Iqtisodiyot va moliya vazirligi
21.9K subscribers
8.35K photos
759 videos
81 files
5.4K links
Download Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Bosh reja va master rejalarga “yashil” iqtisodiyotga oʻtish maqsadlarini kiritish” mavzusida 2-panel muhokamasi o‘tkazildi

Ushbu panel muhokamasi “yashil” iqtisodiyotga oʻtish maqsadlarini shahar bosh rejalari va master rejalar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishiga integratsiya qilishga qaratildi.

Ekspertlar shaharlarni iqlim oʻzgarishiga nisbatan chidamliroq qilish, barqaror iqtisodiy oʻsishga koʻmaklashish hamda jarayonga xususiy sektor va fuqarolarni jalb etish uchun shaharsozlik strategiyalari va vositalari boʻyicha oʻz gʻoyalari bilan oʻrtoqlashdi.

Muhokamada:

➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Odilov;
➡️ Turkiyaning Shahinbey viloyati hokimi Mehmet Tahmazoglu;
➡️ “Studio Vertebra” kompaniyasi bosh direktori Mexmet Bektosh;
➡️ “Policy Analytics Laboratory” kompaniyasi bosh direktori Esen Jaglar;
➡️ Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) dastur rahbari Bayatu Shorait;
➡️ Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov;
➡️ Moderator — “Superwien Studio” kompaniyasi direktori Roland Krebs ishtirok etdi.

#forum #sessiya

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🤝 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati o‘rtasida Yashil master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha 9 mln yevro miqdoridagi grant mablag‘larini ajratish yuzasidan kelishuv imzolandi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Oʻzbekiston tumanlarini rivojlantirish dasturi — mahalliy davlat hokimiyati organlarining samaradorligini oshirish uchun mahalliy darajada oʻzgarishlarni ragʻbatlantirish” mavzusida 3-panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Panel muhokamasida xalqaro tajriba asosida mahalliy davlat hokimiyati organlarining samaradorligini oshirish vositalari va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda mahalliy harakatlarni ragʻbatlantirish hamda fuqarolar ishtirokini qoʻllab-quvvatlash asosiy masala sifatida koʻrib chiqildi.

Shuningdek, ushbu muhokamada mahalliy boshqaruvni takomillashtirish hamda shahar va tumanlarda barqaror, integratsiyalashgan va inklyuziv rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hukumat islohotlarining kun tartibi tahlil qilindi.

3-panel muhokamasida:

➡️ Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri boshqarma boshlig’i Sherzodbek Otaboyev;
➡️ London Universitet kolleji Rivojlanishni rejalashtirish kafedrasi Sunʻiy muhit fakulteti vakili Iv Kabannes;
➡️ BMTTDning Mahalliy boshqaruv va shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi mintaqaviy dastur mutaxassisi Bilyana Svetanovska-Gugoska;
➡️ Davlat sektori boshqaruvi boʻyicha katta ekspert Gerhard Vant Land;
➡️ Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov;
➡️ Moderator — Jahon bankining shaharsozlik boʻyicha katta mutaxassisi Muhammad Nada qatnashdi.

#forum #sessiya

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM