Iqtisodiyot va moliya vazirligi
21K subscribers
7.78K photos
729 videos
81 files
5.02K links
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

💠2023-yil 7 may kuni “Tashabbusli budjet” doirasida “Mening yo‘lim” loyihasi yakunlari sarhisob qilindi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, mamlakatimizning barcha hududlaridan 517 ta tashabbusli loyiha g‘olib deb topildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim loyihalarning dastlab g‘olib bo‘lganligi va keyinchalik yetarli ovoz to‘play olmagan loyihalar g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilganligi yuzasidan e’tirozlar yuzaga kelmoqda.

➡️ Batafsil

🇷🇺
RU

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

📈 “Tashabbusli budjet” jarayonining 2023-yil 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi 27-avgustdan boshlandi. Ovoz berish jarayonlarining dastlabki kunlari foydalanuvchilar tomonidan tizimda ayrim texnik muammolar kuzatilayotgani boʻyicha eʼtirozlar bildirildi.

🤔 Ushbu holat ovozlar sonini sunʼiy ravishda koʻpaytirish maqsadida ishlab chiqilgan norasmiy botlar orqali ovoz yig‘ish, shuningdek, turli xil spam va xakerlik hujumlari oqibatida yuzaga keldi. Bu kabi urinishlarning oldini olish uchun qoʻyilgan cheklovlar natijasida axborot portalida bir qator uzilishlar roʻy berdi.

Hozirda barcha zaruriy texnik choralar koʻrilib, axborot portali faoliyati moʻtadillashtirilganini maʼlum qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

📈 “Tashabbusli budjet” jarayonlari doirasida ovoz berish bosqichi qizgʻin davom etmoqda. Lekin ayrim hududlarda budjet tashkilotlari xodimlarini majburiy tarzda ovoz berishga jalb etish holatlari kuzatilayotgani yuzasidan eʼtirozlar kelib tushmoqda.

📄 Shu oʻrinda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi 117-son qaroriga koʻra, ovoz yigʻishga majburlash majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanishini eslatib oʻtamiz.

Bundan tashqari, majburiy ovoz toʻplash holatlari yuzasidan kelib tushgan barcha murojaatlar huquqiy baho berish uchun vakolatli organlarga taqdim etilayotganini maʼlum qilamiz.

❗️Hurmatli fuqarolar, agar siz ham “Tashabbusli budjet” jarayonlari doirasida majburiy ovoz berish holatlariga duch kelsangiz, bu haqda zudlik bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligining ishonch raqamlariga yoki “Ochiq budjet” axborot portalining onlayn murojaat boʻlimiga xabar berishingizni soʻraymiz.

📞 +99871 2035141; +99871 2035050 (ichki raqam — 01115).


Sizning ovozingiz katta ahamiyatga ega!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

📈 “Tashabbusli budjet” jarayonlarining ovoz berish bosqichi davomida “Ochiq budjet” axborot portalidagi loyihalardan biri uchun sun’iy ovoz to‘planayotgani aks etgan video tarqaldi.

◀️Holat bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan o‘rganishlar o‘tkazildi. Tekshiruv davomida ushbu tasvirdagi holat haqiqatdan yiroq ekanligi hamda koʻrsatilgan telefon raqamlar orqali portalda ovoz berilmaganligi aniqlandi (ushbu telefon raqamlarga portal orqali SMS kod joʻnatib, holatni tekshirish mumkin).

‼️Eslatib oʻtamiz, ovoz berish jarayoni 16-sentabrga qadar davom etadi.

✔️ Sizning ovozingiz muhim ekanligini unutmang. Oʻzingiz munosib deb topgan loyihaga ovoz bering!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tashabbusli budjet” jarayoni doirasida ayrim loyihalar g‘ayritabiiy ravishda ovoz to‘playotgani hamda ushbu holat Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan o‘rganilayotgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tegishli o‘rganishlar o‘tkazilib, vaziyatga aniqlik kiritildi. Surishtiruv natijalari bilan videorolik orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Shu bilan birga, joriy mavsum doirasida berilgan barcha ovozlar tegishli tartibda o‘rganib chiqilishi hamda natijasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz.

❗️Eslatma: Ovoz berish jarayonlari joriy yilning 4-aprel kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi.

#rasmiy_munosabat #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

“Davlat idoralari o‘z avtoparkini elektromobillar bilan yangilamoqda” mavzusi yuzasidan munosabat

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq bugungi kunda davlat xaridlarida jamoatchilik nazorati ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini ro‘yobga chiqarish vositasi sifatida amalga oshirib kelinmoqda. Buning natijasida so‘nggi vaqtlarda davlat xaridlari bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilmoqda.

➡️ Batafsil

#rasmiy_munosabat

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#RASMIY_MUNOSABAT

📖 Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yilda maktablarda o‘quvchilar uchun darsliklar ijarasi bo‘yicha tarqalgan xabarlar yuzasidan

2025–2027-yillarga mo‘ljallangan Fiskal strategiya asosida ishlab chiqilgan Budjetnoma loyihasida 2025–2026-o‘quv yilidan 2–11-sinflarda bir to‘plam darslik va mashq daftarlari uchun ijara to‘lovi undirish tizimini joriy etish yuzasidan tegishli takliflar taqdim etilgan edi.

📊 Budjet jarayonlarini shakllantirishda vazirlik tomonidan, birinchi navbatda, iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlari hamda iqtisodiy va ijtimoiy sohaning moliyaviy mutanosibligini ta’minlashda davlatning ijtimoiy majburiyatlarini to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarishga ustuvor e’tibor qaratiladi. Bunda, samaradorlikni oshirish maqsadida turli yo‘nalishlar bo‘yicha tahlillar o‘tkaziladi.

🔆 Ta’kidlash lozimki, 2024-yilda maktab o‘quvchilari uchun 83,2 mln nusxa darslik va mashq daftarlarini yetkazib berish uchun Davlat budjetidan jami 1,5 trln so‘m ajratilgan. Ushbu mablag‘lardan 435,5 mlrd so‘mi (yoki 36 foizi) davriyligi 1-yil hisoblanadigan hamda har yili yangidan chop etiladigan mashq daftarlari uchun yo‘naltirilgan.

❗️2025-yilda esa 81 mln nusxa darsliklar va mashq daftarlari uchun jami 1,3 trln so‘m mablag‘larni to‘liq Davlat budjetidan qoplash ko‘zda tutilgan.

📝 Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlardagi faol foydalanuvchilar tomonidan chop etilgan postlarda Budjet loyihasida Kitob jamg‘armasi xarajat va daromadlari ko‘rsatilmaganiga e’tibor qaratilgan. Qayd etish joizki, Kitob jamg‘armasi faoliyati to‘xtatilgan va yangi jamg‘arma tashkil qilinmagani sababli loyihada bu bo‘yicha ma’lumotlar aks ettirilmagan.

2025-yil uchun Davlat budjeti doirasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta’minlash bo‘yicha ehtiyojni to‘liq qoplash imkonini beradi.

Bunda, ota-onalardan darsliklar va mashq daftarlari ijarasi uchun qo‘shimcha to‘lov undirish rejalashtirilmagan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM