Iqtisodiyot va moliya vazirligi
20.9K subscribers
7.79K photos
730 videos
81 files
5.03K links
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

📆Ayrim iste'mol tovarlariga nisbatan bojxona boji nol stavkada qo'llanishi 2024-yil 1-yanvargacha uzaytirildi

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-martdagi “Iste'mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-41 sonli Farmoniga ko‘ra 2024-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda:

🔹yogurt, paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq;
🔹pishloq va tvoroglar;
🔹yangi yoki quritilgan xurmo
(finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya;
🔹yangi olma, nok va behi;
🔹bug‘doy yoki javdardan tashqari g‘alla donidan un ;
🔹
hamda kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari uchun bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi

◽️Shuningdek, mazkur Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-145-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddati ham 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

💳 Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshadi

“Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi (28.03.2023-yildagi 45-son) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni qabul qilindi.

📄 Farmonga ko'ra:

1️⃣ 2023-yil 1-apreldan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi.
2️⃣ 2023-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston hududida:
🟣pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 347 000 so‘m;
🟣yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 677 000 so‘m;
🟣nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 747 000 so‘m;
3️⃣ 2023-yil 1-maydan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.
4️⃣2023-yil 1-maydan boshlab O‘zbekiston hududida:
🟣mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 so‘m;
🟣bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 so‘m.

📌 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi sudlarga murojaat qilganda boj to‘lamaydi

🇺🇿 O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ–855) bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy hamda ma’muriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

O‘z navbatida, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari ham da’vo va shikoyatlar yuzasidan davlat bojini to‘lamaydi.

Jamg‘armaning davlat bojidan ozod etilishi hisobiga shakllangan mablag‘lar tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga yo‘naltiriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🇺🇿🏦 O‘zbekiston Jahon banki bilan “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlashda hamkorlik qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon banki ishtirokida “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qoʻllash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori imzolandi.

✔️ Unga ko‘ra, “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash” (iCRAFT) loyihasini amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga 46,25 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi.

📄 Loyiha 20 mln AQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirish hajmiga ega “Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish shartnomasi” hamda 25 mln AQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirish hajmiga ega “Oqibatlarni yumshatish natijalarini sotib olish shartnomasi” komponentlaridan iborat.

Loyiha doirasida 1,25 mln AQSh dollari Jahon banki orqali O‘zbekiston nomidan Moslashish va emissiyalarni qisqartirish global jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Qo‘shimcha texnik ko‘mak sifatida ajratiladigan 2 mln AQSh dollari esa institutsional salohiyatni rivojlantirish hamda issiqxona gazlari emissiyasini nazorat qilish infratuzilmasini yaratish (issiqxona gazlari reyestrini yaratish, monitoring, hisobot va tekshirish (MRV) tizimini ishlab chiqish) ishlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Loyiha 2023–2028-yillar davomida Jahon banki guruhi va Uglerod birliklari transformativ fondi (TCAF) koʻmagida amalga oshiriladi.

#green_energy #green_economy #world_bank

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📄 Bir nechta yirik korxona va tijorat banklaridagi davlat ulushlari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarini isloh qilish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–283-son qarori qabul qilindi.

📝 Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–83-son qarorining ilovasida koʻrsatilgan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklari, shuningdek, “UzAssets” investitsiya kompaniyasi ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ushbu yirik korxonalar va tijorat banklaridagi ulushlari boʻyicha vakolatlarini amalga oshirish va boshqarish funksiyalari ishonchnoma orqali cheklanmagan muddatga Iqtisodiyot va moliya vazirligiga beriladi.

Ushbu qaror 2023-yil 21-avgustdan e’tiboran kuchga kirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏢 Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalariga bir qator vakolatlar berilmoqda

📄 Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 18-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 62-son buyrugʻi qabul qilindi va Adliya vazirligi tomonidan joriy yil 23-avgustda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazildi.

Mazkur buyruq bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalariga bir qator vakolatlar berilmoqda. Jumladan:

☑️ budjet tashkilotlari va Davlat maqsadli jamgʻarmalarning chet el valyutasidagi xarajatlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish va yopish;
☑️ taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalarga shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish va yopish.

Shu bilan birga, ushbu buyruq bilan jami 17 ta boshqa maqsadli jamgʻarma nomlari tasdiqlanib, ularga shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish va yopish tartibi belgilandi.

🔰 Mazkur buyruqning qabul qilinishi natijasida gʻaznachilik xizmatini koʻrsatishda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochilishida vujudga kelayotgan noaniqliklarga barham berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📝 Qonunchilikda 1-sentabrdan nimalar oʻzgaradi?

Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida 2023-yil 1-sentabrdan boshlab bir qator oʻzgarishlar, xususan, iqtisodiyot va moliya sohalariga aloqador quyidagi tartib-qoidalar kuchga kiradi:

🟣Subsidiya ajratish yagona elektron platforma orqali amalga oshiriladi;

🟣Bank ustav kapitalining eng kam miqdori oshiriladi;

🟣Chorva hayvonlari va parrandalar import qilish uchun subsidiya ajratiladi;

🟣Investitsiya majburiyatlari boʻyicha talablar soddalashtiriladi;

🟣Bolalar uchun muzeylarga kirish bepul boʻladi;

🟣Ayrim hisobotlarni qogʻoz shaklida taqdim etish tartibi bekor qilinadi;

🟣Ayrim mahsulotlarning ulgurji savdosi xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi;

🟣Qishloq xoʻjaligi texnikalariga texnik koʻrikdan oʻtganligi uchun talon berish bekor qilinadi.

➡️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📄 Qonunchilikda 1-oktabrdan nimalar oʻzgaradi?

Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida 2023-yil 1-oktabrdan boshlab bir qator oʻzgarishlar, xususan, iqtisodiyot va moliya sohalariga aloqador quyidagi tartib-qoidalar kuchga kiradi:

🟣Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi;

🟣Issiqlik taʼminoti xizmatlari boʻyicha aholi uchun narxlar oshirilmaydi;

🟣Korporativ munosabatlar sohasida o‘zgarishlar bo‘ladi;

🟣Toshkent shahridagi DXSh loyihalari uchun alohida qoidalar o‘rnatiladi;

🟣Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi;

🟣Raqobatni rivojlantirish sohasida yangi qoidalar joriy etiladi;

🟣Davlatga tegishli tabiiy va sun’iy suv havzalari baliq yetishtirish uchun ijaraga beriladi;

🟣Ijtimoiy хizmatlar boʻyicha murojaatlar yagona tizim orqali qabul qilinadi;

➡️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📄 Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2023-yil 12-oktabr kuni “Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-169-sonli farmonni imzoladi.

☑️Unga ko‘ra, davlat sanoat siyosatini amalga oshirish hamda sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha vazifa va funksiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuklanadi. Shuningdek, “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkaziladi.

Viloyat, shahar hamda tumanlarning iqtisodiyot va moliya boshqarmalari, qolaversa, bo‘limlarida sanoatni rivojlantirish va iqtisodiyotning resurslar bilan ta’minlanganligini tahlil qilish yig‘ma bo‘limlari tashkil etiladi.

📝 Iqtisodiyot va moliya vazirligi Parij bitimining (Parij, 2015-yil 12-dekabr) 6-moddasiga muvofiq Barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ (milliy organ) hisoblanadi.

Farmonga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida davlat muassasasi shaklida tashkil etilgan “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi “issiqxona gazlari savdosi” sohasida davlat tomonidan tartibga solish va xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishchi organ deb hisoblanishi belgilandi.

Bundan tashqari, respublika hududida amalga oshirilgan loyihalar asosida uglerod birliklarini xalqaro sertifikatsiyadan o‘tkazish va “xalqaro issiqxona gazlari savdosi” ixtiyoriy bozorlariga savdoga chiqarish uchun yo‘naltirish Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📄 “O‘zbekiston Respublikasida 2024–2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra:

1️⃣ 2024–2026-yillarda ustuvor davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar;

2️⃣ 2024–2030-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturi tasdiqlandi.

➡️ Batafsil

#qonunchilikdagi_yangiliklar #dxsh

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM