Iqtisodiyot va moliya vazirligi
21K subscribers
7.88K photos
732 videos
81 files
5.08K links
Download Telegram
Pensiya jamg‘armasining hisoboti va tizimidagi so‘nggi yangiliklar

#pensiya #ijtimoihimoya #insonqadriuchun
🔰Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasiga SHARHLAR (1-qism)

Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 83-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, unda:

✔️2023-yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi;
✔️2023-yil uchun konsolidatsiyalashgan Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari prognozi hamda 2024–2025-yillar uchun budjet moʻljallari;
✔️birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan 2023-yilda ajratilayotgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari;
✔️Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari;
✔️Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan mahalliy budjetlarga ajratilayotgan tartibga soluvchi transfertlar;
✔️Davlat maqsadli jamgʻarmalari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining
✔️2023-yilgi tushumlari va xarajatlari prognozlari hamda 2024–2025-yillar uchun budjet moʻljallari;
✔️Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmlari belgilangan.

#davlatbudjeti #statebudget #shaffoflik #insonqadriuchun

Batafsil