yo‘q / Нет
27%
Bu qanday tarmoq? / Что это за сеть?
8%
Javoblarni ko‘rmoqchiman / Хочу посмотреть ответы
👍1
Forwarded from Edu.uz
#infografika

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlarning 2023-yil I yarim yillikdagi faoliyati raqamlarda

Batafsil:👉https://edu.uz/uz/news/view/5452

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Forwarded from OTFIV ǀ Dolzarb 90 kun
#tanlovlar

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovining 80-turi quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha e’lon qilinadi:

✔️Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik fanlari
✔️Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari
✔️Huquq fanlari
✔️Iqtisodiyot fanlari
✔️Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
✔️Tibbiyot fanlari

Ilmiy loyihalarni grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali elektron ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha Innovatsion rivojlanish agentligi texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmati: +99871 203-32-32 (242).

➡️https://edu.uz/uz/news/view/5455

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from OTFIV ǀ Dolzarb 90 kun
#tanlov

📣 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga qarashli o‘quvchi-yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy-ommabop nashr – “INNOVATOR” jurnali 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan onlayn tanlovlar doirasida “RAQAMLI TEXNOLOGIYA YOSHLAR NIGOHIDA” shiori ostida tanlov eʼlon qiladi!

Turmush tarzimizda keng foydalanadigan ko‘plab ixtirolar aynan bolalar tomonidan yaratilgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 500 mingdan ortiq bolalar va o‘smirlar tomonidan turli ixtirolar, jumladan, moslamalar, o‘yinlar, robotlar yaratilar ekan.

Yurtimizda ham shunday isteʼdodli yoshlar juda ko‘p. Biz ushbu tanlov orqali o‘sha iqtidor egalarini kashf qilmoqchimiz va ularning ixtirolarini ommaga tanishtirmoqchimiz. Siz yoki do‘stlaringizda kashfiyot yoki ixtirolar qilishga qiziqish bo‘lsa, mazkur tanlov aynan SIZ UCHUN!

 📌Tanlov shartlari

O‘z turmush tarzingizdan kelib chiqqan holda, foydali ixtirolarni o‘ylab topib, ularni qog‘ozda aks ettirishingiz lozim. Masalan, 2021-yili shu nom ostida o‘tkazilgan tanlovimizda 6 yoshli Neʼmatova Muslimaxon o'z loyihasi bilan qatnashib, g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Loyihaning nomi "Aqlli papka" bo'lib, u dars jadvali bo‘yicha kitoblar ro‘yxatini ko‘rsatadi hamda qaysi kitob yo‘q bo‘lsa, turli xil smayliklar orqali ogohlantiradi.

👉 O‘z ishlanmalariga ega qatnashchilar ham tanlov shartiga muvofiq, ixtirolarining foydali jihatlari aks etgan videorolik (surat)larni ilova qilishlari mumkin.  

 ❗️Videorolik (surat)da ism-sharifingiz, yoshingiz va manzilingiz to‘liq ko‘rsatilishi kerak.

 📆Videorolik (surat)larni 2023-yil 30-iyundan 1-avgustga qadar “INNOVATOR” jurnalining @innovator_jurnali adminiga yuborishingiz mumkin.

 🏆 G‘oliblar 1-avgust kuni soat 17:00 da "INNOVATOR” jurnalining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi.

 🥇🥈🥉-o‘rin sohibi va sohibalariga "INNOVATOR" jurnali tomonidan maxsus diplom va sovg‘alar topshiriladi. Qolaversa, g‘olib egalari haqida jurnalimiz sahifalarida maqola ham tayyorlanadi.

‼️Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan barcha qatnashchilarga taqdimot kuni sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Tanlovda 7 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar qatnashishlari mumkin.

Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
Forwarded from Yoshlar Akademiyasi
#yoshlar_akademiyasi_loyihalari

"ZAMINDAR" - masofadan boshqariladigan uchuvchisiz vertolyot.

Yoshlar akademiyasi a'zosi, TIQXMMI-MTU talabasi Sayfullo Qodirovning "Zamindar" loyihasi Yoshlar akademiyasi hamda Innovatsiyalar milliy ofisi tomonidan o'tkazilgan "Ixtirochilik va ratsionalizatorlik" ko‘rik-tanlovida eng yaxshi loyihalardan deb topilgan va g'oliblar qatoridan o'rin olgan.

Ushbu loyiha qishloq xo'jaligida joriy etish uchun mo'ljallangan bo'lib, dala ekin maydonlariga uchuvchi qurilma orqali suspenziya sepish imkonini beradi.

Siz ham Yoshlar akademiyasi a'zoligiga qo'shiling va o'z loyihalaringizni biz bilan birgalikda amalga oshiring.

Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o'z hissangni qo'sh!

Telegram | Facebook | Youtube | Yoshlar akademiyasi
👍6🤔6👏1
Forwarded from OTFIV ǀ Dolzarb 90 kun
#ilmiy_loyihalar

Qashqadaryo viloyati oliy ta‘lim muassasalari olimlari va talaba yoshlari uchun innovatsion va startap loyihalar tanlovining 3-turiga kelib tushgan arizalar Ilmiy-texnik kengash tomonidan ko‘rib chiqildi.

Joriy yilning 12-iyul kuni Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Ilmiy-texnik Kengash” Viloyat hokimligi tomonidan e'lon qilingan Qashqadaryo viloyati oliy ta'lim muassasalari olimlari va talaba yoshlari uchun innovatsion va startap loyihalar tanlovining 3-turiga kelib tushgan 29 ta loyihalar ko‘rib chiqildi.

Belgilangan me'zonlar asosida eng yaxshi deb topilgan loyihalar moliyalashtirishga tavsiya etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍5