Iqtisodiyot va moliya vazirligi
20.9K subscribers
7.79K photos
730 videos
81 files
5.03K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

"Sayohat sug‘urtasi" sizni qanday xatarlardan kafolatlaydi?

Ushbu savolga Sug‘urta bozorini rivojlantirish boshqarmasi Bosh mutaxassisi Karomat Ikramova javob beradi.

#Kapital #suğurta #IMV

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📄 Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari bilan hamkorlikdagi DXSh loyihalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida XMK vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida qayd etilgan 8 ta muhim yangilik

1️⃣ Kichik tadbirkorlarni tadbirkorlikka oʻqitish, ularga loyiha qilib berish, faoliyatini moliyalashtirish, mahsulotlariga bozor va biznesiga sheriklar topish boʻyicha yaxlit eko-tizim yaratiladi.

2️⃣ “Qishloq qurilish bank” “Biznesni rivojlantirish banki”ga aylantiriladi. Ushbu yangi bankning faoliyati ham, ishlash uslubi va moliyalashtirish mexanizmlari ham yangicha boʻladi.

3️⃣ Kichik biznes loyihasining 10 foiziga tadbirkor investitsiya kiritsa, 45 foiziga “Biznesni rivojlantirish banki”ning oʻzi, qolgan 45 foizi uchun davlat koʻmagida resurs yoʻnaltiriladi.

4️⃣ Kreditlar tadbirkorlarga 5-7 yil muddatga imtiyozli shartlar asosida beriladi. Ushbu mablagʻlarning 150 mln dollari boʻyicha kredit liniyalari 1-oktabrdan ochiladi.

5️⃣ Oʻz biznesini yoʻlga qoʻya olgan, “kredit va soliq tarixi” toza boʻlgan tadbirkorlarga faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish uchun kredit olishda garov talabi 50 foizga kamaytiriladi.

6️⃣ Tadbirkorlik jamgʻarmasi turizm, savdo va servis sohalarida “xizmatlar ipotekasi” tizimini joriy qiladi. Endi mehmonxona, restoran, savdo kompleksi, avtoturargoh, yoqilgʻi shoxobchasi, kemping kabi obyektlarning tayyor loyihalari tadbirkorlarga taklif etiladi.

7️⃣ Logistika xarajatlarini kompensatsiya qilishga qoʻshimcha 100 mln dollar yoʻnaltiriladi. Mahsulotlarni xorijda sertifikatlash, xalqaro standartlarni joriy qilish va bu borada mutaxassis tayyorlashga yana 25 mln dollar ajratiladi.

8️⃣ Yirik brendlarni jalb qilgan korxonalarga 50 mln soʻmdan grant beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 O‘zbekistonda “Barqaror rivojlanish maqsadlari Sammitiga yo‘l” tabdiri bo‘lib o‘tdi

BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Hukumati hamkorligida o‘tkazilgan Barqaror rivojlanish maqsadlari sammitining boshlanishi barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha harakatlarni jadallashtirish va faollashtirishga qaratilgan.

➡️ Batafsil
___________

📈 В Узбекистане cостоялось мероприятие "Путь к саммиту Целей устойчивого развития”

Запуск «Дороги к Саммиту ЦУР» организованный совместно ООН и Правительством Узбекистана, направлен на то, чтобы активизировать и стимулировать действия по ускорению достижения ЦУР.

➡️ Подробнее

🇬🇧 ENG

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📊 2017–2022-yillarda Oʻzbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish sur’atlari

🇺🇿 Davlatimiz rahbari 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Qayd etish joizki, tadbirkorlik rivojlanishning yuqori surʼatlarini namoyish etmoqda.

📈 Jumladan, 2017–2022-yillarda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 2,1 baravarga, yangi tashkil etilgan korxonalar soni esa 2,3 baravarga o‘sdi.

📊 Batafsil ma’lumotlar bilan infografikada tanishing.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 Iqtisodiyot raqamlarda: 2022-yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar

📊 Yalpi ichki mahsulotning oʻsish surʼati 2022-yilda 5,7 foiz bo‘lib, uning hajmi joriy narxlarda 888,3 trln soʻm yoki 80,4 mlrd AQSh dollarini (2022-yilda AQSh dollariga nisbatan rasmiy almashuv kursi oʻrtacha 11 051,2 soʻm) tashkil qildi.

Iqtisodiy faollikning eng yuqori surʼatlariga xizmat koʻrsatish sohasida erishilib, unda 8,5 foizlik o‘sish qayd etildi.

🎬 Videorolik orqali batafsil maʼlumotlar bilan tanishing.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#ekspert_javobi

Fond bozori oʻzi nima?

Fond
bozori yoki qimmatli qogʻozlar bozori bu pul bozoriga muqobil boʻlgan moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Fond bozorining asosiy ishtirokchilari investorlar, emitentlar va investitsiya vositachilaridir.

Ushbu savolga Kapital va sugʻurta bozorini rivojlantirish departamenti Bosh mutaxassisi Amirxon Muydinov batafsil javob beradi.

#fond_bozori

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📊 2019–2023-yillar davomida amalga oshirilgan DXSh loyihalari

📝 Ushbu davrda umumiy qiymati 15 mlrd 177 mln AQSh dollaridan ortiq boʻlgan jami 634 ta davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha bitimlar rasmiylashtirildi.

DXSh loyihalarining eng koʻpi ijtimoiy sohaga toʻgʻri kelmoqda.

📊 Batafsil ma’lumotlar bilan infografikada tanishing.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📄 Bir nechta yirik korxona va tijorat banklaridagi davlat ulushlari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarini isloh qilish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–283-son qarori qabul qilindi.

📝 Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–83-son qarorining ilovasida koʻrsatilgan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklari, shuningdek, “UzAssets” investitsiya kompaniyasi ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ushbu yirik korxonalar va tijorat banklaridagi ulushlari boʻyicha vakolatlarini amalga oshirish va boshqarish funksiyalari ishonchnoma orqali cheklanmagan muddatga Iqtisodiyot va moliya vazirligiga beriladi.

Ushbu qaror 2023-yil 21-avgustdan e’tiboran kuchga kirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan oʻrta biznes subyektlari loyihalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qanday qoʻshimcha imkoniyatlar yaratildi?

📌 Endi jamgʻarma tomonidan oʻrta biznes uchun xorijiy valyutadagi kreditlarga ham kafillik beriladi. Shuningdek, jamgʻarma tadbirkorlarga xizmat koʻrsatish obyekti uchun yer sotib olish, bino-inshootlar qurish va aylanma mablagʻi uchun ham resurs ajratadi.

✔️ Ushbu savolga Jamgʻarma boʻlim boshligʻi Joʻrabek Hojiyev batafsil javob berdi.

#tadbirkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#ekspert_javobi

Mahalliy fond bozorida qaysi turdagi qimmatli qog'ozlar bilan savdolar amalga oshirilmoqda?

🔆 Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi fond bozorida 2 turdagi qimmatli qogʻozlar bilan savdolar amalga oshirilmoqda. Bular — aksiya va obligatsiyalar.

Ushbu savolga Kapital va sugʻurta bozorini rivojlantirish departamenti Bosh mutaxassisi Amirxon Muydinov batafsil javob berdi.

#fond_bozori

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#Moliyaviy_maslahat

✏️ Imtiyozli taʼlim krediti qay tartibda ajratiladi?

Taʼlim kreditlari taʼlim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek oʻqishini koʻchirgan, Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan talabalarga beriladi.

✔️ Taʼlim krediti tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi. Talaba xotin-qizlarga taʼlim krediti foizsiz ajratiladi.

🔠 Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt va uning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun taʼlim krediti ajratilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kredit oluvchining doimiy daromad manbayiga ega oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari kafil sifatida qatnashishi mumkin. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlariga taʼlim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🖊 Yanvar-iyul oylarida qancha DXSh loyihalari amalga oshirildi?

Mamlakatimizda 2023-yil yanvar-iyul oylari davomida umumiy qiymati 2,96 mlrd AQSh dollari boʻlgan jami 266 ta davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

📝 Jumladan, energetika, sogʻliqni saqlash, ekologiya, transport sohalarida — 6 tadan, madaniyat, sport sohalarida — 3 tadan, kommunal xizmatlar sohasida — 198 ta, taʼlim sohasida — 22 ta, suv xoʻjaligi sohasida — 10 ta, hunarmandchilik sohasida — 4 ta, iqtisodiyot va qishloq xoʻjaligi sohalarida — 1 tadan loyihalar mavjud.

🔆 Mazkur loyihalar sohalar kesimida tahlil qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, mablagʻ jihatidan eng yirik loyihalar energetika sohasida amalga oshirilmoqda. Sohada umumiy qiymati 2,72 mlrd dollardan ortiq boʻlgan jami 6 ta loyiha boʻyicha ishlar tashkil etilgan. 2 ta loyiha boʻyicha bitimlar imzolangan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylari davomida DXSh loyihalari bajarilishining borishi, loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish boʻyicha 33 ta loyihada monitoring tadbirlari amalga oshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🇺🇿🇺🇳 BMT vakillari bilan BRM boʻyicha hamkorlik masalasi muhokama qilindi

Joriy yilning 23-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

➡️ Batafsil

#BMT #BRM

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 London fond birjasi vakillari bilan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi

Uchrashuvda birja tarkibidagi “Refinitiv” kompaniyasining xizmatlari bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

➡️ Batafsil

#fond_bozori #xalqaro_hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🇺🇿 🇬🇧Buyuk Britaniya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

Suhbat jarayonida mamlakatimizda "Yashil" energiyani rivojlantirishga texnik ko‘maklashish, kichik va o‘rta biznesga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish, yangi moliyaviy vositalarni joriy etish bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqish, muntazam treninglar va seminarlar o‘tkazishda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

➡️Batafsil
___________

🇺🇿 🇬🇧 Встреча с представителями делегации Великобритании

В ходе беседы были обсуждены вопросы технического содействия развитию "зеленой" энергетики в нашей стране, усиления внимания к малому и среднему бизнесу, разработки учебной программы по внедрению новых финансовых инструментов, расширения взаимодействия при проведении регулярных тренингов и семинаров.

➡️Подробнее

🇬🇧 ENG

#IMV #Green_transformation #UK

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📊 Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining moliyaviy yordami asosida ajratilgan kreditlar

Jamg‘arma tomonidan 2023-yilning dastlabki 6 oyida tadbirkorlik subyektlariga jami ko‘rsatilgan moliyaviy yordamlar soni 416 tani tashkil etmoqda. Natijada tadbirkorlik subyektlarida 2684 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

🔆 Kichik biznes subyektlariga berilgan moliyaviy ko‘mak asosida 500 mlrd so‘mdan ortiq kreditlar ajratildi.

📊 Batafsil ma’lumotlar bilan infografikada tanishing.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇰🇷O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha qo‘shma loyihalar muhokama qilindi

Joriy yilning 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov va Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi Sang o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Batafsil
___________

🇺🇿🇰🇷Обсуждены совместные проекты Узбекистана и Кореи по изменению климата

24 августа текущего года состоялась встреча первого заместителя министра экономики и финансов Республики Узбекистан Ильхома Норкулова и Чрезвычайного и Полномочного Посла Республики Корея в Республике Узбекистан Ким Хи Санга.

➡️Подробнее

🇬🇧 ENG

#green #greeneconomy #greengrowth

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM