Innovatsiyalar Milliy ofisi
2.03K subscribers
3.81K photos
414 videos
2 files
1.24K links
Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi

🌐www.milliyofis.uz

📷instagram.com/innovatsiyalar_milliy_ofisi

Murojaat uchun https://t.iss.one/innovatsiyalar_milliy_ofisi_bot
📞 +998 (71) 203-32-0
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👉Bugun shu yil hisobidan ilk qor! Hamma joy oppoq qor bilan belangan. Bunday go‘zal manzara kishiga o‘zgacha zavq bag‘ishlashi aniq. Xuddi shunday qorning shukuhi “TechnoWays” marafoni ishtirokchilariga ham ko‘tarinki kayfiyat hadya etdi va uchinchi kun ham a’lo darjada o‘tdi.

💡TechnoWays texnologik rivojlanish marafoni ishtirokchilari malakali mutaxassislar tomonidan berilgan tavsiyalarga binoan INNO Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida loyihalarini takomillashtirish maqsadida ish olib borishdi.

💪Sog‘lom turmush tarziga amal qilish uchun turli xil sport tardbirlari ham o‘tkazildi.

⚡️Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan marafonning har bir kuni mazmunli va maroqli o‘tishi uchun rejali amalga oshirilmoqda.

You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek #video_message

🎤Tamer Yılmaz, "Yildiz" Texnika Universiteti rektori: “Biz, "Yıldız" texnika universiteti va "Yıldız" Texnoparki jamoasi O‘zbekiston kelajagi buyukligiga ishonamiz va sizlarni «InnoWeek.Uz-2021» haftaligiga taklif etib qolamiz!”

You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Bugun 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

📆1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan mamlakat davlat suverenitetining ramzi – bayrog‘imiz tasdiqlangan.

🎉Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Innovatsiyalar Milliy ofisi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy qutlaydi!


You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
#InnoWeek

⚡️ “InnoWeek” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida 24-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi va Osiyo-Tinch okeani texnologiyalari transfer markazi (keyingi o‘rinlarda – OTOTTM) bilan birgalikda “Tadqiqotlarni tijoratlashtirish va texnologiya transferining innovatsion strategiyalari” bo‘yicha mintaqaviy seminar gibrid formatda ingliz tilida tashkil etilmoqda.

🗣 Seminarda tajribali spikerlar tomonidan dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda:

1️⃣Texnologiyalarni transfer qilish va tijoratlashtirishni tezlashtirishda davlat siyosatining o‘rni;

2️⃣ Intellektual mulk (Intellectual Property) – boshqaruvi va texnologiyalarni litsenziyalash;

3️⃣ Hukumat-sanoat-ilmiy faoliyat vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning eng yaxshi amaliyoti;

4️⃣Texnologiyalarni transchegaraviy transferini osonlashtirish uchun mintaqaviy hamkorlik kabi dolzarb masalalarda kerakli ma’lumotlar beriladi.

Mintaqaviy seminar davomida texnologiya transferi va tijoratlashtirish uchun muhim bo‘lgan asosiy yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida yechim bo‘ladigan amaliyotlarni va tajribalarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

✔️Shuningdek, sanoat, ilm-fan va hukumat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish imkoniyatlar, strategiyalar, xalqaro va milliy ekspertlarni birlashtirish borasida xalqaro tajribaga ega spikerlar tomonidan ko‘rsatmalar beriladi.

📌Konferensiyada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin

You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Notiqlik san’ati va muomala madaniyati Innovatsiyalarni joriy qilish masalasida muhim omil bo‘lib hizmat qilishi tabiiy.

🔑O‘z o‘rnida qo‘llanilgan so‘z katta muvaffaqiyatlar sari yo‘l ochadi, muammolarni yechish uchun oltin kalit bo‘la oladi.

📌Ayniqsa, tadbirkor va startaplar bilan hayotini bog‘lagan soha vakillari bunday mahoratga ega bo‘lishi zarur.

🤝Qolaversa, o‘zga mamlakatlar bilan aloqalarni o‘rnatish o‘zaro transfer texnologiyalarini amalga oshirish borasida ham muomila va notiqlik san'ati katta ahamiyat kasb etadi.

⚡️Sizga bu masalada 20 yildan ortiq xalqaro ish tajribasiga ega hamda global hamjamiyatlar asoschisi, dunyoning 370 dan ortiq shaharida bo'lgan Sardor Muhamedaliev tajribasidan kelib chiqqan holda kerakli bilim va ko‘nikmalarni bera oladi:

👉Mavzu: Networking (tanishish san’ati va muomala madaniyati) mahorat darsi praktikumiga taklif qilamiz!

✍️O'zingizga qulay bo'lgan sanani tanlang va ro'yxatdan o'ting!

📆19-noyabr, juma
🕓16:00

📅21-noyabr, yakshanba
🕑14:00

☎️ +998946570042
⚡️"TechnoWays" texnologik rivojlanish marafoni respublika bosqichining to‘rtinchi kunida uning ishtirokchilari uchun texnotur uyushtirildi.

🚌100 nafar tanlov qatnashchisi poytaxtdagi qator yetakchi va istiqbolli loyihalar Akfa Artel Texnopark Visitors Center, «Yashnobod» innovatsion texnoparki va UzAUTO Motors Powertrain AJga tashrif buyurdi hamda u yerda ular uchun ilmiy-texnik ekskursiyalar o‘tkazilib, ilg‘or ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishtirildi.

✔️Texnotur marafon ishtirokchilariga ishlab chiqarish jarayonlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanishish, soha profesionallari bilan fikr almashish va ularning qimmatli tajribasini o‘rganish uchun xizmat qildi.

You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek #video_message

🎤Thomas Сellucci, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasining Xalqaro Ekspert Kengashi (AQSh) a'zosi: "Amerika Qo'shma Shtatlarining tijorat bo'limining birinchi bosh direktori sifatida "InnoWeek" haftaligi qanchalik qimmatli ekanini ayta olaman va biz sizni u yerda ko'rishni orziqib kutamiz!"

You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek #video_message

🎤 Akmal Fayziyev, "MyTaxi" va "Express24" startup loyihalarining asoschisi va hammuallifi: "Men Toshkent shahridagi "InnoWeek" doirasidagi forumda moderatorlik qilaman va sizlarni u yerda shaxsan ko‘rishdan mamnun bo‘lardim!"

You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek #video_message

🎤 Abuzаr Sarı, Turkiyaning Sigma Muhandislik kompaniyasi asoschisi hamda bosh direktori: "O‘zbekistonning rivojlanib borayotgan ekotizimi hamda ilmiy-tadqiqot markazlari, investitsiya fondlari, texnoparklar va inkubatsiya markazlari faoliyatiga qiziqayotgan barchani Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan Innovatsion g’oyalar haftaligiga taklif etib qolaman!"

You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
#InnoWeek

⚡️Eslatib o‘tamiz, yilning eng INNOVATSION TADBIRI hisoblangan "InnoWeek.Uz-2021" innovatsion g‘oyalar haftaligini boshlanishiga 2- kun qoldi.

🚀23-noyabrdan InnoWeek-2021 haftaligining ochilishiga start beriladi.

💡Innovatsion haftaligi doirasida innovatsiyalar yarmarkasi, xalqaro innovatsiya, investitsiya forumi va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

✍️Innovatsiyalar olamiga sayohat qilishini istasangiz unda ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!

You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek #video_message

🎤Bashir Chanbasha, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasining Xalqaro Ekspert Kengashi (Hindiston) a'zosi: "Imkoniyatdan foydalanish va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan taqdim etilgan yangi tadqiqot dasturlari va moliyalashtirish imkoniyatlari haqida ko'proq bilish uchun barchangizni ushbu tadbirga qo'shilishga taklif qilaman!"

You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
👉Bugun, 20-noyabr kuni “Technoways” marafoni ishtirokchilari uchun “Investorlar kuni” o‘tkazildi.

⚡️Invesstorlar sifatida Uzvc venchur fondi rahbari Dilshod Hoshimov, O‘zbekiston venchur kapital assotsiatsiyasi (UZVCA) Dilshod Zufarov hamda Uzangels klubi a'zosi Saidkamol Mahmudovlar ishtirok etishdi. Ular har bir ishtirokchini loyihasini diqqat bilan kuzatib, qiziqishlari yuzasidan o‘z savollari bilan murojaat etishdi.

You Tube | Facebook | Telegram | Instagram