Bandlik vazirligi
43.6K subscribers
12.8K photos
3.08K videos
36 files
7.58K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live

“Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” mavzusidagi xalqaro konferensiyasi doirasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Germaniyaning "Euro bussiness school" markazi o'rtasida memorandum imzolandi.

Unga muvofiq, o'zbekistonlik fuqarolar Germaniyaga vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish uchun ketishdan oldin nemis tiliga o'qitiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live

Ayni daqiqalarda Toshkent shahrida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev ishtirokida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Unda fuqarolarni xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishga yuborish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqilmoqda.

Xususan, migratsiya geografiyasi kengaytirilmayotgani, hududlarda bu boradagi ishlar qoniqarsiz ahvolda ekanligi aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijdagi vakolatxonalari, tizim tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍37🔥5👀32👏2🤔2
#live

Yig‘ilishda xususiy bandlik agentliklari niqobi ostida fuqarolarni aldab, xorijga yuborishga va’da berayotgan firibgarlarga qarshi murosasiz kurashish lozimligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, fuqarolarni nafaqat xorijga vaqtincha ishlash uchun qonuniy yuborish, balki ularning chet davlatda sharoitlarini o‘rganish hamda xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish kerakligi qayd etildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍26👏42🤝2🔥1
#live

Xorijga yuborish tizimi tubdan o‘zgaradi

Fuqarolarga qulaylik yaratish, ularning firibgarlar tuzog‘iga tushib, aldanib qolishi hamda korrupsiyaning oldini olish maqsadida xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishga yuborish xorijdaish.uz platformasi orqali tizimli, qulay va shaffof tarzda amalga oshiriladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍29🔥94🤔4🥰2👏1
#live

Fuqarolarni xorijga ketishdan oldingi o‘qitish va tayyorlash tizimi kutilgan natijalarni bermayotgani tanqid qilindi.

Misol uchun, 2022-yilda 55 ming nafar, 2023-yilda 58 ming nafar, 2 yilda 113 ming nafardan ortiq xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar kasb-hunarga va chet tillariga o‘qishga jalb qilingan.

Shundan, 2 yilda bor-yo‘g‘i 4,4 ming nafari (atigi 4 %) tashkiliy tarzda ishga yuborilgan xolos.

Endi unday bo‘lmaydi!

Monomarkazlar va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida axborot almashish, xorijiy ish beruvchi buyurtmasi asosida fuqarolarni manzilli o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, uning filiallari, monomarkaz va o‘quv markazlar xorijga ishchi kuchini tayyorlash va yuborish bo‘yicha yagona klasterga aylanadi!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍68👏6🔥5🤔54👌4
#live

Ayni daqiqalarda Toshkent xalqaro aeroportida Buyuk Britaniyaga vaqtincha mavsumiy ishlashga ketayotgan yurtdoshlarimizni kuzatmoqdamiz.

Bu gal 26 nafar yurtdoshimiz ushbu davlatga jo‘nab ketmoqda.

Oylik maosh o‘rtacha 2,5 ming dollarni tashkil etadi.

💬Jarayonlarni bu yerda https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ jonli efirda kuzating!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍83🤔9👏74🔥3🎉3🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#vazir_va_yoshlar
#live

Ayni daqiqalarda Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev o'ziga biriktirilgan yoshlar bilan samimiy suhbat o'tkazmoqda.

Uchrashuvda vazir yoshlarning hayoti, ish faoliyati hamda ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganib, kelajakdagi maqsadi, orzu-umidlari borasidagi mulohazalarini tinglamoqda.

Muammoli masalalarni yechish boʻyicha aniq vazifalar belgilanadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍33🔥7🤔65👀2👏1👌1
#live

Xabar berganimizdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Buyuk Britaniyaning "NEU Professionals" rekruting kompaniyasi hamkorligidagi matbuot anjumani boshlandi.

💬Tadbirni vazirlikining Youtube va Instagram sahifalari orqali JONLI EFIRDA kuzatishingiz mumkin.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥4👏32👌1
#live

Ayni daqiqalarda Toshkent xalqaro aeroportida Buyuk Britaniyaga mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun ketayotgan yurtdoshlarimizni kuzatmoqdamiz.

Bu gal 104 nafar hamyurtimiz ushbu davlatga jo‘nab ketmoqda.

💬Jarayonlarni bu yerda https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ jonli efirda kuzating!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍87🤔9🕊9👏62👌2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live
Mehnat inspeksiyasi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda Koreya bilan hamkorlik

Yaqinda, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari Koreya davlatida bo’lib, ushbu davlatning Bandlik va mehnat vazirligida uchrashuvlar o’tkazgan edi. Unda mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish va bu borada ushbu davlat mehnat inspeksiyasi bilan hamkorlik qilishga kelishilgandi.

Kelishuvlarning amaliy davomi sifatida kuni kecha Oʻzbekistonda mehnat qonunchiligi va siyosati tizimini takomillashtirish boʻyicha maslahat dasturiga start berildi.

Dastur doirasida ayni damda, ikki davlat mehnat inspeksiyalari mas’ullari ishtirokida seminar bo’lib o’tmoqda.

Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍28😴4🤔2
#live

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Jenevada Xalqaro mehnat konferensiyasining 112-sessiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Ayni paytda XMTning moliyaviy qo‘mita ish natijalarini tasdiqlash, bosh direktor hamda boshqaruv kengash raisi tomonidan tayyorlangan hujjatlar muhokamasi bo‘lib o‘tyapti.

Kun tartibidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaevning ma’ruzasi o‘rin olgan.


Konferensiyani jonli ko'rish ushbu havolaga bosing

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍33
#Live

Ayni damda vazirlikning instagram sahifasida Buyuk Britaniyada mavsumiy ishlarda vaqtincha faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz bilan suhbat bo’lib o‘tmoqda.

Jonli efirni kuzatish

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍39🤔11🤨5🤷‍♂4😴2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

Mehnat yarmarkasi "xo'jako'rsin" uchun emas

Ayni damda Qarshi shahrida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tayapti. Unda davlat korxonalari, shuningdek, mahalliy tadbirkorlar hamda chet el kompaniyalari o‘zlarida mavjud minglab bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etmoqda.

Viloyat mas’ullari ish beruvchi korxona vakillaridan ishchilarning ijtimoiy himoyasi va yaratilgan mehnat sharoitlari haqida ma'lumot olmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍19😇7🤷6🤔5🤨2😐2👀2😴1
#live

Ayni damda AOKAda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshlig‘i Mashrabbek To‘rabekov ishtirokida brifing boshlandi.

Mavzu: “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi.

Quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

💬Jonli efir

@mehnatvazirligi
👍22😴11🤷32👌2🔥1👏1🏆1🤝1
#live

Айни дақиқаларда ижтимоий тармоқларимизда Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги Давлат меҳнат инспекцияси мутахассислари иштирокида меҳнат ҳуқуқи ва муҳофазасига оид жонли мулоқот бўлиб ўтмоқда.

💬Мулоқотни ушбу ҳавола орқали кузатишингиз ва изоҳларда мавзуга оид саволларни қолдиришингиз мумкин.

@mehnatvazirligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍57😴151
#Live

«Ижтимоий хизматларнинг камбағалликни қисқартиришдаги ўрни: Барқарор ривожланиш сари йўл»


Айни дамда Пойтахтимизда давом этаётган халқаро ҳамкорлик ташаббуслари ҳафталиги доирасида «Ижтимоий хизматларнинг камбағалликни қисқартиришдаги ўрни: Барқарор ривожланиш сари йўл» мавзусида халқаро давра суҳбати бoшланди.

Тадбир Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги, Иқтисодий тадқиқотлар ва ислоҳотлар маркази ва Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги билан биргаликда ташкил этиляпти.

Унда маҳаллий ҳамкор ташкилотлар масъулларидан ташқари 10 дан ортиқ хорижий мамлакатлардан экспертлар мавзуга доир маърузалари ва тақдимотлари билан иштирок этмоқда.

Давра суҳбатида халқаро ташкилотларнинг иқтисодчилари ва экспертлари камбағалликка қарши курашнинг асосий масалаларини муҳокама қилишади. Шунингдек, ушбу соҳасидаги мамлакат тажрибаси ва халқаро амалиётлар билан ўртоқлашишади.

Ушбу давра суҳбатини ташкил этишдан мақсад, хорижий ва миллий экспертлар, таҳлилчилар ўртасида Янги Ўзбекистондаги демократик ислоҳотлар, уларнинг моҳияти, эришилган ютуқлар ва навбатдаги долзарб вазифалар, мамлакатда вужудга келаётган мутлақо янги ижтимоий-иқтисодий, сиёсий-ҳуқуқий ва маънавий-маърифий макон ва муҳит, давлат ташқи ва ички сиёсатининг устувор вазифалари тўғрисида фикр алмашишдан иборат.

Халқаро ҳамжамият Ўзбекистонни камбағалликка қарши самарали кураш олиб бораётганини эътироф этмоқда, бу эса хорижий экспертлар билан ўзаро тажриба алмашиш учун янги замин яратади. Бундан ташқари якунда ишлаб чиқиладиган амалий таклиф ва тавсиялар жаҳон миқёсида камбағалликни камайтиришда янги қадам бўлади.

@mehnatvazirligi
👍21😴41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live
28-aprel - “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”

Shu munosabati bilan 28-apreldan 2-mayga qadar Respublikamizda “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” bo‘lib o‘tadi.

Ayni paytda poytaxtimizdagi "Hyatt Regensy" mehmonxonasida "Mehnat muhofazasining yangi bosqichi:  ish joyida sunʼiy intellekt va raqamlashtirishning roli" mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍25💯2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

Konferensiyaning navbatdagi qismida Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari Paskal Аnik va Milan Petkovski “Mehnatni muhofaza qilish statistikasi” hamda “Oʼzbekiston milliy qonunchiligining mehnatni muhofaza qilish sohasida XMTning konvensiyalariga muvofiqligi tahlili” mavzularidagi chiqishlari bilan qatnashmoqda.

Mehnat muhofazasi va munosib mehnat sharoitlari haqidagi ushbu muhokamalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍17👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

Konferensiyada O‘zbekistonda mehnat muhofazasi madaniyatini oshirish va bu jarayonda sun’iy intellekt hamda axborot texnologiyalarini rivojlantirishning ahamiyati haqida so‘z bordi.

Xalqaro Mehnat tashkilotining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha loyiha menejeri Milan Petkovski umumiy maqsadlarga erishish uchun turli tashkilotlar - davlat xizmatlari, ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va xalqaro hamjamiyat o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish muhimligini taʼkidladi.

Tadbir davomida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan "Mehnatni muhofaza qilishda eng yaxshi ish beruvchi" va "Mehnat muhofazasining eng yaxshi xodimi" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍21👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live

🇺🇿🇹🇷 Ayni daqiqalarda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi oʻrtasida Mehnat va bandlik sohasidagi Qoʻshma ishchi komissiyasining birinchi yigʻilishi boʻlib o‘tmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍222🔥2