Iqtisodiyot va moliya vazirligi
20.8K subscribers
8.02K photos
748 videos
81 files
5.2K links
Download Telegram
🔰Viloyat budjetlari qo‘shimcha manbalarining 30 foizi ham endilikda tashabbusli budjet jarayoniga yo‘naltiriladi.

Joylarda fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb muammolarni hal etilishi ko‘lamini kengaytirish maqsadida 2023-yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetining qo‘shimcha mablag‘larining 30 foizi ham fuqarolar fikri asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi belgilanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, amalda faqat tuman va shahar byudjetlari qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizi Tashabbusli byudjet jarayonlari uchun yo‘naltirilishi belgilangan.

Natijada, kelgusi yildan boshlab ushbu maqsadlar uchun tegishincha tuman va shaharlarga qo‘shimcha ravishda 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda.

#tashabbuslibudjet #ochiqbudjet #openbudjet #insonqadriuchun
Moliya vaziri Timur Ishmetov Twitter sahifasida Tashabbusli budjet dinamikasi bilan ulashdi.

➡️ twitter.com/itimur79

▫️Kelgusi yildan viloyat budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining 30 foizi ham “Tashabbusli budjet” loyihalariga beriladi.

🇺🇿“Shunda adolat bo‘ladi, odamlar o‘zlari hissa qo‘shgan loyihalarni albatta asrab-avaylaydi”- Prezident Shavkat Mirziyoyev

#TashabbusliBudjet #OchiqBudjetuz #OpenBudjetuz